Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
18
I BОB
151-moddasiga ko‘ra, farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda, sud tomonidan amalga oshiriladi.
kodeksida yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan sudlovga tegishlilikka muvofiq xo‘jalik sudi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sud. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalari – doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining nizomi va reglamenti. Hakamlik bitimi – taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi kelishuvi. Hakamlik bitimi taraflari – hakamlik bitimi tuzgan yuridik va jismoniy shaxslar. Hakamlik muhokamasi – nizoni hakamlik sudida hal etish jarayoni. Hakamlik muhokamasi taraflari – o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlik sudiga da’vo taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar (da’vogarlar), shuningdek, o‘ziga nisbatan da’vo taqdim etilgan shaxslar (javobgarlar). Hakamlik muhokamasi qoidalari – hakamlik sudida nizoni hal etishni tartibga soluvchi, hakamlik sudiga murojaat qilish, hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) qoidalarini va hakamlik muhokamasi tartib- taomilini o‘z ichiga oluvchi normalar. Hakamlik sudi (doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) – fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi xo‘jalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organ. Hakamlik sudyasi – hakamlik sudida nizoni hal etish uchun hakamlik bitimi taraflari tomonidan saylangan yoki belgilangan tartibda tayinlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 19
I BОB
boshqa shaxslar yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar tomonidan sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqidagi shikoyat bilan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran yigirma kun ichida, qonunda belgilangan tartibda, murojaat qilish shakli. Apellyatsiya protesti – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran yigirma kun ichida prokuror tomonidan keltiriladigan protest.
tizimi bo‘lib, ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari; O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy hay’ati kiradi. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi – ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri tinglab bo‘linganidan keyin, apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun maslahatxonaga chiqadi. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish ko‘rilganidan keyin darhol chiqariladi.
shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sudning qarori qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqidagi shikoyat (ariza) bilan qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishi.
sud tatbiq qilinishi lozim bo‘lgan qonunni qo‘llamaganligi, sud tatbiq qilinmasligi lozim bo‘lgan qonunni qo‘llaganligi, qonun noto‘g‘ri talqin qilinganligi. Apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimining kuchga kirishi – apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish ko‘rilganidan keyin darhol chiqariladi va ajrim chiqarilishi bilanoq qonuniy kuchga kiradi.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 20
I BОB
(e’tiroz bildirish) – ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat yoki protest yuzasidan sudga tushuntirish berishga (e’tiroz bildirishga) haqlidirlar. Bu tushuntirish (e’tiroz)ni tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilib topshiriladi. Tushuntirish (e’tiroz) nusxalari bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdorda sudga taqdim etiladi. Sud bu nusxalarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi). Xususiy shikoyat (protest) – birinchi instansiya sudi ajrimlariga nisbatan berilgan shikoyatlar va protestlar. Kassatsiya shikoyati – taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar tomonidan qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan sudning hal qiluv qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida, qonunda belgilangan tartibda, murojaat qilish shakli.
apellyatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarorlari ustidan sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida prokuror tomonidan protest keltirilishi. Kassatsiya instansiyasi – fuqarolik ishlarini qayta ko‘rish institutlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy Sudida, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqiladi.
tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi tegishli yuqori sudning raisiga yoki protest keltirish huquqiga ega bo‘lgan prokurorga beriladigan ariza.
uchun asos mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 349-moddasida sanab o‘tilgan mansabdor shaxslar protest yozib, uni ish bilan birga tegishli sudga yuborishi. Nazorat instansiyasi – fuqarolik ishlarini qayta ko‘rish institutlaridan biri. Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Oliy sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 21
I BОB
sudlarining rayosatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Plenumi nazorat tartibida keltirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi.
prokuror tomonidan hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni chiqargan sudga beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran uch oy muddat ichida berishlari mumkin.
qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo‘yicha shu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan qayta ko‘riladi. Birinchi instansiya sudi chiqargan hal qiluv qarorini o‘zgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudlarining ajrim va qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish hal qiluv qarorini o‘zgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori chiqargan sud tomonidan amalga oshiriladi. Sudning ishni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimi – sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib, uni qanoatlantirish va hal qiluv qarori, ajrim yoki qarorni bekor qilish yoxud ishni qayta ko‘rishni rad qilish to‘g‘risida chiqargan hujjati.
beradigan ijro varaqalari; hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari; chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari; sud buyruqlari; alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar; notariuslarning ijro xatlari; mehnat nizolari komissiyalari o‘z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar; ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar; o‘zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 22
I BОB
ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari; sud ijrochilarining qarorlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari. Ijro hujjatining asl nusxasi yo‘qolgan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos bo‘ladi. Ijro ishi yuritishdagi taraflar – ijro ishi yuritishdagi undiruvchi va qarzdor taraflar. Undiruvchi – ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs undiruvchi hisoblanadi. Qarzdor – ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs. Ijro ishini yuritishda sherik ishtirokchilik – ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish – sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va qonunda belgilangan boshqa talablarga rioya qilingan bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarishi. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari – ijro ishini qo‘zg‘atish uchun asosiy talablardan biri bo‘lib, unga ko‘ra: umumiy yurisdiksiya sudlarining sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari – uch yil mobaynida, xo‘jalik sudlarining sud hujjatlari esa – olti oy mobaynida; hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish to‘g‘risidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari – olti oy mobaynida; notariuslarning ijro xatlari – uch yil mobaynida; mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari – uch oy mobaynida; ishlarni ma’muriy tartibda ko‘rish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaxslarning) qarorlari – uch oy mobaynida, shuningdek, qonunda ayrim hujjatlarga nisbatan, ijro shakli va xususiyatiga qarab, qonunda belgilangan, maxsus qisqartirilgan, muddatlar belgilangan. FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 23
I BОB
HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 1-§. Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar tushunchasi va ularning ahamiyati Fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda sud bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamda protsessual tizimga asoslangan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday protsessual harakatlar tartibi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi), belgilangan asosda, ya’ni ariza, da’vo arizasi, shikoyat, e’tiroz, protest, sudning hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlari shaklida o‘z ifodasini topadi. Fuqarolik ishlarini sudda qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib, qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarori chiqarilishi, aynan, protsessual hujjatlarni ixcham va belgilangan talablarga muvofiq tuzishni talab etadi, kelgusida ishni to‘g‘ri hal etishga yordamlashadi. Aksincha, protsessual qonun talablariga rioya qilinmasdan tuzilgan hujjatlar ish ko‘rishni qiyinlashtiradi, qonunda ko‘zda tutilgan ba’zi hollarda esa yuqori sudlar tomonidan sud qarorlarining o‘zgartirilishiga yoki bekor qilinishiga olib keladi. Biroq, fuqarolik protsessual qonunchiligi sud ishlarini yuritish jarayonida barcha protsessual hujjatlar uchun qat’iy belgilangan shaklni nazarda tutmaydi. “Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar” moduli fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish borasida vujudga keladigan fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar doirasida protsessual hujjatlarning turlari, mazmuni va shakliga qo‘yilgan talablarni, ularning tuzilishi, qabul qilinishi hamda taqdim etilishini, shuningdek, ushbu hujjatlarda amaldagi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari to‘g‘ri tatbiq etilishi va boshqa protsessual xususiyatlarining nazariy va amaliy masalalarini o‘rganadi, tekshiradi va umumiy xulosa chiqaradi, protsessual hujjatlarga ilmiy sharh beradi. 2-§. Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlarning turlari Jamiyat hayotining taraqqiyoti va kishilik jamiyatidagi ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi hamda mulkchilik shakllarining o‘zgarishi natijasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti qator sud FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 24
I BОB
hujjatlari namunalarini vujudga keltirdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha protsessual hujjatlar fuqarolik sud ishlarini yuritish turlari, fuqarolik protsessi bosqichlari, protsessual hujjatlarning tuzilishi, mazmuni, ushbu hujjatlarni tuzish yoki qabul qilish vakolatiga ega subyektlar doirasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Masalan, fuqarolik sud ishlarini yuritish turlariga qarab, da’vo tartibida ko‘riladigan ishlar (oila, uy-joy, mehnat munosabatlari, yetkazilgan zararni undirish, merosga oid ishlar va b.); organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari)ga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar, buyruq tartibida ish yuritish, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlarni misol sifatida keltirish mumkin. Protsessual hujjatlarni tuzish yoki qabul qilish vakolatiga ega subyektlar doirasiga ko‘ra, ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tomonidan tuziladigan va taqdim etiladigan hujjatlar. Ishda ishtirok etuvchilar (FPKning 33-moddasiga asosan, taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, protsessda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar) va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar (FPKning 35-moddasiga asosan, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, xolislar va ijro ishlarini yuritishda mol-mulkni saqlovchilar) tomonidan rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlarga FPKning quyidagi moddalarini misol tariqasida keltirish mumkin: ariza, da’vo arizasi (FPKning 149-moddasi), qarshi da’vo arizasi (FPKning 246-moddasi), prokuror arizasi (FPKning 5, 46-moddasi), prokuror fikri (FPKning 199-moddasi), davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolarning arizasi (FPKning 48-moddasi), birinchi instansiya sudiga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza (FPK 238 3 -moddasi), sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va (yoki) tarjimonni rad qilish haqidagi ariza (FPKning 28-moddasi), da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish to‘g‘risidagi ariza (FPKning 40-moddasi), dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi ariza (FPKning 62-moddasi), ekspert xulosasi (FPKning
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI 25
I BОB
88-moddasi), hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza (FPKning 309 5 -moddasining birinchi qismi), hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza (FPKning 309 10 -moddasi), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza (FPKning 364-moddasi), apellyatsiya shikoyati(protesti) (FPKning 320-moddasi), kassatsiya shikoyati (protesti) (FPKning 348 1 -moddasi), yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan
faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi arizalar (FPKning 284-moddasi), nazorat tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi ariza (FPKning 350-moddasi) va boshqa hujjatlar. 2. Sud (sudya) tomonidan qabul qilinadigan protsessual hujjatlar. Masalan, sud buyrug‘i, sud majlisi bayonnomasi, qarorlar, sud ajrimlari, hal qiluv qarorlari, qo‘shimcha hal qiluv qarori hamda FPK va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan protsessual hujjatlar, ish hujjatlari.
chaqiruv qog‘ozini yozish va yuborish, fuqarolik ishidagi varaqlarga raqam qo‘yib chiqish va ishdagi barcha hujjatlarning necha varaqdan iboratligi haqida ro‘yxat tuzish va boshqa harakatlar. 4. Sud ijrochilari tomonidan chiqariladigan protsessual hujjatlar. Masalan, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish, ijro ishini to‘xtatish, tamomlash, tugatish haqidagi qarorlari, dalolatnoma va boshq.
Fuqarolik protsessi bosqichiga ko‘ra protsessual hujjatlar turlari
hujjatlar (ariza, da’vo ariza, shikoyat, arizani qabul qilish, arizani harakatsiz qoldirish, аrizani qaytarish, аrizani qabul qilishni rad qilish, fuqarolik ishini qo‘zg‘atish haqidagi ajrimlar va boshq.)
hujjatlar (ishni sudda ko‘rishga tayyorlash, kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimlar va boshq.)
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARNING UMUMIY QOIDALARI Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling