LOYIHA
Tadqiqotchi Yuldosheva Shahribonu Anvar qizi tomonidan «Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati samaradorligini oshirish» mavzusida 08.00.05 – «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligidan iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi bo‘yicha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.02.2022.I.18.01 raqamli
Ilmiy kengash
X U L O S A S I
Talabgorning eng muhim ilmiy natijalari. Uy-joy xo‘jaliklari faoliyatini tashkiliy-boshqaruv jihatdan muvofiqlashtirish, soha muammolari yechimi bo‘yicha samarali/maqsadli faoliyatni tashkil qilishga ko‘ra faoliyatni raqamlashtirishning iqtisodiy arxitekturasi taklif qilinib, integratsiyalashga ko‘ra «Blog loyihasi»ni joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan (13,24-30 betlar); Qarshi shahar «Yangi Navo Baraka Kompaniya» va “Neftchi ishonch servis” MChJ moliyaviy resurslarni tashkiliy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga ustuvor yo‘naltirgan holda mehnat unumdorligini 1,3 martaga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyati asoslangan (53,67-78 betlar); Qarshi shahar «Ishga marhamat» Mono markazi, «Buyuk avlod boshqaruv kompaniyasi», «Yangi Navo Baraka Kompaniya» hamda «Neftchi Ishonch servis» MChJlar negizida «Uy-joy kommunal xo‘jalik klasteri»ni shakllantirish maqsadga muvofiqligi asoslangan (106,127-136 betlar); Qashqadaryo viloyatining uy-joy kommunal xo‘jaligi ko‘rsatiladigan servis xizmatlari sifatini oshirishning 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan (136-151 betlar).
Ilmiy va amaliy natijalarning to‘g‘riligi va yangiligiga berilgan baho. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ularni taniqli xorijiy va mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining raqobat va raqobatbardoshlikni oshirish borasidagi ilmiy-nazariy qarashlarini qiyosiy va ijodiy tahlil qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish, statistik ma’lumotlar va ekspert baholash kabi ma’lumotlar tahliliga jumladan, tahliliy ma’lumotlar bazasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining statistik ma’lumotlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |