Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
5)  shaxsni  g‘ayriixtiyoriy  tartibda  psixiatriya  statsionariga  yotqizish 
to‘g‘risidagi  yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi  muddatini  uzaytirish 
to‘g‘risidagi ishlar;  
6) 
shaxsni 
sil 
kasalligiga 
qarshi 
kurash 
muassasasining 
ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi 
yoki  uning  ushbu  muassasada  yotishi  muddatini  uzaytirish  to‘g‘risidagi 
ishlar;  
7) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish to‘g‘risidagi ishlar;  
8)  taqdim  etuvchiga  deb  berilgan  hujjatlar  yo‘qolgan  taqdirda,  ular 
bo‘yicha huquqlarni tiklash to‘g‘risidagi ishlar (chaqirib ish yuritish). 
Xo‘jalik  protsessual  kodeksi  23-moddasiga  asosan  bevosita  xo‘jalik 
sudlari vakolatiga taalluqli ishlar quyidagilar:  
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda 
tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  va  yakka  tartibdagi  tadbirkor 
maqomini  qonunda  belgilangan  tarzda  olgan  fuqarolar  o‘rtasidagi 
fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
nizolarga doir ishlar; 
2) iqtisodiyot sohasida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari vujudga 
kelishi,  o‘zgarishi  yoki  bekor  bo‘lishi  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar; 
3) tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi to‘g‘risidagi ishlar. 
4)  ishtirokchilar  o‘rtasida,  ishtirokchilar  bilan  xo‘jalik  shirkatlari  va 
jamiyatlari o‘rtasida, shu jumladan aksiyadorlar o‘rtasida, aksiyador bilan 
aksiyadorlik  jamiyati  o‘rtasida  xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlari 
faoliyatidan  kelib  chiqadigan  nizolarga  doir  ishlar,  bundan  mehnatga  oid 
nizolar mustasno. 
Xo‘jalik  sudiga  shuningdek  yakka  tartibdagi  tadbirkor  maqomini 
yo‘qotgan  fuqarolar  ishtirokidagi  nizolarga  doir  ishlar,  agar  tegishli 
talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, taalluqlidir. 
Qonun  bilan  xo‘jalik  sudiga  taalluqli  ishlar  jumlasiga  boshqa  ishlar 
ham kiritilishi mumkin. 
Xo‘jalik  sudi  o‘ziga  taalluqli  ishlarni,  agar  O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa,  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirayotgan  O‘zbekiston 
Respublikasi  tashkilotlari  va  fuqarolari,  shuningdek  chet  el  tashkilotlari, 
chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  tashkilotlar,  xalqaro  tashkilotlar,  chet 
el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi. 
O‘zaro  bog‘liq  bo‘lib,  ba’zilari  xo‘jalik  sudiga,  boshqalari  esa 
umumiy  yurisdiksiya  sudiga  taalluqli  bo‘lgan  bir  necha  talab 


 
 
29 
 
 
29 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling