Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining qiymatlarini aniqlash Reja


Download 31.01 Kb.
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi31.01 Kb.
#1703792
  1   2   3
Bog'liq
Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining qiymatlari-fayllar.org


Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining qiymatlarini aniqlash Reja


1


Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining 


qiymatlarini aniqlash 

Reja: 

I. Suv iste’molining kun davomidagi tartibi 


II. Suv uzatish va suv ta’minoti inshootlarining ishlash tartibi 

III. Yong‘in holatida suv uzatish va taqsimlash tizimlarining 


ishlash tartibidagi o‘ziga xoslihlar



2


Suv iste’molining kun davomidagi tartibi 
Yuqorida keltirilgan suv ta’minotining chizmasi suv ta’minoti tizimida
ishlatiladigan inshootlar turlari va ularning o‘zaro joylashishini aniqlab 
beradi.Inshootlar va qurilmalarning katta-kichikligi, nasoslarning quvvati,
rezervuarlar hajmi, suv minoralarining balandligi va hajmi, quvurlar diametri ular 
uzatadigan suv miqdorlariga va ular uchun mo‘ljallangan ishlash tartibiga muvofiq
hisoblash orqali aniqlanadi. Suv ta’minoti tizimidagi inshootlarning ish tartibini 
aniqlashdagi asosiy omil bu, iste’molchilarning suv bilan ta’minlaydigan tizimdan
suv iste’mol qilish tartibidir. 
Suv ta’minoti tizimi ishga tushirilganda u iste’molchining talabini qondirishi
kerak. Iste’molchining suv iste’moli to‘xtovsiz grafik asosida o‘zgarib turadi, bu 
grafikni ba’zi hollarda ma’lum darajada to‘g‘ri ko‘ra bilishning iloji bo‘lmaydi.
Suv ta’minoti tizimi ish tartibi grafigi suv ta’minoti tarmoqlari va inshootlarini 
hisoblash uchun asos qilib olinadi.
Shuning uchun suv iste’mol qilish tartibini o‘rnatishda suv ta’minoti sxemasini 
loyihalash paytini e’tiborga olish lozim. Ba’zi suv iste’molchilari uchun bu
masalani hal etish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shulardan biri sanoat korxonalarida 
sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv iste’moli tartibidir.
Chunki mahsulotni ishlab chiqarish texno- logik loyiha asosida amalga oshiriladi. 
Shahar aholisini suv bilan ta’minlash tizimi loyihalanganda suv iste’mol qilish
tartibini tuzish murakkabdir, chunki bunday suv ta’minlash tizimida aholining suv 
iste’mol qilish tartibi juda ko‘p omillarni inobatga olgan holda aniqlanadi.
Tizimdagi ayrim elementlarning ishlash tartibini to‘g‘ri va foydali loyihalash 
uchun kun davomida ehtimoliy suv iste’mol qilish grafigini qabul qilish kerak.
Bunday grafiklarni oldindan tuzish o‘ta mushkul. Tajribalar ko‘rsatishicha, 
ularning xususiyati bitta shaharning o‘zida ayrim yillar davomida va hattoki ayrim
kunlar davomida o‘zgaruvchan bo‘ladi. Sarflanadigan suvning bir soatdagi sarf 
xususiyatlari aholining umumiy soniga, shahardagi uylarning obodonlik darajasiga,



3
sanoat korxonalarining mayjudligi va ularning ish tartibiga, transport 


tarmoqlarining rivojlanganlik darajasi va boshqalarga bog‘liqdir.


II. l a- rasmda aholi turar joyida kun davomida sarflanadigan suvning haqiqiy 
grafigi keltirilgan.
Bu grafik orqali yuqorida keltirilgan ayrim omillarning suv iste’mol qilish 
tartibiga ta’sirini kuzatish mumkin. Bunday grafikni tuzish vaqtida bir soat
davomida iste’mol qilinadigan suv sarfi o‘zgarmas deb taxmin qilinadi. Bir soat 
davomida iste’mol qilinadigan suv sarfining o‘zgarishi aholiga talab qilingan
miqdorda suv yetkazib berishga yetarli darajada ta’sir qilmaydi. 
Maksimal miqdorda suv iste’mol qilinganida bir soatdagi maksimal suv sarfini
bilish, nasos bekatining bosimli rezervuar- larni va suv minoralarini to‘g‘ri 
tanlashga imkoniyat yaratadi.



4
1 a- rasm. Aholi turar joylarida kun davomida sarflanadigan suv grafikasi. 

Minimal miqdordagi suv iste’molida bir soatdagi minimal suv sarfini bilish 
tarmoqdagi ortiqcha suv bosimini aniqlashga imkoniyat beradi. Agar suv
ta’minlash tizimi bir vaqtda har xil suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlasa, bu 
holda har bir iste’molchining suv iste’mol qilish grafigi tartibi o‘zaro birlashtirilib,
yagona suv iste’mol qilish grafigi tuziladi. Bunday grafik tuzilganda, har bir suv 
iste’molchining maksimal suv sarf qilish vaqti bir vaqtda bo‘lmasligini e’tiborga
olish lozim. Shu maqsadda katta sanoat korxonalarida boshqarish inshootlari 
quriladi va ular tegishli grafik bo‘yicha to‘ldiriladi.
Umumiy grafik tarmoqning hisob olib borishi uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Shu grafik asosida nasos bekatlari, bosimli suv minoralari, rezervuarlarning
ishlash tartibi va tarmoqlarning nasos bekati hamda suv minorasidan suv bilan 
ta’minlanish tartibi belgilanadi.

II.2- rasm. Suv uzatish va iste’mol qilish rejimining ishlash chizmasi:


l — nasos bekatining I bosqichidan suv uzatish grafikasi; 
2 — nasos bekatining II bosqichidan suv uzatish grafikasi;
3 — iste’molchilarning suv iste’mol qilish grafikasi. 


5



Download 31.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling