Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining qiymatlarini aniqlash Reja


Yong‘in holatida suv uzatish va taqsimlash tizimlarining


Download 31.01 Kb.
bet3/3
Sana14.10.2023
Hajmi31.01 Kb.
#1703792
1   2   3
Bog'liq
Suv iste’molining umumiy notekislik koeffitsientining qiymatlari-fayllar.org

Yong‘in holatida suv uzatish va taqsimlash tizimlarining 

ishlash tartibidagi o‘ziga xoslihlar 
Loyihalash talabiga binoan suv ta’minoti tarmoqlarining yong‘in 
cho‘g‘idagi holati e’tiborga olinadi, hisoblash uchun bir soatdagi maksimal suv
iste’moli vaqti olinadi. Yong‘in suv tar- mog‘idan ma’lum miqdorda suv olish 
sarfini oshiradi, bundan chiqqan holda tarmoq bo‘yicha bosim pasayish qiymati
oshadi.

Hisobiy yong‘inlar soni va yong‘inni o‘chirish uchun sarflanadigan suv


miqdori QMQ talabiga binoan aniqlanadi. Yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan joy 
tanlanganda tizimning eng noqulay sharoitda ishlash holati olinadi. Yong‘in
chiqish joyi uchun suv bilan ta’minlaydigan joydan eng uzoq va geodezik belgisi 
eng yuqori bo‘lgan tarmoqdagi tugun olinadi.
Yong‘inni o‘chirish usuliga ko‘ra tizimlar yong‘inni yuqori bosimli va past 
bosimli tizimda o‘chirishga bo‘linadi. Yong‘in o‘chirishning yuqori bosimli suv
ta’minoti tizimlarida yong‘in bo‘lgan vaqtda suv shunday bosim ostida yuborilish 
kerakki, oqim to‘g‘ridan to‘g‘ri gidrantdan hosil qilinadigan bo‘lsin. Aholi
punktlarini suv bilan ta’minlash tizimida, odatda, past bosimli yong‘in o‘chirish 
tizimi qabul qilinadi. Bu holatda yong‘in vaqtida tarmoqning barcha tugunlarida
bosim l0 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Yong‘in payti nasoslar orqali suv tortib olinganda, tarmoq- lardagi bosim
atmosfera bosimidan pastga tushib ketmasligi uchun shunday talab qo‘yiladi, 
chunki tarmoqdagi bosim at
mosfera bosimidan pastga tushsa, tarmoqlarga 

ularning zich yopilmagan joylaridan iflos moddalar o‘tishi mumkin.


Toza suv rezervuarlarida yong‘inni o‘chirish uchun sarfla- nadigan suv 
saqlanganda, nasos bekatining ikkinchi bosqich xo‘jalik-ichimlik ehtiyoji va
yong‘inni o‘chirishga sarflanadigan suv yig‘indisi miqdorida har doim uzatib
berishi lozim. Agar suv ta’minoti sxemasi bo‘yicha bosimli boshqarish
rezervuari qurilgan bo‘lsa, u holda yong‘inni o‘chirish uchun suv zaxi- radagi 
suv rezervuarida saqlanishi mumkin. Bu holda nasos bekatining ikkinchi bosqichi


12
shaharga xo‘jalik-ichimlik ehtiyojlari uchun sarflanadigan suv sarfini uzatadi,


yong‘inni o‘chirish uchun sarflanadigan suv bosimli boshqaruvchi sig‘im orqali


uzatiladi. Bunda ma’lum miqdordagi yong‘inni o‘chirish suv zaxirasi nasos 
bekatining ikki bosqichi yonida joylashtirilgan toza suv rezervuarlarida va yana
bir qismi bosimli boshqarish sig‘imida saqlanishi mumkin. Past bosimli 
yong‘inni o‘chirish tizimida suv bilan ta’min- lashning ishlash tartibini ko‘rib
chiqamiz (II. 5- rasm). 
Agar suv iste’moli odatdagi tartibda bo‘lsa, talab qilingan N nuqtada talab
etilgan erkin bosim Hsv, olinadigan sarf q
x
-

k


bo‘lsin. Pyezometrik chiziq G—
A—E chizig‘i holatini egallaydi. . A nuqtasi A’ nuqtasiga ko‘chadi, natijada 
pyezometrik chiziqda sinish hosil qo‘ladi va u D—A’—B’ holatini egallaydi,
bunday holatda II.5- rasmdan ko‘rinib turibdiki, erkin bosim N tugunida l0 m dan 
past bo‘ladi.

4-rasm. kontrrezervuarli suv ta’minlash tizimining ishlashi

5- rasm. Suv ta’minlash tizimining yong‘inda bo‘lgan ishi.



13



Foydalanilgan aabiyotlar

1. O’.T. Zokirov. Oqova suvlarini oqizish. Toshkent. 2000-yil


2. O’.T. Zokirov. Oqova suvlarini oqizish. Toshkent. 2003-yil
3. O’.T. Zokirov. E.S. Bo’riyev. “Suv ta’minoti va oqova suv
tizimlarining asosolari”. Toshkent -2013-yil. 

http://fayllar.org



Download 31.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling