Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdiksiya sudida ko‘rilishi kerak. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 24 moddasiga asosan xo‘jalik sudi tomonidan quyidagi nizolar hal etiladi: 1) tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan chiqqan bo‘lib, hal etish uchun xo‘jalik sudiga topshirish haqida taraflar o‘zaro kelishgan ixtiloflar; 2) shartnoma shartlarini o‘zgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi nizolar; 3) mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi nizolar; 4) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi nizolar; 5) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol- mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi nizolar; 6) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilganligi to‘g‘risidagi nizolar; 7) etkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar; 8) sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi nizolar; 9) davlat organlari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar; 10) undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar; 11) davlat ro‘yxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat ro‘yxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat; 12) agar qonunda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi nizolar; 13) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini byudjetdan qaytarish to‘g‘risidagi nizolar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling