Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyat–ijroiya qonun hujjatlari va uning
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari
- Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining prinsiplari.
- Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining printsiplari
- Umumiy prinsiplar: a) qonuniylik; b) adolat; s) Insonparvarlik; d) demokratizm. Maxsus prinsiplar
- Insonparvarlik prinsipi
- Jazoni ijro etishda individuallashtirishga rioya etish
- Mahkularni qonunga itoatkor xulq-atvorini rag’batlantirish prinsipi
- Majburlov vositalarini oqilona qo’llash prinsipi
Jinoyat–ijroiya qonun hujjatlari va uning prinsiplari Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari Insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan holda har bir jinoyatchiga jazo tayinlaydi va shu bilan birga jamiyat huquqlarini ‘oymol bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari Jinoyat-ijroiya kodeksining 3- moddasida ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasining butun hududida qo’llaniladi. Jazolarni ijro etish va mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari ham amalda bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq ravishda qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi juda ko’plab xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilganligi ma’lum, jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari ham xalqaro huquqning muomaladagi prinsip va normalarini inobatga olib boradi [Ratifikatsiya (lot. Tasdiq qilmoq)-xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi 31 tomonidan tasdiqlanishi. “Huquqshunoslikka oid o’zlashma terminlar” Toshkent “Adolat” 1999-y.]. Jinoyat-ijroiya kodeksining 4-moddasida belgilanganidek, jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari ko’llaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekiston 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini ratifikatsiya kilgan. Masalan, unda xech bir shaxs kiynoqqa solinishi mumkin emasligi (5-modda) bayon qilingan. O’zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan yana bir xalqaro hujjat 1966-yilda qabul qilingan “Fuqarolarning siyosiy huquqlari to’g’risida”gi paktdir. Uning 6-moddasida belgilangan, “har bir o’limga hukm qilingan shaxs avf so’rab murojaat qilish huquqiga ega”. Shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi tomonidan quyidagi jinoyat- ijroiya qonunchiligiga oid xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilingan: 1948-yil qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi; 1966-yil qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida” gi xalqaro pakt; 1984-yil qabul qilingan “Inson sha’ni, qadr-qimmatini xo’rlashga qarshi” Konvensiya; 1984-yil qabul qilingan o’lim jazosiga mahkum qilingan shaxslarning huquqiy kafolatlari to’g’risidagi akt; 1990-yil qabul qilingan BMTning voyaga yetmaganlarning ishini himoyalash to’g’risidagi me’yoriy akt va boshqalar. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksining 5-moddasida xalqaro hujjatlarga asoslangan holda jazoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos bo’ladi, deb belgilab qo’yilgan. Mustaqillik yillarida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator qonunlar qabul qilindi. Bularning hammasi Respublikamizda xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, qonunlarga og’ishmay amal qilish va jazolarni ijro etishda o’ziga xosa ahamiyatga ega. Davlatning ravnaqiga, uning rivojlanishiga jinoyatchilik jiddiy to’siq bo’lishiga qaramasdan davlat bunday illatga qarshi faqat adolatli qonun va unda belgilangan jazolari bilan kurashadi. Hozirgi davrda jazolarni ijro etish borasida O’zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan mahkumlarning huquq va qonuniy manfaatlarini to’liq ta’minlashga erishilmoqda va mahkumga sobiq ittifoq tuzumi davridagi “xavfli jinoyatchi” nazari bilan qarash fikri fuqarolarimizda 32 asta-sekinlik bilan yo’qolib bormoqda, sababi yurtimizda inson manfaatlariga hurmat bilan qaralib, uning sha’n va qadr-qimmati ezozlanib kelingan. Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab jazo va uni ijro etish masalalariga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarimizning haq huquqlari, sha’nu qadr qimmati birinchi o’ringa qo’yildi. Hozirgi davrda jazolarni adolatli ijro etish, jazoni ijro etish muassasalari, organlari va vazifalarining asosiy xususiyatlarini o’rganish eng dolzarb masalalar sirasiga kiradi, uni atroflicha chuqur tadqiq tadqiq etish har bir huquqshunos uchun ham qarz, ham farzdir. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining prinsiplari. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari jazolarni ijro etishning prinsiplari va qoidalarini belgilab bergan. Bular boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralarining qo’llanish holatlarini o’zida aks ettiradi. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari prinsiplari 1997-yil 25-aprelda qabul qilinib, shu yilning 1-oktabridan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 6-moddasida berilgan. Unda aytilishicha: «Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari qonuniylik, adolat, Insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differensiatsiya va individuallashtirishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qo’llash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag’batlantirish prinsiplariga asoslanadi». Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining printsiplari Umumiy prinsiplar: Maxsus prinsiplar: Qonuniylik Adolat Insonparvarlik Demokratizm Jazoni ijro etishda differentsiatsiyaga rioya etish Individuallashtirishga rioya etish Mahkumlarning qonunga itoatkor xulq- atvorini rag’batlantirish Majburlov vositalarini oqilona qo’llash 33 Bu prinsiplar Jinoyat-ijroiya kodeksida berilgan bo’lishiga qaramay, xozirgacha batafsil yoritilmagan. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi prinsiplari quyidagi xususiyatlarini o’zida ifoda etadi: - huquqning bu sohasi o’z navbatida maqsadga muvofiq yo’nalishlarini belgilab beradi; - jazolarni ijro etishdan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish yo’nalishlarini belgilaydi; - jinoyat ijroiya qonunlarining xalqaro qonunlarga muvofiqligini ta’minlash imkonini beradi; - mahkumlarning jazolanish va ularning insoniylik munosabatlarini tartibga solish imkoniyatini yaratadi; Mazkur prinsiplarni o’rganishni osonlashtirish maqsadida ularni quyidagicha tasniflash mumkin: Umumiy prinsiplar: a) qonuniylik; b) adolat; s) Insonparvarlik; d) demokratizm. Maxsus prinsiplar: a) jazoni ijro etishda differensiatsiyaga rioya etish; b) jazoni ijro etishda individuallashtirishga rioya etish; s) mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag’batlantirish; d) majburlov vositalarini oqilona qo’llash [Abduxaliqov M.A., Payzullaev Q.P., Abduqodirov Sh. Y. “Jinoyat-ijroiya huquqi” (albom sxemalar) Toshkent 2005-yil]. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-ijroiya kodeksida O’zbekiston Respublikasi JIKdan farq qilgan holda qo’shimcha prinsiplar ham mavjud. Bular: mahkumlarning qonun oldida tengligi, barcha uchun teng bo’lgan ehtiyotkorlik chora-tadbirlarini ko’rish va mahkumlarga nisbatan jazoni amalga oshirish bilan bir qatorda tarbiyaviy ishlarni olib borish prinsiplari ko’rsatib o’tilgan. [Kollektiv avtorov, (pod. red. I.A.Zubkova) «Ugolovno- ispolnitelnoe pravo Rossii» Moskva, «Norma» 2006- god, 720 s.]. Jinoyat-ijroiya kodeksi prinsiplari haqida fikr bildirar ekanmiz, ularni birma-bir, alohida-alohida talqin etib chiqish lozim. Qonuniylik prinsipi - huquq sohalarining bevosita asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham xalqaro hujjatlarda va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham bu prinsip mustahkamlangan. Qonuniylik prinsipi jinoyat-ijroiya qonunida quyidagilarda ifodalanadi. Jumladan, jinoyat sodir etib sud hukmiga ko’ra aybli deb topilgan shaxsning 34 jazoni o’tashining barcha holatlari qonun bilan tartibga solinadi. Hattoki mahkumlarni jazodan ozod qilish va jazoni ijro etish muassasalaridan chiqarilish holatlari ham shu prinsip bilan tartibga solinadi. Bu esa mahkumlarni qonunlarni hurmat qilishga va ularga bo’ysunishga o’rgatadi. Qonuniylik prinsipining bajarilishi kodeks bo’yicha (16-17 moddalari) davlat hokimiyati hamda boshqaruv organlari va prokuror tomonidan nazorat qilinadi. Odillik prinsipi jinoyat-ijroiya qonunchiligida katta ahamiyat kasb etadi. Jumladan, har qanday mahkum garchand jinoyatchi bo’lishiga qaramay, odillik prinsipi asosida jazodan ozod kilinish imkoniyatiga ega bo’la oladi. Odillik prinsipining qonunga tadbiq etilish qoidalari davlatning jinoyat sodir etgan mahkumlarga nisbatan ijtimoiy munosabatini anglatadi. Jinoyat qonunchiligi normalarida jinoyat sodir etgan shaxslarni avf etish normalari saqlanishining o’zi odillik prinsipidan dalolat beradi. Shuningdek, Jinoyat-ijroiya kodeksi normalarida mahkumlarning axloqan tuzatish yo’liga o’tganligi, mehnatga halol munosabat bo’lganligini hamda jamiyat qonunlarini hurmat qilish va ularni bajarish ruhida bo’lganligini isbotlay olishi, ularning sharoitlarini yengillashishiga va hatto jazodan butunlay ozod bo’la olishlarining qonunda aks ettirilganligi odillik prinsipidan dalolat beradi. Insonparvarlik prinsipi xam Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining umumiy prinsiplaridan biri sifatida turli xil shakl va yo’nalishlarda namoyon bo’ladi. Jumladan, amaldagi Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida avvalgi qonunchilikdan farqli ravishda, mahkumlarning jazoni o’tash sharoitlariga nisbatan Insonparvarlik keng doirada qonuniylashtirilib, bu masalalar xalqaro hujjatlarda o’z aksini to’di. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga mahkum qilingan shaxslarga nisbatan qattiq choralar ko’rish olib tashlangan. Ularga Insonparvarlik prinsipi asosida juda ko’p imtiyozlar berilgan. Masalan, turli xildagi posilka va banderollar yuborish, yo’qlov va xat yozishmalari olib borish hamda qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlar belgilangan. Qonunlarni liberalashtirish va isloh qilish hamda halqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga beriladigan imtiyozlar yanada ko’paytirildi, uchrashuvlar soni va muddatlari uzaytirildi. Lekin, Insonparvarlik prinsipining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahkumlarga beriladigan imtiyozlardan foydalanish mahkumning o’ziga bog’liq. Agarda mahkum jamoat ishlarida faol qatnashib, o’zining xulq- atvori, bajaradigan ishi bilan atrofdagilarga o’rnak bo’lsa, qo’shimcha imtiyozlar beriladi. Shuningdek, mahkumlarning xohlagan vaqtda tibbiy va yuridik yordam olish huquqlarining qonunlashtirilganligi insonparvarlik prinsipi natijasidir. 35 Umumiy prinsiplardan so’nggisi bu - demokratizm prinsipidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq ravishda jinoyat-ijroiya tizimida davlat hokimiyati va fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtiroki demokratizm prinsipining namunasidir. Demokratizm prinsipi quyidagilarda namoyon bo’ladi: - mahkumlarning o’z fikr-mulohazalarini bildirishi, shikoyatlar orqali murojaat qilishi; - xat va yozishmalarni o’z milliy tilida bayon etishining erkinligi; - mahkumga qo’yilayotgan ayblov hujjatlari bilan tanishib chiqishi va hokazo. Bundan tashqari, Jinoyat-ijroiya kodeksining 99-moddasiga ko’ra jamoatchilik va fuqarolarning mahkumlarni tarbiyalashdagi ishtiroklariga qonuniy tus berilganligi, ayniqsa, turli xildagi ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlikda ish yuritilayotganligi aynan demokratizm prinsipini namoyon etadi. Yuqorida fikrimiz isboti sifatida, Jinoyat-ijroiya kodeksining 79-moddasida mahkumlarning prokuror nomiga taklif, ariza va shikoyatlari ko’zdan kechirilmaydi hamda bir sutka ichida tegishliligi bo’yicha jo’natiladi, deb belgilab qo’yilgan. Maxsus prinsiplardan dastlabkisi – jazoni ijro etishda differensiatsiyaga rioya etish - ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etishda juda ahamiyatli bo’lib hisoblanadi. Jumladan, mahkumlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy xavfliligi, ularning ilgari ham jinoyat sodir etib, jazoni o’tab chiqqanligi, retsidivligi hamda sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligi bu prinsip asosida tartibga solinadi. Jazoni ijro etishda differensiatsiyaga rioya etish - mahkumlarning ijtimoiy xavfligiga ko’ra bir-biridan ajratilgan holda saqlash va ularga o’zlarining ijtimoiy xavfligiga ko’ra majburlov choralarining ko’llanilishi. Jinoyat-ijroiya kodeksining 45-moddasida ham xuddi shu prinsipga asoslanilgan, ya’ni jazoni ijro etish muassalarining turlari yoritilgan, bu esa mahkumlarni ijtimoiy qilmishining xavflilik darajasiga ko’ra ularni ajratgan holda saqlashni ta’minlaydi. Shuningdek, Jinoyat-ijroiya kodeksining 97- moddasida «tarbiyaviy ish differensiatsiya asosida, muassasa turini jazo muddatini va saqlash sharoitini, shuningdek mahkum shaxsining xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi» deb yozib qo’yilgan. Mahkumlarni differensiatsiyalash quyidagilar inobatga olingan holda amalga oshiriladi: - mahkumning yoshi, tibbiy sog’ligi; - qarindoshlarining borligi; - jazo muddati va xulq-atvori; 36 - ma’lumoti va lavozimi; Jazoni ijro etishda individuallashtirishga rioya etish – mahkumni axloqan tuzatishga qaratilgan prinsip. Mahkumning ijtimoiy xavfliligi, sodir etgan jinoyatining xavflilik darajasiga qarab ajratish, uni alohida individual jazolash imkonini beradi. Jazoni ijro etishda individuallashtirishga rioya etish - brigada yoki otryadga taqsimlanganlarga nisbatan turli xildagi tarbiyaviy choralar ko’llash. Shu usuldagina har qanday mahkumni alohida alohida nazorat qilish va hisobga olib borish imkoni mavjud bo’lib hisoblanadi. Respublikamiz hududidigi manzil-koloniyalarda jazoni individuallashtirish orqali juda ko’plab samarali ishlar qilinmoqda. Masalan, jazoni o’tayotgan mahkumlar turli xil brigada yoki otryadlarga bo’lingan holda o’z qismida xo’jalik ishlarida katnashishi. Mahkularni qonunga itoatkor xulq-atvorini rag’batlantirish prinsipi – mahkumlarning namunali xulqi, mehnatga halol munosabatda bo’lishligi, ichki tartib- intizomga rioya qilish va uni hurmat kilishi qonun bilan rag’batlantirilishi. Masalan: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 44-moddasida mahkumlarga nisbatan qo’llaniladigan rag’batlantirish va intizomiy choralar ko’rsatib o’tilgan. Qonunga itoatkor xulq-atvorni rag’batlantirish mahkumlarni qayta tarbiyalashda domenantalik, boshqacha qilib aytganda, asosiy vazifani bajaradi. Majburlov vositalarini oqilona qo’llash prinsipi – mahkumlarni axloqan tuzatishga karatilgan prinsip. Axloqan tuzatishga qaratilgan chora- tadbirlar: mehnat, o’qitish, professional tayyorgarlik, har bir mahkumning o’z ishidan qoniqish hissi. Har bir mahkumga nisbatan majborlov choralari alohida qo’llaniladi. Undan asosiy maqsad esa har bir mahkumning kimligi, uning yoshi, jinsi, ijtimoiy dunyoqarashi, bilimi va ma’lumotidan qat’iy nazar kasbiy tayyorgarlik olishi. Jinoyat-ijroiya kodeksining 7-moddasida: «Mahkumni axloqan tuzatish – unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va an’analariga hurmat munosabatlarini shakllantirishdan iborat», deb yozib qo’yilgan. Mahkumlarni axloqan tuzatishda quyidagilar asosiy rol o’ynaydi: - jazoni o’tashdagi tartib-qoidalarning qattiqligi; - tarbiyaviy ishlar; - ijtimoiy foydali mehnat koeffitsenti; - umumiy ma’lumot olishi; - kasbiy tayyorgarligi. Nazorat uchun savollar: 37 1. Jinoyat-ijroiya huquqi fani Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari va qonun osti normativ hujjatlarini o’rganadi. Ushbu qonun hujjatlari va qonun osti normativ hujjatlar vazifalariga asoslangan holda taxlil qiling. 2. Mahkumni axloqan tuzatish umumiy va maxsus choralar asosida amalga oshiriladi. Tegishli normativ hujjatlarga asoslangan holda mahkumlarga qo’llaniladigan umumiy va maxsus choralarning ahamiyatini muhokama eting. 3. O’zbekiston Respublikasi jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasining butun xududida amal qiladi. Ushbu holatni o’rganing, vaqt va xudud bo’yicha amal qilishini taxlil qiling. 4. O’zbekiston Respublikasida j azoni ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya yoki avf akti asos bo’ladi. Ushbu holatni o’rganing va mazmunan tahlil eting. 38 yo MAHKUMLARNING HUQUQIY HOLATI Mahkumlarning huquqiy holati tushunchasi, ahamiyati va asoslari. Mahkumlarning huquq va majburiyatlari Mahkumlarning huquqiy holati tushunchasi, ahamiyati va asoslari Mahkumlarning huquqiy holati – bu jazoni ijro etishda vujudga keladigan jazoning turi, maqsadi va mahkumning xulqi bilan bog’liq bo’lgan, asosiy fuqarolik va maxsus huquq va majburiyatlar yig’indisidan iborat huquqiy asoslardir. Mahkumlar huquqiy holatining belgilanishida asosiy uchta qonun va xalqaro huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan inson va fuqarolarning huquq va manfaatlari nazarda tutilgan hujjatlar asosida belgilangan. Bular: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari; 2. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari boshqa normativ qonun- hujjatlarida belgilangan jinoiy jazolarni ijro etish bilan bog’liq bo’lgan huquqlar va huquqiy cheklovlar; 3. Xalqaro qonun-hujjatlarida mahhkumlar bilan muomila qilishning huquq va majburiyatlardan kelib chiqadigan qoidalari. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida mahkumlarning huquqiy holatlarini qonuniy belgilanishida yuqorida ta’kidlangan hujjatlarni inobatga olingan holdagina inson va fuqarolarning jazolarni ijro etilishida huquq va manfaatlarining buzilmasligining oldini olishga va xalqaro talablarni inobatga olishga erishiladi. Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari yaratishda inson va fuqarolarning huquq va manfaatlari belgilangan hujjatlarni inobatga olmay turib tuzib bo’lmaydi. Jinoyat-ijroiya qonun normalari shaxsning konstitutsiyaviy va xalqaro normalarda belgilangan huquq va majburiyatlariga ham mos bo’lishi lozim. 2-BOB 39 Mahkumlar huquqiy holatining belgilanishi siyosiy va axloqiy ahamiyatga egadir. Jumladan, siyosiy jihatdan jamiyat va davlatning mahkumga bo’lgan munosabatini anglatadi. Chunki mahkumning huquqiy holati jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga bog’liq jazoning maqsadi bilan belgilanadi. Erkin shaxslarga nisbatan mahkumlarga beriladigan huquq va imtiyozlar mutloq harakterga ega bo’lib, mahkumlar Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida belgilab berilgan huquqlar bilan ta’minlanishida istesnolar bo’lishi mumkin emas, ma’muriyat qonun normasi bilan belgilangan huquq va imtiyozlarni so’zsiz ta’minlash majburiyatiga ega. Masalan, har bir mahkum belgilangan normalarda turar joy bilan ta’minlanishi, kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlanishida cheklovlar bo’lishi mumkin emas. Mahkumlarga beriladigan huquqlarning aksariyati shunday qatiy xususiyat kasb etadi, biron bir cheklovlar yoki shartlar qo’yilishi mumkin emas. Mahkumlarga berilishi mumkin bo’lgan huquqlarida ayrim shartlar qo’yilishi mumkin bo’lgan turlari ham uchraydi. Masalan, Jinoyat-ijroiya kodeksining 44-moddasida mahkumning yaxshi xulq-atvorda bo’lishi uchun har kungi sayr vaqtini bir soatga ko’paytirish, 114- va 130-moddalarida uchrashuv mahkumning iltimosiga binoan manzil-koloniya hududidan tashqarida o’tkazilishi, mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan muddati besh sutkagacha bo’lgan, shu jumladan muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash imkoniyati bilan, uzoq muddatli uchrashuv berilishi mumkinligi belgilangan. Bu kabi huquqlarga erishish uchun mahkumning ijobiy xulq-atvorda bo’lish talab etiladi. Mahkumning subyektiv holatidan kelib chiqilgan holda berilishi mumkin bo’lgan huquqlar ham nazarda tutilgan. Jinoyat-ijroiya kodeksining 75-moddasi beshinchi qismida belgilangan miqdordan ortiqcha pulga mahkumlar tibbiy xulosa asosida qo’shimcha ravishda oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek kiyim va poyabzal sotib olish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Shuningdek, shu moddaning oltinchi qismida, muassasa boshlig’i yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik foizigacha, manzil-koloniyalarda esa - to’liq miqdorigacha bo’lgan summada avans berishga haqli ekanligi ayrim shartlar asosida kelib chiqadigan huquqlarni anglatadi. Mahkumlarni yengilroq sharoitlarga o’tkazishda, afv etishda, amnistiyani qo’llashda ma’lum shartlar mahkumlarga nisbatan qo’yiladi, bu shartlar bajarilmagan yoki buzilgan hollarda mahkumlar bunday huquqlardan maxrum bo’ladilar. Bunday oqibatlar ko’plab shikoyatlarga, noroziliklarga 40 olib kelishi uchraydi. Bunday huquqlarning muayyan shartlar bajarilishi evaziga berilishi har bir mahkumni tarbiyalanishiga, qonunga itoatkor bo’lishiga o’rgatadi. Mahkumlarning, ayrim hollarda xatto ularning yaqin qarindoshlarining ham huquqlarini amalga oshirilishi bajarilmay qolish hollari uchraydi. Masalan, mahkum Jinoya-ijroiya kodeksining 109-moddasi asosida intizomiy qismga kiritib qo’yilganida uchrashuv, telefon orqali so’zlashuv, oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish, posilka, yo’qlov va banderollar olish hamda jo’natish, xatlar va boshqa jo’natmalar yuborish taqiqlanishi bayon qilingan. Bunday holda nafaqat mahkum, balki uning yaqin qarindoshlari ham huquqlardan maxrum bo’ladi. Jazoni o’tayotgan mahkumlar ularning jazosi qanday bo’lmasin, o’z majburiyatlarini bajaradilar, qonunda belgilangan doirada sud hukmida belgilangan tartib bilan bog’liq huquqlardan foydalanishlari mumkin. Buning ma’nosi shuki, jazoni o’tayotgan har bir mahkum qanday jinoyat sodir etganligi va jazo turidan qat’iy nazar, u o’zining asosiy huquq va majburiyatlaridan va jamiyat a’zoligidan mahrum qilinmaydi. Faqatgina huquq layoqatida ba’zi bir cheklashlar bo’ladi, bu mahkumga jazo qo’llash, ruhiy va moddiy jafo keltirishda namoyon bo’ladi, mahkumning fuqarolarga nisbatan yomonroq sharoitda kun kechirishi – huquq layoqatining cheklanishi bilan ifodalanadi. Jinoyat-ijroiya kodeksining 8-moddasiga muvofiq, «Mahkumlar, ushbu Kodeks va boshqa belgilangan istisno hamda cheklashlar inobatga olingan holda, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo’ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, shuningdek O’zbekiston Res’blikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan huquq va erkinliklarga ega bo’lishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. Mahkum jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarni bajarishga majbur xisoblanadi, bu har qaysi jazoning turi va maqsadidan kelib chiqilgan holda belgilanadi. Mahkum majburiyatlari muayyan vazifalarni so’zsiz bajarishi yoki muayan harakatlarni bajarishdan so’zsiz saqlanishi bilan uning majburiyatlari belgilanishi mumkin. Majburiyatlarni bajarmaslik muayan huquqiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan, jinoyat-ijroiya qonuniga asosan jazolarni ijro etish koloniyalarida majburiyatlarni bajarmaslik yoki tartib qoidaga bo’ysinmaslik natijasida mahkumni og’irroq sharoitlarga o’tkazib qo’yish, intizomiy bo’linmalarga kiritib qo’yish, turma qamog’ida qattiq tartibli turiga o’tkazib qo’yish mumkinligi belgilangan. Qonunga binoan jazoni o’tashdan bosh tortish holatlarida sud jazoni og’irroq turi bilan almashtirishi mumkinligi 41 belgilangan. Bu jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarining bajarilishini ta’minlashning majburlash vositasidir. Xulosa qilib aytilganida jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari asosida mahkumlarning huquqiy holatlari ularga tayinlangan jazoning turi, uning subyektitv xususiyatlari va mahkumning xulq-atvoridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar majmuidir. Bunday huquq va majburiyatlarning umumiy yig’indisi asosida har qanday mahkumning individual huquqiy holatlari belgilanadi. Har bir mahkumning huquqiy holatlari ham umumiy ham individual holatlar yig’indisidan kelib chiqadi. Jazolarni ijro etishning umumiy hholatlari umumiy huquqiy holatni belgilab bersa, mahkumning subyektiv holatlaridan kelib chiqilgan holda individual huquq yoki cheklovlarning belgilanishi bilan har bir mahhkumning huquqiy hholatlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling