LOYIHA
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ilmiy-tadqiqot bo’limi tomonidan 2023-yilda bajarilishi rejalashtirilayotgan vazifalar
Raqamli iqtisodiyot ilmiy-elektron jurnalini yuritish. Ilmiy-elektron jurnalni monetizatsiya qilish va 2023-yil davomida 4 ta sonini e’lon qilish;
Mamlakatda raqamli savodxonlik darajasini baholash uslubiyatini ishlab chiqish (fuqarolar, tashkilotlar va hukumat idoralari kesimida raqamli savodxonlik darajasini baholash uslubiyatini ishlab chiqish va ushbu uslubiyat asosida raqamli savodxonlik reytingi shakllantiriladi, reytingni shakllantirish vakolatini Markazga taqdim etish yuzasidan tegishli hujjatlarni tayyorlash);
Raqamli iqtisodiyot o’quv qo’llanmasini ishlab chiqish (o’quv qo’llanmani OTM lar va xalq ta’lim muassasalari orasida ommalashtirib monetizatsiya qilish mumkin);
Raqamli marketing yuzasidan xorij tajribasini o’rganish va mamlakatda raqamli marketingni rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Kriptovalyutalarning raqamli iqtisodiyotda tutgan o’rni yuzasidan tadqiqotlar olib borish, tadqiqot natijalari asosida takliflarga asoslangan loyiha tayyorlash;
Raqamli iqtisodiyot va norasmiy iqtisodiyot o'rtasidagi bog'liqlik va uning rasmiy iqtisodiyotga ta'sirini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |