Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining qiymatlarini aniqlash Reja
Yong‘in holatida suv uzatish va taqsimlash tizimlarining
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Atabek suv uzatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan aabiyotlar
Yong‘in holatida suv uzatish va taqsimlash tizimlarining
ishlash tartibidagi o‘ziga xoslihlar Loyihalash talabiga binoan suv ta’minoti tarmoqlarining yong‘in cho‘g‘idagi holati e’tiborga olinadi, hisoblash uchun bir soatdagi maksimal suv iste’moli vaqti olinadi. Yong‘in suv tar- mog‘idan ma’lum miqdorda suv olish sarfini oshiradi, bundan chiqqan holda tarmoq bo‘yicha bosim pasayish qiymati oshadi.
Hisobiy yong‘inlar soni va yong‘inni o‘chirish uchun sarflanadigan suv miqdori QMQ talabiga binoan aniqlanadi. Yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan joy tanlanganda tizimning eng noqulay sharoitda ishlash holati olinadi. Yong‘in chiqish joyi uchun suv bilan ta’minlaydigan joydan eng uzoq va geodezik belgisi eng yuqori bo‘lgan tarmoqdagi tugun olinadi. Yong‘inni o‘chirish usuliga ko‘ra tizimlar yong‘inni yuqori bosimli va past bosimli tizimda o‘chirishga bo‘linadi. Yong‘in o‘chirishning yuqori bosimli suv ta’minoti tizimlarida yong‘in bo‘lgan vaqtda suv shunday bosim ostida yuborilish kerakki, oqim to‘g‘ridan to‘g‘ri gidrantdan hosil qilinadigan bo‘lsin. Aholi punktlarini suv bilan ta’minlash tizimida, odatda, past bosimli yong‘in o‘chirish tizimi qabul qilinadi. Bu holatda yong‘in vaqtida tarmoqning barcha tugunlarida bosim l0 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Yong‘in payti nasoslar orqali suv tortib olinganda, tarmoq- lardagi bosim atmosfera bosimidan pastga tushib ketmasligi uchun shunday talab qo‘yiladi, chunki tarmoqdagi bosim at
mosfera bosimidan pastga tushsa, tarmoqlarga ularning zich yopilmagan joylaridan iflos moddalar o‘tishi mumkin. Toza suv rezervuarlarida yong‘inni o‘chirish uchun sarfla- nadigan suv saqlanganda, nasos bekatining ikkinchi bosqich xo‘jalik-ichimlik ehtiyoji va yong‘inni o‘chirishga sarflanadigan suv yig‘indisi miqdorida har doim uzatib berishi lozim. Agar suv ta’minoti sxemasi bo‘yicha bosimli boshqarish rezervuari qurilgan bo‘lsa, u holda yong‘inni o‘chirish uchun suv zaxi- radagi suv rezervuarida saqlanishi mumkin. Bu holda nasos bekatining ikkinchi bosqichi
12
shaharga xo‘jalik-ichimlik ehtiyojlari uchun sarflanadigan suv sarfini uzatadi, yong‘inni o‘chirish uchun sarflanadigan suv bosimli boshqaruvchi sig‘im orqali uzatiladi. Bunda ma’lum miqdordagi yong‘inni o‘chirish suv zaxirasi nasos bekatining ikki bosqichi yonida joylashtirilgan toza suv rezervuarlarida va yana bir qismi bosimli boshqarish sig‘imida saqlanishi mumkin. Past bosimli yong‘inni o‘chirish tizimida suv bilan ta’min- lashning ishlash tartibini ko‘rib chiqamiz (II. 5- rasm). Agar suv iste’moli odatdagi tartibda bo‘lsa, talab qilingan N nuqtada talab etilgan erkin bosim Hsv, olinadigan sarf q x -
bo‘lsin. Pyezometrik chiziq G— A—E chizig‘i holatini egallaydi. . A nuqtasi A’ nuqtasiga ko‘chadi, natijada pyezometrik chiziqda sinish hosil qo‘ladi va u D—A’—B’ holatini egallaydi, bunday holatda II.5- rasmdan ko‘rinib turibdiki, erkin bosim N tugunida l0 m dan past bo‘ladi.
4-rasm. kontrrezervuarli suv ta’minlash tizimining ishlashi
5- rasm. Suv ta’minlash tizimining yong‘inda bo‘lgan ishi.
13
1. O’.T. Zokirov. Oqova suvlarini oqizish. Toshkent. 2000-yil 2. O’.T. Zokirov. Oqova suvlarini oqizish. Toshkent. 2003-yil 3. O’.T. Zokirov. E.S. Bo’riyev. “Suv ta’minoti va oqova suv tizimlarining asosolari”. Toshkent -2013-yil. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling