Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to’g’risida quyidagilar xabardor etiladi
- O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo’yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs
- Nogironlar va qariyalar
- Nazorat uchun savollar
tartibi – mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi. Marhumning jasadi qarindoshlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi. Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish to’g’risida ariza tushmagan taqdirda, muassasa ma’muriyati marhumni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qo’yilgan tartibda dafn etadi. Muassasa ma’muriyati o’lgan mahkum to’g’risida muassasa joylashgan hududdagi fuqarolik holatlarini qayd etish organlariga belgilangan shaklda xabarnoma yuboradi, ushbu xabarnoma asosida uning vafot etganligi to’g’risida guvohnoma beriladi. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tayotgan chet ellik fuqarolarning o’limi haqida xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib tegishli organ va muassasaga xabar qilinadi. Chunki, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 4-moddasida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnomaning qoidalari ustunligi tan olinishi va qo’llanilishi e’tirof etilgan. Agar mahkumning vafoti haqida yaqin qarindoshlariga xabar yuborilganidan so’ng marhumning jasadini olib ketish uchun uning qarindoshlari yetib kelishi to’g’risida muassasa ma’muriyati 48 soat mobaynida tasdiqlovchi xabar olmasa, muassasa ma’muriyati marhumni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qo’yilgan tartibda dafn etadi. 276 Muassasa ma’muriyati o’lgan mahkum to’g’risida muassasa joylashgan hududdagi fuqarolik holatlarini fayd etish organlariga belgilangan shaklda xabarnoma yuboradi, ushbu xabarnoma asosida uning vafot etganligi to’g’risida guvohnoma beriladi. Jazoni o’tab bo’lishi munosabati bilan ozod qilish tartibi Jazoni o’tab bo’lishi munosabati bilan ozod qilish tartibi – sud tomonidan tayinlangan jazo muddatini o’tab bo’lganidan so’ng mahkumlarni ozod etish tartibi ustidan nazorat qilish uchun, nazorat-muddat kartotekasi ma’lumotlari asosida, muassasaning maxsus bo’limi ozod etilishi lozim bo’lgan shaxslarning oylik ro’yxatlarini tayyorlaydi. Bu ro’yxatlarning bir nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi mahkumlarni tanishtirish uchun turkum boshliqlariga yetkaziladi. Ozod etilayotgan mahkum jazoni o’tash muddati tugashiga ikki kun qolganida muassasa buxgalteriyasiga chaqirtirilib, unga qarzi yo’qlik varaqasi to’shiriladi. Mahkum bu varaqani olgach, o’zining hisobida bo’lgan barcha mol-mulk, inventar va boshqa moddiy qimmatliklarni taalluqliligi bo’yicha to’shiradi. Varaqa koloniya boshlig’ining tezkor va tartibot ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan imzolangach, u mahkum bilan to’liq hisob-kitob qilishi uchun buxgalteriyaga beriladi Mahkumlarni jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod qilish tartibi Jinoyat-ijroiya kodeksining 171-173-moddalari bilan tartibga solinadi. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning jazoni o’tash muddati tugashiga uzog’i bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda o’rnashishga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod bo’lgandan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi. Ma’lumki, Respublikamizda turli sohalarda olib borilayotgan islohotlar birinchi galda, inson manfaatlariga qaratilayotganligi e’tiborga molik jihatdir. Xuddi shu nuqtai nazardan jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilayotgan shaxsning ishda va turmushda o’rnashishga muhtojligi aniqlanadi. Muassasa ma’muriyati oldindan mahkum yashashni mo’ljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo’lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yo’qligi, mehnat qobiliyati va ixtisosi to’g’risida xabardor etadi. Muassasa ma’muriyati ayni bir vaqtda 1992-yil 9-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan 277 bo’shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati to’g’risida”gi qonunining 8-moddasiga muvofiq, ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati o’rnatilishi zarur bo’lgan shaxslarni aniqlaydi va jazoga hukm qilingan shaxs tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo’liga o’tishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida ozod etilishidan kamida bir oy oldin jazoni ijro etish muassasasi joylashgan hududdagi jinoyat ishlari bo’yicha sudiga tegishli taqdimnoma kiritadi. Mahkumlarni ozod qilishga tayyorlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga moddiy yordam ko’rsatish Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning jazoni o’tash muddati tugashiga uzog’i bilan uch oy qolganda uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash, mehnat va turmushda o’rnashishga bo’lgan ehtiyojini aniqlash, uning muassasadan ozod bo’lgandan keyingi huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish maqsadida mahkum bilan tarbiyaviy ish olib boradi. Ishda va turmushda o’rnashishga muhtoj shaxslar aniqlangan taqdirda muassasa ma’muriyati oldindan mahkum yashashni mo’ljallayotgan joydagi ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod bo’lgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazini uning ozod qilinishi, turar joyi bor-yo’qligi, mehnat qobiliyati va ixtisosi to’g’risida xabardor etadi. Muassasa ma’muriyati ayni bir vaqtda ustidan ichki ishlar organlarining ma’muriy nazorati o’rnatilishi zarur bo’lgan shaxslarni aniqlaydi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga tegishli taqdimnoma kiritadi. Odatda uzoq vaqt ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tagan shaxs oilasi, qavm-qarindoshlari, tanish-bilishlari, ilgari istiqomat qilgan va ishlagan joyidagi jamoa bilan munosabatlari mushkullashadi. U jazoni ijro etish muassasasidan qaytib kelgach, yangi sharoitlarga ko’nikishi, moslashuvi qiyin kechadi. Shu sababli u muruvvatga muhtoj bo’ladi. Har bir mahkumni ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tagandan so’ng qayerda, kimlar bilan yashashi, nima bilan shug’ullanishi haqida g’amxo’rlik qilishi u bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishning muhim tarkibiy qismidir. Bunday g’amxo’rlik mahkum ozod etilishiga uch oy qolganda ayniqsa kuchaytirilishi, mahkumning ehtiyojlarini aniqlash va qanoatlantirishga qaratilgan muayyan sharoitlarni vujudga keltirishni nazarda tutishi lozim. 278 Mahkumni halol turmush va mehnat sharoitlariga o’rgatish uning oilasi, qarindoshlari, tanish-bilishlari va jamiyat oldida, kamsitilmasligi uchun kerakli axloq-odob qoidalarini, huquq va majburiyatlarini tushuntirishdan boshlanishi, hayot chorrahalarida yomon yo’lga kirish, xudbinlikka ruju qilish qanchalik og’ir oqibatlarga olib kelishi haqida suhbatlar o’tkazish vositasida, turli ma’naviy, tarbiyaviy ta’sir etish tarzida jonlashtirish lozim. Agar mahkum muhtoj bo’lsa, muassasa ma’muriyati oldindan uning yashaydigan joyidagi mahalla oqsoqollarini unga muruvvat ko’rsatishi haqida xabardor qilishi, o’sha yerdagi hokimiyat qoshidagi ijtimoiy moslashuv markazi, maxsus komissiyalar va mehnat jamoalari bilan tadbirlarni rejalashtirish kerak. Bu haqda Vazirlar mahkamasining 1999- yildagi 113-sonli qaroriga binoan ozod etilayotgan shaxsning ustidan ma’muriy nazorat o’rnatilishi lozim bo’lsa, jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati bu haqda sudga taqdimnoma kiritib, sudda bu masala barvaqtroq ko’rilishiga erishishi lozim. Jazodan ozod qilinayotgan shaxs tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Unga tegishli barcha hujjatlar, shu jumladan pasport, mehnat daftarchasi, ‘ensionerlik yoki nogironlik guvohnomasi, ta’lim va hunar o’rganganligi haqida hujjatlar, kasallik daftarchasi, xat yozishmalari, kitob-daftarlari qaytarib beriladi. Agar uning shaxsiy hisob jildida faxriy, maxsus va harbiy unvonlar to’g’risida guvohnomalar, ko’krakka taqiladigan nishonlar, medal va ordenlar bo’lsa, ular ham qaytarib beriladi. Bu ishlarga barvaqt xozirlik ko’rilishi kerak. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni mo’ljallayotgan joyga yetib olishi uchun yo’l hujjatlari, belgilangan norma bo’yicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan ta’minlanadilar. Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek, ularni sotib olishga pul bo’lmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul ta’minlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yo’la to’lanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinayotgan shaxsga qilingan sarflar davlat hisobidan qo’lanadi. 279 Mahkumlarning ozod qilinishi to’g’risida xabar berish va ozod bo’lgan shaxslarni kuzatib borish Mahkumlarning ozod qilinishi to’g’risida xabar berish va ozod bo’lgan shaxslarni kuzatib borish – jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to’g’risida: – birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan – ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining o’rnini bosuvchi boshqa shaxslarni; – ishga kirish va turmushini yo’lga qo’yishga muhtoj bo’lgan shaxslarga nisbatan – viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; – sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo’lgan, shuningdek, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan – viloyat, shahar sog’liqni saqlash boshqarmalari (bo’limlari) yoki sog’liqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to’g’risida quyidagilar xabardor etiladi: birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek voyaga yetmaganlarga nisbatan ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining o’rnini bosuvchi boshqa shaxslarni; ishga kirish va turmushini yo’lga qo’yishga muhtoj bo’lgan shaxslarga nisbatan sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo’lgan, shuningdek alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim bo’lgan shaxslarga nisbatan viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; viloyat, shahar sog’liqni saqlash boshqarmalari (bo’limlari) yoki sog’liqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. 280 – ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim bo’lgan shaxslarga nisbatan – ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. Hukm qilingan chet el fuqarolar – hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O’zbekiston Respublikasi hududida biror-bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo’lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to’g’risidagi bildirish qog’ozi jo’natiladi. O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo’yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs – O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo’yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum ozodlikdan mahrum etilguniga qadar ro’yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va ro’yxatga olish bilan shug’ullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi. Nogironlar va qariyalar o’z iltimosiga ko’ra, nogironlar va qariyalar uyiga jo’natiladi. Sog’lig’i holatiga ko’ra, doimiy parvarishga muhtoj shaxslar – sog’lig’i holatiga ko’ra, doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek, o’n olti yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa ma’muriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga jo’natiladi. Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga jo’natiladi. Ota-onasi yo’q voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo’natiladi yoki homiylar qaramog’iga beriladi. Jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkumlarning ozod etilganligi to’g’risida: birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga, homilador ayollar va yosh bolasi (bolalari) bor ayollarga, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan – ularning qarindoshlari yoki qarindoshlarining o’rnini bosuvchi boshqa shaxslarni; ishga kirish va turmushini yo’lga qo’yishga muhtoj bo’lgan shaxslarga nisbatan – viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari huzuridagi ijtimoiy moslashuv markazlarini; 281 sil yoki tanosil kasalliklariga duchor bo’lgan, shuningdek, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan – viloyat, shahar sog’liqni saqlash boshqarmalari (bo’limlari) yoki sog’liqni saqlash organlarining davolash muassasalarini; ma’muriy nazorat ostiga olinishi lozim bo’lgan shaxslarga nisbatan - ichki ishlar hududiy organlarini oldindan xabardor etadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan mahkumlar kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganligi oqibatida, amnistiya akti yoki afv asosida ozod etilgan hollarda, shuningdek, mahkumlar jazodan shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etilgan taqdirda, bildirish qog’ozi ular ozod etilgan kuni jo’natiladi. Hukm qilingan chet el fuqarolarining ozod etilganligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi hududidagi ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatlarning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. O’zbekiston Respublikasi hududida biror bir davlatning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo’lmagan taqdirda, bunday davlatning vakolatli organini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ozod etilganlik to’g’risidagi bildirish qog’ozi jo’natiladi. O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi bo’yicha yashagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs ozod qilinayotganda jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati mahkum ozodlikdan mahrum etilguniga qadar ro’yxatga olingan joydagi ichki ishlar hududiy organining mamlakatga kirish, undan chiqish va ro’yxatga olish bilan shug’ullanuvchi tegishli xizmatini xabardor qiladi. Sog’lig’i holatiga ko’ra doimiy parvarishga muhtoj shaxslar, shuningdek, o’n olti yoshgacha bo’lgan voyaga yetmagan shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa ma’muriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga jo’natiladi. Nogironlar va qariyalar, o’z iltimosiga ko’ra, nogironlar va qariyalar uyiga jo’natiladi. Voyaga yetmagan mahkumlar ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga jo’natiladi. Ota-onasi yo’q voyaga yetmagan shaxslar, zarur hollarda, internatlarga jo’natiladi yoki homiylar qaramog’iga beriladi. Mahkum ozod qilinayotgani to’g’risida uning qarindoshlariga, ijtimoiy moslashuv markazlariga, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot organlariga xabar barvaqt yuborilishi va ularning bu haqdagi xabarni olganligi yozma tasdiqlangan bo’lishi lozim. 282 Lekin ular amnistiya akti yoki afv qilinganligi munosabati bilan yoxud sud tomonidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan bo’lsa, tegishli shaxslarga va muassasalarga xabar mahkum ozod qilingan kuni yuboriladi. Chunki mahkumni amnistiya akti, afv qilinishi haqida hujjatlar imzolanmay turib yoxud jazodan shartli ravishda, shuningdek, kasalligi sababli ozod qilish haqida sud qarori chiqmasdan oldin xabar berishning iloji yo’q. Ozod etilayotgan mahkum chet el fuqarosi bo’lsa, bu haqda xabar tegishli chet el diplomatik vakolatxonasiga yoki konsulligiga yuboriladi. Agar mahkum fuqarosi bo’lgan davlatning O’zbekiston Respublikasida diplomatik vakolatxonasi yoki konsulligi bo’lmasa, xabar Respublika Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs O’zbekiston Respublikasida vaqtincha yashash guvohnomasi bo’yicha yashagan bo’lsa, u qamalganigacha qaysi hududda ro’yxatga olingan bo’lsa, o’sha hududdagi ichki ishlar organiga xabar yuboriladi. Bemorligi, salomatligiga ko’ra, birovning doimiy parvarishiga muhtoj shaxs va o’n oltiga yetmagan shaxs ozod qilinganda, ularni o’z manzillariga qarindoshlari yoki boshqa shaxslar kuzatib borishlari ta’minlanishi lozim. Aks holda ularni jazoni ijro etish muassasasining vakili kuzatib qo’yishi shart. Ozod qilingan nogironlari va qariyalar faqat ularning iltimosiga ko’ra, nogironlar va qariyalar uyiga joylashtirilishi mumkin. Voyaga yetmagan mahkumlar ozod etilganda, agar ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslari bo’lmasa, internatlarga joylashtirilishi yoki homiylarning qaramog’iga berilishi mumkin. Sog’lig’i va yoshi jihatdan muhtoj shaxslarni yashash joylariga, albatta, ularning qarindoshlari yoki vasiy, homiylari, shuningdek jazoni ijro qiluvchi muassasa ma’muriyatining vakili kuzatuvida yuborilishi shart. Qo’shimcha adabiyotlar 1. Jinoyat-ijroiya kodeksiga sharhlar. / M.H.Rustamboev, B.J.Axrarov va boshqalar. / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. M.H.Rustamboev. – T.: TDYI, 2007. 2. Ismailov I., Yuldashev M., Mirzaraimov I. Jinoyat-ijroiya huquqi: Darslik. / yu.f.d., prof. A.S.Yakubovning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2010. 3. Jinoyat-ijroiya huquqi. Ma’ruzalar kursi. / Z.S.Zaripov, Ch.A.Sattarov, Yu.S.pulatov va boshq. – Toshkent: Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, 2013. 283 Nazorat uchun savollar: 1. Jazoni o’tashdan ozod qilish mahkumga sud tomonidan tayinlangan jazoning o’talmagan qismida yangi jinoyat sodir qilmasligiga ma’lum bir ma’noda ishonch bildirish orqali jazoni keyingi qismini o’tashdan ozod qilishda ifodalanadi. Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum qaysi hollarda jazoni o’tashdan ozod qilinishi mumkunligini muhokama qiling. 2. Jinoyat kodeksining 74-moddasiga muvofiq, ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan sud jazoning o’talmagan qismini yengilrog’i bilan almashtirilishi mumkin. O’n sakkiz yoshga to’lmasdan va voyaga yetgan shaxslarga nisbatan jazoni yengilrog’i bilan almashtirish tartiblarini tushuntitib bering. 3. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 75-moddasiga ko’ra, shaxs hukm chiqarilganidan keyin o’z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka, shuningdek, jazoni o’tashga to’sqinlik qiladigan boshqacha og’ir kasallikka chalinib qolsa, jazoni o’tashdan ozod qilinishi mumkin. Kasallik yoki mehnat qobiliytini yo’qotganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish tartibini bayon qiling. 4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan R. ismli shaxs mehnatga qobiliyatini yo’qotganligi sababli jazoni o’tashdan muddatidan ilgari ozod qilindi. Ushbu holatni o’rganing va unda yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlang. 4. K. Ismli shaxs 64/UYAda to’satdan bosh miyaga qon quyulishi sababli vafot etdi. Uning Fransiya davlatida istiqomat qiluvchi bir nafar farzandiga manzili noaniqligi sabab xabar berishning imkoni yo’qligi tufayli xabar berilmadi. Marhumning farzandi otasining vafoti to’g’risida 4 kundan so’ng xabar topdi va otasining dafn etilganligini aniqladi. Mahkumning vafoti haqida yaqin qarindoshlariga xabar berish va dafn etish tartibini tushuntirib bering. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling