Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Yuqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63

Yuqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi 

Plenumining  “Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  belgilash 

haqidagi  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarorida  ham 

quyidagi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar ham sud tartibida 

belgilanadi:  



  otalik  faktlarini,  otalikni  qayd  qilish  faktlarini,  1968-yil  1-



oktabrgacha  tug‘ilgan  bolalarga  nisbatan  otalikni  tan  olganlik 

(belgilaganlik) faktlarini;  



 ixtironi joriy etish faktlarini, taklifni ratsionalizatorlik sifatida 



tavsiflanganlik faktlarini; 



  binoga,  payga,  avtomobilga  va  boshqa  maxsus  ro‘yxatdan 



o‘tkaziladigan mulkka egalik qilish faktlarini; 



  nikohdan  ajralishmasdan,  lekin  oilaviy  munosabatlar 



tugatilganidan  so‘ng,  imoratni  er-xotindan  birining  mablag‘lariga 

qurilganlik  faktlarini,  sug‘urta  guvohnomasining  qarashliligi 

faktlarini; 

 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

151 


 

X BОB

 



  fuqaroni  yoki  uning  ota-onasini  Ikkinchi  jahon  urushi 

davrida evakuatsiya qilinganlik faktlarini;  



  ish  staji  to‘g‘risidagi  hujjatlar  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda, 



mehnat faoliyati davrlarini ham belgilashga haqlidirlar.

 

Shu  o‘rinda  aytish  joizki,  amaldagi  qonunlarda  belgilashning 

boshqacha  (sudsiz)  tartibi  nazarda  tutilgan  faktlarni  belgilash  to‘g‘risidagi 

arizalar  sud  tartibida  ko‘rilishi  mumkin  emas.  Jumladan,  mehnat  stajini 

(pensiya  tayinlash  uchun,  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik,  homiladorlik 

va bola tug‘ilishi munosabati bilan nafaqa tayinlash uchun, ish haqiga foiz 

qo‘shimchalarni qo‘shib hisoblash uchun, uzoq yillar qilgan xizmati uchun 

bir  yo‘la  mukofot  puli  to‘lash  uchun  va  h.),  haqiqiy  harbiy  xizmatni 

o‘taganlik,  partizan  otryadida  bo‘lganlik,  janglarda  yaralanganlik,  oliy 

o‘quv  yurtini,  texnikumni,  o‘rta  maktabni  va  boshqa  o‘quv  yurtlarini 

bitirganlik  faktlarini  belgilash  to‘g‘risidagi,  partiya,  kasaba  uyushmalari 

hujjatlarini,  pasport  va  fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  yozish  organlari 

tomonidan  beriladigan  guvohnomalarning  tegishliligi  faktlarini  belgilash 

to‘g‘risidagi arizalar sudda ko‘rilmaydi. 

Darhaqiqat, mazkur turkumdagi ishlar bo‘yicha arizalar arizachi yashab 

turgan  joydagi  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudga  beriladi.  Arizaning 

mazmuni va protsessual rasmiylashtirilish tartibi  FPKning 149-moddasida 

belgilangan umumiy talablardan tashqari, arizada muayyan faktni aniqlash 

arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi ko‘rsatilishi, shuningdek, 

arizachining  tegishli  hujjatlarini  olish  imkoniyatiga  ega  emasligini  yoxud 

yo‘qolgan  hujjatlarni  tiklab  bo‘lmasligini  tasdiqlovchi  dalillar  keltirilishi 

kerak (FPKning 284-moddasi).  

Ushbu  turkumdagi  arizalar  uchun  eng  kam  ish  haqining  10  foizi 

miqdorida davlat boji to‘lanadi.  



E’tibor bering! Faktni belgilash to‘g‘risidagi arizalar FPKning 

280-,  283-moddalariga  binoan  alohida  ish  yuritish  tartibida 

ko‘rishda  quyidagi  shartlarga  rioya  qilingan  taqdirdagina  sud 

tomonidan qabul qilinishi mumkin: 

a)  agar  manfaatdor  shaxslar  o‘rtasida  huquq  haqida  sudga 

taalluqli nizo bo‘lmasa, faktni belgilash shu faktdan kelib chiqadigan 

 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

152 


 

X BОB

 

(fuqaroning nasabini, kelib chiqishi, merosni qabul qilish muddatini 



uzaytirish,  meros  haqidagi  guvohnoma  berilishining  asosliligi, 

shartnomani  haqiqiy  emas  deb  topish  haqida)  huquq  haqidagi 

nizoni  kelgusida  hal  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lmasa,  qachonki, 

manfaatdor  shaxslarda  tegishli  da’vo  bilan  sudga  murojaat  qilish 

imkoniyati bo‘lsa; 

b)  agar  ariza  beruvchi  shu  faktni  tasdiqlaydigan  tegishli 

hujjatlarni boshqacha yo‘l bilan olish yoki tiklash imkoniyatiga ega 

bo‘lmasa.

 

O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligi  bo‘yicha  yuridik  ahamiyatga 

ega  bo‘lmagan  fakt  boshqa  mamlakatning  (respublikaning)  qonunchiligi 

bo‘yicha  huquqiy  oqibatlarga  olib  kelsa  va  sudning  hal  qiluv  qarori  shu 

mamlakatda (respublikada) qo‘llash uchun zarur bo‘lsa, sud bunday faktni 

belgilashga haqlidir. 

Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlardan  biri  shaxslarning 

qarindoshlik  aloqalarini  belgilashdir.   O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Sudi  Plenumining  1991-yil  20-dekabrdagi  “Yuridik  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan  faktlarni  belgilash  haqidagi  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi  qarorida  ko‘rsatilishicha,  qarindoshlik  munosabatlari 

deganda, to‘g‘ri qarindoshlik, biri ikkinchisidan yoki bir umumiy urug‘dan 

kelib chiqqan shaxslarning qon-qarindoshligi nazarda tutiladi. Demak, sud 

ushbu munosabatlarni belgilashda, albatta, bunga e’tibor berishi lozim. Sud 

ushbu  qarindoshlik  munosabatlarini,  bu  munosabatlar  bevosita  yuridik 

oqibatlarni  keltirib  chiqargandagina,  ya’ni  ularni  tasdiqlash  arizachiga 

merosga  bo‘lgan  huquq  to‘g‘risida  guvohnoma  olish  uchun,  boquvchisini 

yo‘qotish  munosabati  bilan  nafaqa  rasmiylashtirish  uchun,  ko‘p  bolalik 

bo‘yicha davlat yordam puli olishga haqli bo‘lish va hokazolar uchun zarur 

bo‘lsa, belgilaydi. 

Shaxs  birovning  qaramog‘ida  ekanligi  fakti.  Shaxsni  birovning 

qaramog‘ida  bo‘lganlik  faktini  belgilash,  agarda  berib  kelingan  yordam 

arizachining hayot kechirishi uchun doimiy va asosiy manba bo‘lgan bo‘lsa, 

meros  olish,  nafaqa  tayinlash  yoki  zararni  to‘latish  uchun  ahamiyatga 

egadir.  


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

153 


 

X BОB

 

Masalan,  Fuqarolik  kodeksining  1141-moddasiga  ko‘ra,  meros 



qoldiruvchining  vafotiga  qadar  kamida  bir  yil  uning  qaramog‘ida 

bo‘lgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar 

qonun bo‘yicha merosxo‘rlar jumlasiga kiradi. Demak, bir yildan kam 

muddatda meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan bo‘lsa, sud bu 

faktni  belgilash  to‘g‘risidagi  arizani  qabul  qilishni  rad  etadi.  Sudlar 

meros  qoldiruvchining  qaramog‘ida  bo‘lganlik  faktini  belgilashda 

Fuqarolik  kodeksining  1139-,  1141-moddalari  va  Oliy  Sud 

Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan meros huquqiga 

oid  qonunchilikning  qo‘llanilishi  to‘g‘risida”gi  qarorining  16-17-

bandlarida  bayon  qilingan  mehnatga  qobiliyatsiz  boqimandalarining 

uch toifasi yuzasidan berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim. 

Oliy Sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan meros 

huquqiga  oid  qonunchilikning  qo‘llanilishi  to‘g‘risida”gi  qarorining 

16-bandida  tushuntirilishicha,  Fuqarolik  kodeksi  1141-moddasining 

birinchi qismida ko‘rsatilgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarni qonun 

bo‘yicha  merosxo‘r  deb  topish  uchun  bir  vaqtning  o‘zida  ikki 

holatning mavjud bo‘lishi, ya’ni bunday shaxslarning bir yildan kam 

bo‘lmagan muddat ichida meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lishi 

va  meros  qoldiruvchi  bilan  uning  vafotiga  qadar  bir  yildan  kam 

bo‘lmagan muddat ichida birga yashagan bo‘lishi talab etiladi. 

Ikkinchi,  uchinchi  va  to‘rtinchi  navbatdagi  qonun  bo‘yicha 

merosxo‘rlar  doirasiga  kiruvchi  mehnatga  qobiliyatsiz  shaxslarga 

kelganda esa, ular vorislikka chaqirilishi uchun faqat ularning meros 

qoldiruvchi  vafotiga  qadar  uning  qaramog‘ida  bir  yildan  kam 

bo‘lmagan muddat ichida bo‘lganligini aniqlashning o‘zi kifoya. 

Meros  qoldiruvchining  qaramog‘ida  bir  yildan  kam  muddat 

ichida bo‘lgan va u bilan bir yildan kam muddat ichida birga yashagan 

yoki  u  bilan  birga  yashamagan  mehnatga  qobiliyatsiz  shaxslar 

Fuqarolik  kodeksining  1139-moddasiga  muvofiq  beshinchi  navbatda 

vorislikka chaqiriladilar. 

Mazkur  Oliy  Sud  Plenumi  qarorining  17-bandida  ko‘rsatilishicha, 

Fuqarolik  kodeksining  1141-moddasi  qoidalariga  ko‘ra,  vorislik  amalga 

oshirilganda, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi: 



 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

154 


 

X BОB

 

meros  ochilgan  kunga  kelib  55  yoshga  kirgan  ayollar,  60  yoshga 



kirgan erkaklar; 

meros  ochilgan  kunga  kelib  belgilangan  tartibda  birinchi  yoki 

ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar; 

meros  ochilgan  kunga  kelib  16  yoshga  to‘lmagan  o‘smirlar,  18 

yoshga to‘lmagan o‘quvchilar. 

Mehnatga  qobiliyatsiz  shaxsni  meros  qoldiruvchining  qaramog‘ida 

bo‘lgan  deb  topish  uchun  bunday  shaxs  meros  qoldiruvchining  to‘liq 

ta’minotida  bo‘lganligi  yoki  undan  olib  turilgan  moddiy  yordam  uning 

hayot kechirishi uchun asosiy va doimiy manba bo‘lganligi fakti aniqlanishi 

lozim.  Meros  qoldiruvchining  qaramog‘ida  bo‘lganlik  fakti  fuqarolarning 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi,  ish  (xizmat)  joyi  ma’muriyati,  ijtimoiy 

ta’minot  bo‘limi  tomonidan  berilgan  hujjatlar,  shuningdek,  guvohlarning 

ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlanishi mumkin. 

Shuningdek,  mazkur  masala  yuzasidan  Oliy  Sudi  Plenumining  1991-

yil  20-  dekabrdagi  “Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  belgilash 

haqidagi  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarorida  tushuntirish 

berilishicha,  meros  qoldiruvchi  bilan  qaramog‘ida  bo‘lgan  shaxs  o‘rtasida 

qarindoshlik munosabatlarining bor-yo‘qligi ahamiyatga ega emas. 

Nafaqa  tayinlash  uchun  birovning  qaramog‘ida  bo‘lganlik  faktini 

belgilashda,  o‘lganning  qaramog‘ida  bo‘lgan  oila  a’zolari  boquvchisining 

o‘limi  munosabati  bilan  nafaqa  olish  huquqiga  ega  ekanliklarini  nazarda 

tutish  kerak  (halok  bo‘lganning  qaramog‘ida  bo‘lgan-bo‘lmaganligidan 

qat’iy  nazar  nafaqa  tayinlanadigan,  frontda  halok  bo‘lgan  harbiy 

xizmatchilarning ota-onalari, er-xotinlari va bolalari bundan mustasno). 

Nafaqa  qonunchiligi  bilan  o‘rnatilgan,  boquvchisining  o‘limi 

munosabati  bilan nafaqa  olishga  huquqi  bo‘lgan  mehnatga  layoqatsiz oila 

a’zolarining doirasi qat’iy va kengaytirilgan talqinga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu 

sababli,  sudlar  bu  ro‘yxatda  ko‘rsatilmagan  shaxslardan  birovning 

qaramog‘ida bo‘lganlik faktini belgilash haqidagi arizalarni qabul qilishga 

haqli emaslar. Qaramog‘ida bo‘lish muddati bu holatda ahamiyatsizdir. Oila 

a’zolarining boshqa-boshqa yashashligi, arizachini boqishga majbur bo‘lgan 

boshqa  qarindoshlarining  borligi,  qaramog‘ida  bo‘lganlik  faktini  istisno 

etmaydi. 


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

155 


 

X BОB

 

Boquvchisini  yo‘qotish  munosabati  bilan  zararni  undirtirish  uchun 



birovning  qaramog‘ida  bo‘lganlik  faktini  belgilashda  sudlar  Fuqarolik 

kodeksining  1009-moddasiga  muvofiq  zararni  undirtirib  olishga  bo‘lgan 

huquq boquvchining qaramog‘ida bo‘lganlik muddatiga bog‘liqligini, lekin 

bunda  ularning qarindoshligi  ahamiyatga  ega  emasligini  nazarda  tutishlari 

kerak. 

Otalikni  tan  olish  (belgilash)  faktini,  bolaning  u  yoki  bu  onadan 

tug‘ilganligi  faktini,  shuningdek,  tug‘ilgan  vaqtini  belgilash  yuridik 

ahamiyatga ega bo‘lgan faktlardan biridir.  

 

Bu  to‘g‘risida,  2011-yil  25-noyabrdagi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Sudi  Plenumining  “Sudlar  tomonidan  otalikni  belgilashga  oid 

ishlarni ko‘rishda qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorida 

tushuntirish  berib  o‘tilgan.  Unga  ko‘ra,  o‘zini  bolaning  otasi  deb  tan 

olgan, biroq bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxs vafot etgan 

taqdirda,  sud  uning  otalikni  tan  olganligi  faktini  belgilashga  haqli 

(1968-yil  1-oktabrga  qadar  tug‘ilgan  bolalarga  nisbatan  bunday  fakt 

faqat  bola  marhum  vafot  etgan  paytda  yoki  oldinroq  uning 

qaramog‘ida bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi). Otalikni tan olish fakti 

sud tomonidan vafot etgan shaxs bolaga nisbatan o‘zining otaligini tan 

olganligini  ishonchli  tasdiqlovchi  har  tomonlama  tekshirilgan 

ma’lumotlarga  asosan  belgilanishi  mumkin.  Bunday  fakt  ishning 

muayyan holatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, o‘zini bo‘lajak 

bolaning  otasi  deb  onaning  homiladorligi  davrida  tan  olgan  shaxs 

vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga nisbatan ham belgilanishi mumkin.   

Bolaning onasi bilan nikohda bo‘lmagan shaxs vafot etgan holda, 

sud  otalik  faktini,  ya’ni  bolaning  o‘sha  shaxsdan  kelib  chiqqanligi 

faktini  belgilashga  haqli.  1968-yil  1-oktabridan  keyin  tug‘ilgan 

bolalarga  nisbatan  otalik  fakti  Oila  kodeksining  62-moddasining 

uchinchi qismida ko‘rsatilgan shartlardan, hech bo‘lmaganda, bittasini 

ishonchli  tasdiqlovchi  dalillar  mavjud  bo‘lgandagina  belgilanishi 

mumkin. 

 


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

156 


 

X BОB

 

Bolalikka olish, nikoh, ajralish va o‘limning qayd etilganlik fakti. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1991-yil  20-dekabrdagi 

“Yuridik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  faktlarni  belgilash  haqidagi  ishlar 

bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida tushuntirish berilishicha, agar 

fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  qilish  organida  arxiv  hujjatlari 

yo‘qolgan,  tegishli  yozuvlar  saqlanmagan  va  bunday  yozuvlarni  tiklash 

fuqarolik  holati  dalolatnomalarini  qayd  qilish  organlari  tomonidan  rad 

qilingan  bo‘lsa  yoki  bunday  yozuv  faqat  sudning  fuqarolik  holatini 

ro‘yxatga  olinganligini  tasdiqlovchi  hal  qiluv  qarori  (masalan,  vafot 

etganlarga  nisbatan)  asosida  tiklanishi  mumkin  bo‘lgan  holatlarda  sudlar 

tug‘ilganlik,  bolalikka  olish,  nikoh,  ajralish  va  o‘limni  ro‘yxatga  olish 

faktini  belgilashga  haqli.  FPKning  283-moddasining  4-bandi  bolalikka 

olish,  nikoh,  ajralish  va  o‘lganlik  faktini  emas,  balki  fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  qayd  qilish  organlarida  ro‘yxatga  olish  faktini  nazarda 

tutadi. 


Nikohni qayd qilinganligi haqidagi ma’lumot mavjud bo‘lganida nikoh 

guvohnomasini olmaganlik yoki uni yo‘qotganlik holati nikohni ro‘yxatga 

olinganlik  faktini  belgilash  o‘rniga  ularni  faktik  nikoh  munosabatlarida 

bo‘lganliklarini belgilash xato hisoblanadi.  

Nikohni  qayd  etilganlik  faktini  belgilashni  so‘rab  sudga  er-xotinning 

ikkalasi  murojaat  qilishi  mumkin.  Agar  bu  holda  sudga  er-xotindan  biri 

ariza  bilan  murojaat  qilgan  bo‘lsa,  ikkinchisi  ishga  manfaatdor  shaxs 

sifatida jalb qilinadi. 



Er-xotindan  birining  o‘limi  natijasida  fuqarolik  holati  aktlarini 

qayd etish organlarida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmay 

qolsa,  qonunda  belgilangan  hollarda,  ularning,  haqiqatda,  er-xotinlik 

munosabatlarida bo‘lganlik faktini belgilash.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Yuridik ahamiyatga 

ega  bo‘lgan  faktlarni  belgilash  haqidagi  ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyoti 

to‘g‘risida”gi qarorining 13-bandida belgilanishicha, O‘zbekiston SSR Oliy 

Soveti  Prezidiumining  1944-yil  22-avgustdagi  Farmoniga  ko‘ra,  faktik 

nikoh munosabatlarida bo‘lganlik fakti faqat bunday munosabatlar 1944-yil 

8-iyulgacha  vujudga  kelgan  bo‘lsa  va  nikohni  fuqarolik  holati 

dalolatnomalarini  qayd  qilish  organida  er-xotindan  birining  vafoti  tufayli 

ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘lmasagina belgilanadi. 


 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

157 


 

X BОB

 

Yuqorida  ko‘rsatilgan  vaqtdan  keyin  vujudga  kelgan  faktik  nikoh 



munosabatlari  yuridik  oqibat  keltirib  chiqarmaydi  va  bunday  faktlarni 

belgilash  to‘g‘risidagi  arizalar  sud  tartibida  ko‘rishlik  uchun  qabul 

qilinmaydi.  Mazkur  holatda  er  yoki  xotindan  biri  sudga  er-xotinlik 

munosabatlarida bo‘lganlik fakti haqida emas, balki birovning qaramog‘ida 

bo‘lganlik faktini belgilash to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi mumkin.  

Agar  er-xotindan  biri  1944-yil  8-iyulgacha  boshqa  faktik  nikohga 

kirgan  yoki  bir  vaqtning  o‘zida  qonuniy  nikohda  bo‘lgan  bo‘lsa, 

shuningdek,  bu  munosabatlar  tomonlardan  birining  vafotiga  qadar 

tugatilgan bo‘lsa, bunday faktlarni sud belgilashi mumkin emas.  

Shaxsning  huquqni  vujudga  keltiruvchi  hujjatlarda  (jamoat 

birlashmalariga  a’zolik  biletlari,  harbiy  hujjatlar,  pasportlar, 

fuqarolik 

holati 

aktlarini 

qayd 

etish 

organlari 

beradigan 

guvohnomalardan  tashqari)  ko‘rsatilgan  ismi,  otasining  ismi  va 

familiyasi 

uning 

pasportidagi 

yoki 

tug‘ilganlik 

to‘g‘risidagi 

guvohnomasidagi  ismi,  otasining  ismi  va  familiyasi  bilan  mos 

kelmagan taqdirda, mazkur hujjatlarning unga tegishliligi yoki tegishli 

emasligi  faktini  belgilash.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumining “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi 

ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilishicha, sudlar 

arizachidan  huquqiy  hujjatni  o‘ziga  tegishli  ekanligi,  hujjatni  bergan 

tashkilot unga tegishli  o‘zgartirish kirita olmasligi haqidagi dalillarni talab 

qilishi  shart.  Agar  arizachida  tegishli  faktni  aniq  tasdiqlaydigan  boshqa 

hujjatlar  bo‘lsa,  sud  huquq  tug‘diradigan  hujjatni  unga  tegishli  ekanlik 

faktini belgilash to‘g‘risidagi arizani qabul qilishga haqli emas. 

Arizachiga  shaxsiy  hujjatlarni  emas,  balki  huquq  tug‘diradigan 

hujjatlarning  tegishliligi  sud  tartibida  belgilanishini  hisobga  olgan  holda, 

sudlar hujjatlarni tegishliligi to‘g‘risidagi arizalarning taalluqliligiga alohida 

e’tibor  berishlari  lozim.  Shaxsiy  hujjatlarga  pasport,  partiya,  kasaba 

uyushmalari  biletlari,  harbiy  biletlar,  harbiy  xizmatchilarning  shaxsiy 

guvohnomalari,  orden  va  medallarning  guvohnomalari  kiradi.  Bunday 

hujjatlardagi xatolar faqatgina ularni bergan organ va tashkilotlar tomonidan 

bartaraf  etilishi  mumkin.  Mansabdor  shaxslarning  va  davlat  boshqaruv 

organlarining  tuzatish  kiritishni  rad  etganlik  haqidagi  qarorlari  ustidan 

FPKning 266-, 267-moddalariga binoan sudga shikoyat qilish mumkin. 



 

ALOHIDA TARTIBDA ISH YURITISHDAGI PROTSESSUAL HUJJATLAR 

 

158 


 

X BОB

 

Baxtsiz  hodisa  faktini  belgilash.  Umumiy  qoidaga  ko‘ra,  baxtsiz 

hodisa  fakti  sudsiz  belgilanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi 

Plenumining “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi 

ishlar  bo‘yicha  sud  amaliyoti  to‘g‘risida”gi  qarorining  17-bandida 

ko‘rsatilishicha,  baxtsiz  hodisa  fakti,  odatda  belgilangan  shaklda  tuzilgan 

akt  bilan  tasdiqlanadi.  Ushbu  aktda  baxtsiz  hodisa  qayerda  va  qanday 

sharoitda (ish joyida yoki ko‘chadagi hodisa natijasidami) kelib chiqqanligi 

ko‘rsatiladi. Agar baxtsiz hodisa ish yuritish vaqtida kelib chiqsa, u haqida 

dalolatnoma  tuzish  ma’muriyat  va  kasaba  uyushmasi  vakolatiga  kiradi. 

Ma’muriyat dalolatnoma tuzishni rad qilsa yoki jabrlanuvchi dalolatnomada 

ko‘rsatilgan  holatlardan  norozi  bo‘lsa,  u  kasaba  uyushmasiga  me’yoriy 

hujjatlarda  belgilangan  muddatda  murojaat  qilishga  haqli,  kasaba 

uyushmasi  qarori  esa  ma’muriyat  uchun  majburiydir.  Baxtsiz  hodisa 

haqidagi  faktni  sudsiz  tartibda  hal  qilish  imkoniyati  bo‘lmasagina  va  bu 

tegishli hujjat bilan tasdiqlansa, sud baxtsiz hodisa faktini belgilashga haqli.  

 

Sud  baxtsiz  hodisa  faktini  belgilash  haqidagi  arizani  quyidagi 

holatlardan biri mavjud bo‘lganida qabul qilishi lozim: 

  baxtsiz  hodisa  haqida  akt  umuman  tuzilmagan  yoki  hozirgi 



vaqtda uni tuzish imkoniyati bo‘lmasa; 



Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling