Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining qiymatlarini aniqlash Reja
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Atabek suv uzatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv iste’molining kun davomidagi tartibi
1
qiymatlarini aniqlash Reja: I. Suv iste’molining kun davomidagi tartibi
II. Suv uzatish va suv ta’minoti inshootlarining ishlash tartibi III. Yong‘in holatida suv uzatish va taqsimlash tizimlarining ishlash tartibidagi o‘ziga xoslihlar
2
Yuqorida keltirilgan suv ta’minotining chizmasi suv ta’minoti tizimida ishlatiladigan inshootlar turlari va ularning o‘zaro joylashishini aniqlab beradi.Inshootlar va qurilmalarning katta-kichikligi, nasoslarning quvvati, rezervuarlar hajmi, suv minoralarining balandligi va hajmi, quvurlar diametri ular uzatadigan suv miqdorlariga va ular uchun mo‘ljallangan ishlash tartibiga muvofiq hisoblash orqali aniqlanadi. Suv ta’minoti tizimidagi inshootlarning ish tartibini aniqlashdagi asosiy omil bu, iste’molchilarning suv bilan ta’minlaydigan tizimdan suv iste’mol qilish tartibidir. Suv ta’minoti tizimi ishga tushirilganda u iste’molchining talabini qondirishi kerak. Iste’molchining suv iste’moli to‘xtovsiz grafik asosida o‘zgarib turadi, bu grafikni ba’zi hollarda ma’lum darajada to‘g‘ri ko‘ra bilishning iloji bo‘lmaydi. Suv ta’minoti tizimi ish tartibi grafigi suv ta’minoti tarmoqlari va inshootlarini hisoblash uchun asos qilib olinadi. Shuning uchun suv iste’mol qilish tartibini o‘rnatishda suv ta’minoti sxemasini loyihalash paytini e’tiborga olish lozim. Ba’zi suv iste’molchilari uchun bu masalani hal etish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shulardan biri sanoat korxonalarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv iste’moli tartibidir. Chunki mahsulotni ishlab chiqarish texno- logik loyiha asosida amalga oshiriladi. Shahar aholisini suv bilan ta’minlash tizimi loyihalanganda suv iste’mol qilish tartibini tuzish murakkabdir, chunki bunday suv ta’minlash tizimida aholining suv iste’mol qilish tartibi juda ko‘p omillarni inobatga olgan holda aniqlanadi. Tizimdagi ayrim elementlarning ishlash tartibini to‘g‘ri va foydali loyihalash uchun kun davomida ehtimoliy suv iste’mol qilish grafigini qabul qilish kerak. Bunday grafiklarni oldindan tuzish o‘ta mushkul. Tajribalar ko‘rsatishicha, ularning xususiyati bitta shaharning o‘zida ayrim yillar davomida va hattoki ayrim kunlar davomida o‘zgaruvchan bo‘ladi. Sarflanadigan suvning bir soatdagi sarf xususiyatlari aholining umumiy soniga, shahardagi uylarning obodonlik darajasiga,
3
sanoat korxonalarining mayjudligi va ularning ish tartibiga, transport tarmoqlarining rivojlanganlik darajasi va boshqalarga bog‘liqdir. II. l a- rasmda aholi turar joyida kun davomida sarflanadigan suvning haqiqiy grafigi keltirilgan. Bu grafik orqali yuqorida keltirilgan ayrim omillarning suv iste’mol qilish tartibiga ta’sirini kuzatish mumkin. Bunday grafikni tuzish vaqtida bir soat davomida iste’mol qilinadigan suv sarfi o‘zgarmas deb taxmin qilinadi. Bir soat davomida iste’mol qilinadigan suv sarfining o‘zgarishi aholiga talab qilingan miqdorda suv yetkazib berishga yetarli darajada ta’sir qilmaydi. Maksimal miqdorda suv iste’mol qilinganida bir soatdagi maksimal suv sarfini bilish, nasos bekatining bosimli rezervuar- larni va suv minoralarini to‘g‘ri tanlashga imkoniyat yaratadi.
4
1 a- rasm. Aholi turar joylarida kun davomida sarflanadigan suv grafikasi. Minimal miqdordagi suv iste’molida bir soatdagi minimal suv sarfini bilish tarmoqdagi ortiqcha suv bosimini aniqlashga imkoniyat beradi. Agar suv ta’minlash tizimi bir vaqtda har xil suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlasa, bu holda har bir iste’molchining suv iste’mol qilish grafigi tartibi o‘zaro birlashtirilib, yagona suv iste’mol qilish grafigi tuziladi. Bunday grafik tuzilganda, har bir suv iste’molchining maksimal suv sarf qilish vaqti bir vaqtda bo‘lmasligini e’tiborga olish lozim. Shu maqsadda katta sanoat korxonalarida boshqarish inshootlari quriladi va ular tegishli grafik bo‘yicha to‘ldiriladi. Umumiy grafik tarmoqning hisob olib borishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu grafik asosida nasos bekatlari, bosimli suv minoralari, rezervuarlarning ishlash tartibi va tarmoqlarning nasos bekati hamda suv minorasidan suv bilan ta’minlanish tartibi belgilanadi.
II.2- rasm. Suv uzatish va iste’mol qilish rejimining ishlash chizmasi: l — nasos bekatining I bosqichidan suv uzatish grafikasi; 2 — nasos bekatining II bosqichidan suv uzatish grafikasi; 3 — iste’molchilarning suv iste’mol qilish grafikasi.
5
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling