- Tayyorladi: “Bank ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi Umurzakova A.O.
10-MAVZU. BANKLAR XALQARO OPERATSIYALARI VA BITIMLARINI HUQUQIY JIHATDAN MUVOFIQLASHTIRISH - Banklarning xalqaro operatsiyalari, valyutaga oid munosabatlar va valyuta qonunchiligi asoslari.
- Valyuta operatsiyalari tushunchasi va amalga oshirilishining umumiy qoidalari
- Valyuta nazorati va valyuta qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik.
1. Banklarning xalqaro operatsiyalari, valyutaga oid munosabatlar va valyuta qonunchiligi asoslari. - Valyuta munosabatlari deganda ko‘pincha chet el davlati pul birligi sanaluvchi boylikka nisbatan bo‘lgan xuquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazish yoki qo‘lga kiritish yuzasidan shaxslar o‘rtasida yuz beradigan ijtimoiy aloqalar tushuniladi. Valyutaga oid munosabatlarni tartibga solishning xuquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda 2019 yil 15 noyabrda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Markaziy bank to’g’risida”gi qonunlari, 2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilinadigan idoraviy me’yoriy xujjatlarda belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi xududida valyutani tartibga soluvchi organ bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi. - O‘zbekiston Respublikasi xududida valyutani tartibga soluvchi organ bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi.
- Valyutani tartibga soluvchi organ o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq chet el valyutasi va chet el valyutasidagi to‘lov xujjatlari muomalasi tartibini, milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini, chet el valyutasidagi hisobvarag‘larni ochish tartibini, rezident yuridik shaxslar tomonidan xorijda xisobvarag‘lar ochish tartibini, chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |