Dissertatsiyaning unga qo‘yilgan talablardan qay biriga mosligi.
Dissertatsiya tugallangan yuqori malakaviy ilmiy ish bo‘lib, unda muhim ijtimoiy-iqtisodiy va amaliy muammolar yechimi keltirilgan, ilmiy yangiliklar amaliyotga joriy etilgan. Dissertatsiya va uning avtoreferati o‘zbek tilida ravon bayon qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining talablari asosida rasmiylashtirilgan va tadqiqot mazmuniga to‘liq mos keladi. Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi va mazmuni mantiqan o‘zaro bog‘langan, ilmiy yangiliklar nazariy va amaliy jihatdan asoslangan, ma’lumotlar ishonchli. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan asosiy xulosalar, taklif va tavsiyalar hamda uning asosiy mazmuni muallifning nashr qilgan ishlari va avtoreferatida o‘z aksini topgan.
YAKUNIY XULOSA
Tadqiqotchi Yuldosheva Shahribonu Anvar qizining 08.00.05 – «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligidan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati samaradorligini oshirish» mavzusidagi dissertatsiyasi dolzarb mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, ilmiy yangiliklari yetarli darajada asoslangan va tugallangan ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining «Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risida» gi Nizomida (PhD) qo‘yilgan talablariga javob beradi va muallif da’vo qilayotgan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga loyiq.
Ilmiy kengash raisi,
i.f.d., professor M.E.Po‘latov
Ilmiy kengash ilmiy
kotibi, i.f.d., dotsent Sh.O.Kuvandikov
Do'stlaringiz bilan baham: |