Loyiha tadqiqot ishlari qiymatlarini aniqlash tartibi
Download 369.15 Kb.
|
Loyiha tadqiqot ishlari qiymatlarini aniqlash tartibi
Loyiha tadqiqot ishlari qiymatlarini aniqlash tartibiBAJARDI:Ahadillayev S.TEKSHIRDI:Amirov Z.Reja:1. Qurilishda loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi2. Qurilishda loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibiOxirgi yillarda qurilish sohasi mutaxassislari orasida yangi terminlar qoʻllanilmoqda – «injiniring», «injiniring xizmatlari» hamda bizni qiziqtiradigan — «qiymat injiniringi», u «qurilish narxi» tushunchasi bilan bogʻliqdir. Katta ensiklopedik lugʻatda «injiniring» tushunchasini quyidagicha ta’riflaydi: «Injiniring» - fan va texnika sohasida xalqaro tijorat aloqasining shakllaridan biri, uning asosiy yoʻnalishi – ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlanmalarni ishlab chiqarish bosqichigacha yetkazish boʻyicha xizmatlarni taqdim etishdir.
Qiymat muhandisi – loyiha qiymatini boshqarish usullari va vositalarini amaliy faoliyatda qoʻllash va rivojlantirish (loyihalashtirish, texnika, texnologiya tamoyillari asosida) uchun ma’lumotli, oʻrgatilgan va yuqori malakali mutaxassis. Loyiha oʻz ichiga quyidagilarni oladi: baholash va smetalar, loyiha xarajatlari va byudjeti darajasining qiymat nazorati, qiymatni loyihalashtirish, qurilish samaradorligini boshqarish, sarflangan mablagʻlarni (investitsion baholash) baholash, risklarni va loyihaning fakt boʻyicha qiymatini tahlil qilish. Qiymat injiniringi faoliyat sohasi sifatida bozor iqtisodiyoti mamlakatlarining bilimlari transferini hisobga olgan holda, ixtisoslashgan ittifoqlar va assotsiatsiyalarning ilmiy – tadqiqot ishlari, faoliyati natijasida ishlab chiqilgan huquqiy, normativ va uslubiy hujjatlarga tayanadi. U qiymat hisob-kitoblarini (asoslarni) bajarish boʻyicha faoliyatning barcha yoʻnalishlarini va investitsion – qurilish loyihasining barcha ishtirokchilarini qamrab oladi.
Download 369.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling