Loyiha tadqiqotchi Yuldosheva Shahribonu Anvar qizi tomonidan «Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati samaradorligini oshirish» mavzusida


Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 23.21 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1547077
1   2   3
Bog'liq
Ilmiy kengash xulosasi(лойиха) Yuldosheva Sh.

Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati e’tiborga molik nazariy-uslubiy xulosa va takliflardan uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati tizimini samarasiz sohadan samarali sohaga aylantirish maqsadida tizim boshqaruv mexanizmini takomillashtirish, soha raqobatbardoshliligini ta’minlash va samaradorligini oshirish va baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati undan uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati ko‘rsatish sohalarining samaradorligini oshirish, tarmoq va hududiy dasturlar, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, sohaga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarni tayyorlash (takomillashtirish) hamda mazkur yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar va o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda va ularning o‘quv dasturlari, o‘quv uslubiy majmualarini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya natijalaridan foydalanilganligi to‘g‘risida ma’lumot va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar. Uy-joy kommunal xo‘jaliklarida servis xizmati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uy-joy xo‘jaliklari faoliyatini tashkiliy-boshqaruv jihatdan muvofiqlashtirish, soha muammolarini aniqlash va samarali/maqsadli faoliyatni tashkil qilishga ko‘ra raqamlashtirishning iqtisodiy arxitekturasi va faoliyatini yagona platformaga integratsiyalashga ko‘ra «Blog loyihasi» va viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 21 oktabrdagi 03/01-5268-son, Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2022 yil 6 oktabrdagi 01-1797-sonli ma’lumotnomalari). Natijada platformaga ko‘ra uy-joy kommunal xo‘jaligida mavjud to‘lovlarni optimallashtirish, sohani resurslar bilan o‘z vaqtida ta’minlash, xodimlar mehnatining minimal hajmi bilan maksimal natijalarga erishish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini samarali tashkil etish hamda mehnat faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘ra sohada bandlik darajasini oshirishning qo‘shimcha ichki imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
Qarshi shahar «Yangi Navo Baraka Kompaniya» va «Neftchi ishonch servis» MChJ moliyaviy resurslarni tashkiliy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etishga yo‘naltirgan holda mehnat unumdorligini 1,3 martaga va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyati bo‘yicha takliflar «Yangi Navo Baraka Kompaniya» va «Neftchi ishonch servis» MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 21 oktabrdagi 03/01-5268-son va Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2022 yil 6 oktabrdagi 01-1797-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur uy-joy kommunal xo‘jaliklari tomonidan mavjud tashkiliy-iqtisodiy muammolarni muayyan darajada hal etishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va mehnat unumdorligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarida maqsadli foydalanishga xizmai qilgan;
Qarshi shahar «Ishga marhamat» Mono markazi, «Buyuk avlod boshqaruv kompaniyasi», «Yangi Navo Baraka Kompaniya» hamda «Neftchi Ishonch servis» MChJlar negizida «Uy-joy kommunal xo‘jalik klasteri»ni shakllantirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tomonidan uy-joy klasterlarini tashkil qilishni asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 21-oktabrdagi 03/01-5268-son, Qashqadaryo viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining 2022-yil 6-oktabrda imzolangan 01-1797-sonli ma’lumotnomalari). Natijada uy-joy kommunal xo‘jaliklari servis xizmati ko‘rsatish hajmida yangi xizmatlar ulushining 20 foizga oshishiga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatining uy-joy kommunal xo‘jaligida ko‘rsatiladigan servis xizmatlari sifatini oshirishning 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari viloyat uy-joy kommunal xo‘jaliklarini istiqbolda rivojlantirishning hududiy dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi-ning 2022-yil 21-oktabrdagi 03/01-5268-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyat uy-joy kommunal xo‘jaliklarida, jumladan servis xizmati ko‘rsatish 2021-yili 2019-yilga nisbatan 013 barobarga, 2027-yilga borib, 2,20 barobarga oshishiga muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling