Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizada quyidagilar bo‘lishi kerak
sirtdan hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi ariza berayotgan tarafning nomi
sud majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra kelmaganlikdan dalolat beruvchi holatlar ro‘xati va ularni tasdiqlovchi dalillar, shuningdek, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillar ro‘yxati
ariza beruvchi tarafning iltimosi arizaga ilova qilingan materiallarning ro‘yxati.
SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 99
VI BОB
ko‘rsatilgan, ya’ni sud, birinchidan, tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini, ikkinchidan, taraf sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilayotganini aniqlasa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni mazmunan ko‘radi.
to‘g‘risidagi ajrim hamda uni protsessual rasmiylashtirish tartibi FPKning 229-moddasiga ko‘ra, javobgar hal qiluv qarorini sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin o‘n besh kun ichida uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqli. Sud arizani qabul qilgandan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga shu ariza va unga ilova qilingan materiallarning nusxalarini yuboradi. Sud sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani, ariza tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida, sud majlisida ko‘radi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmasligi arizani ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Sud arizani ko‘rganidan keyin ajrim chiqaradi. Sudning arizani qanoatlantirmaslik haqida chiqargan ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi mumkin.
Sud sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani ko‘rib, o‘zining ajrimi bilan
arizani qanoatlantirmay qoldirishga
sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish va avvalgi tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan ishni mazmunan ko‘rishni tiklashga haqli
(FPKning 233-moddasi)
SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 100
VI BОB
FPKning 234-moddasida sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqtida sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilayotganini aniqlasa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko‘rish tiklanishi lozim. Agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori shu qarorni chiqargan sud tomonidan bekor qilinsa, ishni mazmunan ko‘rish tiklanadi va FPKda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudi ajrimlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 25-maydagi 7-sonli qarorining 7-bandiga asosan, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi ajrim ustidan sudning hal qiluv qaroridan ajratilgan holda shikoyat va protest berilmaydi, shuningdek, 6-bandiga asosan sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan esa shikoyat yoki protest berilishi mumkinligi belgilangan.
SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 101
VI BОB
FPKning 217-moddasiga asosan, sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat berilmagan yoki protest keltirilmagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati berish va protest keltirish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan yoki apellyatsiya protesti keltirilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori instansiya sudi ko‘rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Umumiy qoidaga ko‘ra, FPKning 218-moddasiga asosan, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ham qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijro etiladi. FPKning 234-moddasida sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqtida sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilayotganini aniqlasa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko‘rish tiklanishi lozim. Agar sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish vaqtida javobgarning arizasida ko‘rsatilgan holatlar o‘z isbotini topmasa, javobgar ko‘rsatgan sabablar uzrli deb topilmasa, javobgar taqdim etgan dalillar ishning mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lmasa yoki javobgar keltirgan boshqa vajlar asossiz deb topilsa, sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza sudning ajrimiga binoan qanoatlantirmay qoldiriladi. Sirtdan hal qiluv qarori ustidan berilgan ariza, shikoyat hamda keltirilgan protestni ko‘rib chiqish vakolati quyidagilarga berilgan: 1) sirtdan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish va qonunda belgilangan harakatlarni amalga oshirish vakolati shu hal qiluv qarorini chiqargan sudning o‘ziga berilgan; 2) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan berilgan shikoyat va keltirilgan protestlarga asosan qayta ko‘rish vakolati yuqori bosqich sudlariga berilgan.
SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 102
VI BОB
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sirtdan ish yuritish institutining kiritilish zarurati va sabablarini tahlil eting. 2.
qanday muammolar kuzatilishi mumkin? 3.
Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining umumiy tartibda chiqarilgan hal qiluv qaroridan farqli va o‘xshash jihatlarini tahlil eting. 4.
ishning farqli va o‘xshash jihatlarini ko‘rsating. NAZORAT UCHUN KAZUSLAR 1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudi ko‘rilgan da’vogarlar S.Salimov, A.Salimovalarning javobgarlar N.Kobulov, R.Kobulova va A.Niyazmetovalarga nisbatan meros mulkiga egalik qilish, meros mulkini bo‘lish, vasiyatnomani haqiqiy emas deb topish, uydan chiqarish va uyga kiritish haqidagi da’vo talablari yuzasidan fuqarolik ishini ko‘rib chiqdi. Keyinchalik, ish bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qaroriga nisbatan uchinchi shaxs sifatida fuqaro B.Niyozmetov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudiga kassatsiya shikoyati beradi. U o‘z shikoyatida birinchi instansiya sudida uchinchi shaxs sifatida ishdan manfaatdor ekanligini, ammo protsessga chaqirtirilmaganligini, bunday turkumdagi ishlarni sirtdan ko‘rish mumkin emasligini, javobgarlardan faqat bittasigina sud protsessiga kela olmaganligini dalil sifatida keltirib o‘tgan va sud qarorini bekor qilinishini so‘ragan.
2. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida ko‘rilgan da’vogar S.Eshmatovning javobgarlar B.Karimov va R.Karimovlarga nisbatan uyga kiritish va foydalanish huquqini belgilash
SIRTDAN ISH KO‘RISHDA YURITILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 103
VI BОB
haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha sirtdan hal qiluv qarori bekor qilingan. Aniqlanishicha, javobgar B.Karimov kassatsiya shikoyatida ish sirtdan ish yuritish tartibida ko‘rilganida da’voning asosi yoki predmeti o‘zgartirilishi yoki da’vo talablarining miqdori ko‘paytirilishi mumkin emasligini ko‘rsatgan. Ammo ishni
ko‘rish jarayonida da’voning asosi o‘zgartirilganligi aniqlangan. Ishni kassatsiya bosqichida ko‘rish jarayonida da’vogar da’vodan voz kechishi mumkinligini bildirgan.
Javobgar B.Karimovning kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlari to‘g‘rimi?
Ushbu vaziyatda da’vogar da’vodan voz kechishi mumkinmi?
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 104
VII BОB
RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 1-§. Sud buyrug‘ini chiqarish bo‘yicha talablar Fuqarolarning sud orqali himoyalanishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, da’vo arizalari va shikoyatlarini qabul qilish hamda ularni ko‘rib chiqish borasidagi dastlabki jarayonlarni yanada soddalashtirish maqsadida, fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish va hal qilishning bir muncha soddalashtirilgan tartibi – “Buyruq tartibida ish yuritish” (FPKning 20 1 -bobi) joriy etildi. Mazkur institut mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligiga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi Qonuni bilan kiritildi va hozirda sud amaliyotida samarali tarzda qo‘llanib kelinmoqda. Endilikda fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari da’vo tartibidagi ishlar, organlar va mansabdor shaxslarning xatti- harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlar bo‘yicha ishlar hamda alohida tartibda yuritiladigan ishlar bilan bir vaqtda buyruq tartibidagi ishlarni ham ko‘rib chiqish va hal etish tartibini belgilaydi (FPKning 2- moddasi).
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud buyruqlari qonunchilikda belgilangan qat’iy qoidalar asosida, faqat mulkiy tusdagi talablar yuzasidangina chiqariladi. Qonun mulkiy tusda bo‘lmagan yoki ko‘chmas mol-mulklarni undirishga qaratilgan talablar yuzasidan sud buyruqlari chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 105
VII BОB
Fuqarolik protsessual qonunchiligida sud buyruqlarini chiqarishning quyidagi talablari o‘z ifodasini topgan: 1) agar talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan bo‘lsa; 2) agar talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan bo‘lsa, shu jumladan, agar kommunal xizmatlar to‘lovi bo‘yicha qarzni undirish haqidagi talab arz qilingan bo‘lsa; 3) agar voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa; 4) agar hisoblangan, lekin xodimga to‘lanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish haqidagi talab arz qilingan bo‘lsa; 5) agar fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish haqidagi talab arz qilingan bo‘lsa (FPKning 238 2 -moddasi).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli qarorida tushuntirish berilishicha, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab FPKning 145-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda, voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin. Sud buyrug‘i qonunda belgilangan tartibda, shuningdek, aniq ro‘yxatda ko‘rsatilgan talablar asosida amalga oshiriladi. Bitimlarning yozma, notarial tartibda tasdiqlangan bitimlarga asoslanganligining ahamiyati shundan iboratki, bitimning bunday shakllari undiruvchi va qarzdor o‘rtasida mavjud bo‘lgan moddiy huquqiy munosabatlarni to‘liq namoyon qilib, ularni ro‘yobga chiqarishga imkon beradi.
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 106
VII BОB
mazmuni va uni rasmiylashtirish tartibi Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron shaklda beriladi. Ariza shakli, mazmuni va matniga qo‘yilgan talablar da’vo arizasiga qo‘yilgan talablarga o‘xshash bo‘ladi. Shu bilan birga, buyruq chiqarish jarayonining o‘ziga xosligini hisobga olib, uning shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilinishini ko‘zda tutadi. Lekin buyruq tartibida ish yuritishda, da’vo arizasi bilan murojaat qilishdagi jarayondan farqli ravishda, nizosiz va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan talablar ko‘rib chiqiladi. Demak, sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizada talablar bayon qilinib, uni asoslovchi holatlar va tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilish bilan kifoyalaniladi.
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi lozim. Buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno.
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 107
VII BОB
ariza bilan prokuror ham sudga murojaat qilishi mumkin. Lekin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 4-sonli qarorida tushuntirish berilishicha, prokuror fuqaro sog‘ligi, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasagina, fuqaro manfaati yuzasidan sud buyrug‘ini chiqarish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Bunday holda, sud buyrug‘i chiqarish haqidagi prokurorning arizasiga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlardan tashqari, fuqaroning sudga murojaat qila olmasligini tasdiqlovchi hujjatlar ham ilova qilinishi lozim. Oila qonunchiligi talabiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab ota-onalarning biri yoki har ikkalasidan, boshqa ota-onalar, farzandlikka oluvchi, bolaning vasiy yoki homiyi yoxud bolalarni tarbiyalash muassasasi mamuriyati tomonidan ham berilishi mumkinligi sababli, ular ham sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladilar. Sudya FPKning 238 2 -moddasida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha faqatgina ushbu talab hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan e’tiroz bildirilmagan taqdirda, sud buyrug‘ini chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, undiruvchi taraflar o‘rtasida da’vo tartibida hal qilinishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida nizo mavjud emasligi haqidagi o‘z talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart. Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida ariza berilganida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari haqida”gi qarori asosida tasdiqlangan ilovaga ko‘ra, da’vo ishlarini yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHDA RASMIYLASHTIRILADIGAN PROTSESSUAL HUJJATLAR 108
VII BОB
Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling