Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti
Download 4.58 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sudya: imzo F.I.O.
- _________________________________________ TILXAT
302
FPKning 248-moddasida sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkinligi, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud chiqargan hal qiluv qarorining ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yilishi, 249-moddasining 1-qismida esa javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash da’voni ta’minlash bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bunday holatda, Yakkasaroy tumani “Usmon Nosir-Do‘stlik” uy-joy mulkdorlari shirkati raisi (F.I.O.) tomonidan Yakkasaroy tumani, U.Nosir ko‘chasi 142 “a” uyning 3-xonadoni ostki qismida joylashgan yerto‘lada ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni taqiqlash lozim deb hisoblayman. Yuqoridagilarga asosan va FPKning 159–160-, 248–249-, 237–238-moddalarini qo‘llab,
Yakkasaroy tumani “Usmon Nosir-Do‘stlik” uy-joy mulkdorlari shirkati raisi (F.I.O.) tomonidan Yakkasaroy tumani U.Nosir ko‘chasi 142-“a” uyning 3-xonadoni ostki qismida joylashgan yerto‘lada ta’mirlash ishlarini amalga oshirish taqiqlansin. Ajrim nusxasini darhol ijro etish uchun Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasiga yuborilsin. Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sudya:
imzo (F.I.O.) AJRIM (mol-mulkni sotishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida) 2014-yil 7-oktabr
Toshkent shahri
Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgarlar (F.I.O.), Toshkent shahar Sirg‘ali tumani hokimligi moliya bo‘limi, 3-shaxs (F.I.O.) ga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi fuqarolik ishini sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) javobgarlar (F.I.O.), Sirg‘ali tumani hokimligi moliya bo‘limi va 3-shaxs (F.I.O.) ga nisbatan mol-mulkni ro‘yxatdan chiqarish haqidagi
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 303
da’vo arizasi bilan murojaat etib, Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasi tomonidan 2014-yil 29-sentabrdagi tuzilgan dalolatnoma orqali Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sirg‘ali-16 mavzesi 11-uyning 32-xonadondagi ro‘yxatga olinib, band solingan 3 turdan iborat mol-mulklarni ro‘yxatdan chiqarishni so‘ragan. FPKning 248-moddasida sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkinligi, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud chiqargan hal qiluv qarorining ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yilishi, 249-moddasining 1-qismi 4-bandida esa mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilgan taqdirda, uni sotishni to‘xtatish da’voni ta’minlash mumkinligi ko‘rsatilgan. Bunday holatda, 2014-yil 29-sentabr kuni Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sirg‘ali 16-mavzesi, 11-uy, 32-xonadondagi Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasi tomonidan xatlangan 3 turdan iborat mol-mulklarni sotishni mazkur fuqarolik ishi mazmunan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turish lozim deb hisoblayman. Yuqoridagilarga asosan, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 35–38-moddalarini, FPKning 159–160-, 248–249- va 237–238-moddalarini qo‘llab,
2014-yil 29-sentabr kuni Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sirg‘ali 16-mavzesi, 11-uy, 32-xonadondagi Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasi tomonidan xatlangan 3 turdan iborat mol-mulklarni sotish mazkur fuqarolik ishi mazmunan ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib turilsin. Ajrim nusxasi ijro etish uchun Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasiga yuborilsin. Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
imzo F.I.O.
(mol-mulkni xatlash to‘g‘risida) 2014-yil 7-avgust
Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish haqidagi fuqarolik ishini sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida quyidagilarni
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 304
Aniqladim : Sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgar (F.I.O.) aybli xatti-harakatlari tufayli 2014-yil 15-fevral kuni sodir bo‘lgan yo‘l avto-ulov hodisasi oqibatida, ukasi 1963-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) ning vafot etganligini, uning qaramog‘idagi hech qayerda ishlamaydigan turmush o‘rtog‘i hamda uch nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolganliklarini, dafn marosimlari, shuningdek, dastlabki tergov va sud jarayonida jabrlanuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida bir necha marta Toshkent shahriga kelib ketishga yo‘l kira uchun sarf-xarajatlar qilib, moddiy zarar, bundan tashqari ukasining vafoti tufayli ruhiy azob chekib, ma’naviy zarar ko‘rganligini bayon qilib, javobgar (F.I.O.) dan 17 mln so‘m miqdoridagi yetkazilgan moddiy va 10 mln so‘m miqdoridagi ma’naviy zararni undirib berishni so‘ragan. FPKning 248-moddasida sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi mumkinligi, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud chiqargan hal qiluv qarorining ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yilishi, 249-moddasining 1-qismida esa javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulk yoxud pul summasini xatlash, javobgarning muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash da’voni ta’minlash bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Bunday holatda, Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sirg‘ali-7 mavzesi 7-uyning 7- xonadonida saqlanayotgan barcha mol-mulklarni xatlash hamda ularga band solishni lozim deb hisoblayman. Yuqoridagilarga asosan, FPKning 248–249- va 237–238-moddalarini qo‘llab,
Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sirg‘ali-7 mavzesi 7-uyning 7-xonadonidagi barcha mol-mulklar xatlanib, ularga band solinsin. Ajrim nusxasi darhol ijro etish uchun Toshkent shahar Sirg‘ali tumani sud ijrochilari bo‘linmasiga yuborilsin.
Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 305
Toshkent shahar IIB YHHB boshlig‘iga
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi ish yurituvida da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishi mavjud. Zarurat tug‘ilganligi sababli Sizdan Toshkent shahar Sirg‘ali tumani Sirg‘ali-7 mavzesi 7-uyning 7-xonadonida istiqomat qiluvchi, 1982-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) nomiga moto-avtotransport vositalari rasmiylashtirilgan (agarda rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unga
xos barcha
alohida belgilarini ko‘rsatgan holda)
yoki rasmiylashtirilmaganligi to‘g‘risida ma’lumot berishingizni so‘rayman.
Sudya: imzo (F.I.O.)
AJRIM (da’voni ta’minlashni rad etish to‘g‘risida)
2014-yil 20-noyabr
Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) “O‘zbekto‘qimash” ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.) ning 2014-yil 4-avgustdagi qarzdorning hisob raqamiga band solish haqidagi qarori ustidan keltirgan shikoyati bo‘yicha yuritilgan 1-2653/14-sonli fuqarolik ishi sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida “O‘zbekto‘qimash” ishlab chiqarish birlashmasining Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.) ning 2014-yil 4-avgustdagi qarorining sanatsiya hisob raqamlariga band solish haqidagi qismi ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqib, quyidagilarni
Sudga “O‘zbekto‘qimash” ishlab chiqarish birlashmasi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bulinmasining sud ijrochisi (F.I.O.) ning 2014-yil 4- FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 306
avgustdagi qarzdorning hisob raqamiga band solish haqidagi qarori ustidan shikoyat keltirib, uni bekor qilishni va ish mazmunan ko‘rib chiqilgunga qadar mazkur qarorning “O‘zbekto‘qimash” ishlab
chiqarish birlashmasining “O‘zsanoatqurilishbank”ning Rakat bo‘limidagi hukumat tomonidan ochilgan sanatsiya 20210000700135885005, 20210000900135885006 hisob raqamlariga band solish haqidagi qismi ijrosini to‘xtatib turishni so‘ragan. Sudga taqdim etilgan hujjatlardan ko‘rinishicha, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.) ning 2014-yil 4-avgustdagi qaroriga ko‘ra, qarzdor “O‘zbekto‘qimash” zavodi turar-joy kommunal bo‘limining “O‘zsanoatqurilishbank”ning Rakat bo‘limidagi MFO 00435 IIN 200626124 20210000700135885005, 20210000000135885001, 20210000900135885006 hisob raqamlariga “Toshissiqquvvat” oldidagi 142.771.559 so‘m qarzlarini qoplash uchun (soliq to‘lovlari va oylik ish haqlaridan tashqari) band solingan. FPKning 268-moddasida sudya shikoyatni ko‘rib chiqish uchun qabul qilib, fuqaroning iltimosi yoki o‘zining tashabbusi bilan shikoyat qilingan xatti-harakatning (qarorning) ijrosini to‘xtatish masalasini hal etishi ko‘rsatilgan. “O‘zbekto‘qimash” ishlab chiqarish birlashmasi o‘zining shikoyatida “O‘zsanoatqurilishbank” ning Rakat bo‘limidagi 20210000700135885005, 20210000900135885006 hisob raqamlari hukumat tomonidan ochilgan sanatsiya hisob raqamlari ekanligini asos qilib ko‘rsatgan va mazkur hisob raqamlarga band solinishi noqonuniyligini bayon etgan bo‘lsa-da, sudga bu hisob raqamlar hukumat tomonidan ochilgan sanatsiya hisob raqamlari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan va sanatsiya hisob raqamlariga band solinishini taqiqlovchi dalil va isbotlarni keltirmagan. Vaholanki, FPKning 57-moddasida har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shartligi ko‘rsatilgan. Bunday holatda, sud Toshkent shahar Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.) ning 2014-yil 4-avgustdagi qarzdorning hisob raqamiga band solish haqidagi qarorining “O‘zbekto‘qimash” ishlab chiqarish birlashmasining “O‘zsanoatqurilishbank”ning Rakat bo‘limidagi hukumat tomonidan ochilgan sanatsiya 20210000700135885005, 20210000900135885006 hisob
raqamlariga band solish haqidagi qismi ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirishni rad etish lozim deb hisoblaydi. Yuqoridagilarga asosan FPKning 57-, 159–160-, 248–249-, 237–238- va 268- moddalarini qo‘llab,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 307
Ajrim qilaman:
“O‘zbekto‘qimash” ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent shahar Yakkasaroy tumani sud ijrochilari bo‘linmasining sud ijrochisi (F.I.O.)ning 2014-yil 4- avgustdagi qarzdorning hisob raqamiga band solish haqidagi qarorining “O‘zbekto‘qimash” ishlab chiqarish birlashmasining “O‘zsanoatqurilishbank”ning Rakat bo‘limidagi hukumat tomonidan ochilgan sanatsiya 20210000700135885005, 20210000900135885006 hisob raqamlariga band solish haqidagi qismi ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirish rad etilsin. Mazkur ajrim ustidan 10 kun muddat ichida shu sud orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlov hay’atiga xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Sudya: imzo (F.I.O.) AJRIM (sud topshirig‘i berish to‘g‘risida)
2014-yil 20-noyabr Toshkent shahri Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan uydan ko‘chirish haqidagi da’vo arizasi yuzasidan yuritilgan fuqarolik ishini sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) da’vo arizasi bilan murojaat qilib, nizoli xonadonni oldi- sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni va javobgar (F.I.O.) ni nizoli Toshkent shahri Sirg‘ali tumani Sputnik-1 mavzesi 18-uyning 3-xonadonidan ko‘chirishni so‘ragan. Ishni sud ko‘rishga tayyorlash bosqichida javobgar (F.I.O.) ning hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi IIV ning JIEBB ga qarashli UYa-64/18-sonli jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganligi aniqlangan. Bunday holatlarda sud, javobgarning da’vo talablariga munosabatlarini aniqlash hamda qo‘shimcha dalillar to‘plash uchun, yuqoridagi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘iga protsessual harakatlarni bajarishni topshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Yuqoridagilarga ko‘ra va FPKning 12-, 65-, 68-, 93–95-, 159–160- hamda 237– 238-moddalarini qo‘llab,
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 308
Ajrim qilaman:
O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBB ga qarashli UYa64/18-sonli JIEM boshlig‘iga quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshirish topshirilsin: Javobgar (F.I.O.) ga da’vo arizalari nusxalari topshirilsin. Javobgar (F.I.O.) dan quyidagi savollarga javob olinsin: - javobgar (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning da’vo talablarini tan oladimi ? - javobgar (F.I.O.) da’vogar (F.I.O.) ning da’vo talablarini tan olmasa, qaysi asoslarga ko‘ra da’vo talabini tan olmaydi ? - javobgar (F.I.O.) ning da’vo ariza yuzasidan qo‘shimcha iltimosnomalari va talablari bormi ?
Sudya: imzo F.I.O. Ishni sudda ko‘rishga tayinlash to‘g‘risidagi ajrimdan namuna
(fuqarolik ishini sud muhokamasiga tayinlash to‘g‘risida)
Men, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi (F.I.O.) 2014-yil noyabr oyining 20-kuni da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan tanishib chiqib, quyidagilarni
Sudga da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Fuqarolik ishi yuzasidan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash harakatlari to‘liq amalga oshirilganligini inobatga olib, FPKning 161-, 237–238-moddalarini qo‘llab,
Ishni sud majlisida mazmunan ko‘rib chiqish, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi binosining 2-sud majlislar zalida 2014-yil 1- dekabr kuni soat 15 00 ga tayinlansin. Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida quyidagilar xabardor etilsin: a) ishda ishtirok etuvchi shaxslar (FPKning 33-moddasi) ________________________________________________________ ________________________________________________________ FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 309
b) vakillar va boshqalar: ________________________________________________________ ________________________________________________________
v) Toshkent shahar ________________________ tuman prokurori. Sud majlisiga quyidagi guvohlar chaqirtirilsin: ________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ___________________________________________
Sudya:
imzo
F.I.O.
Sud chaqiruv qog‘ozlari, tilxat, telefonogrammalar, telegrammalar va boshqa aloqa vositalaridan namunalar SUD CHAQIRUV QOG‘OZI
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi 2014-yil «___»______________ Qayerga ____________________ _________________ishi bo‘yicha ____________________________ Sizni (da’vogar, javobgar, arizachi, guvoh) sifatida chaqiradi (pasport bilan kelishingiz shart) Kimga___________________________________________________ Manzil: Bog‘ishamol ko‘chasi, 57/10-uy, Yunusobod tumani. Ind: 100202. Tel.: 000-00-00. Sud tomonlarga ish bo‘yicha barcha zarur dalillarni taqdim etishini taklif qildi (FPK ___moddalari.) Sud kotibi:____________________________________________ Soat_______________ Sudga qaytarilishi lozim
______________Fuqarolik ishi bo‘yicha FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 310
TILXAT 2014-yil «___»______________da da’vogar (javobgar) sifatida ________________________sudga borish to‘g‘risidagi_________ ______________________________nomiga berilgan chaqiruv qog‘ozini 2014-yil «___»_________________________________da oldim 1. Shaxsan______________________________________________ (adresatning nomi) 2. Berib qo‘yish uchun______________________________ (qabul qiluvchining adresatga munosabati) ______________________________________________________ (ko‘rsatilgan holdagi imzosi) Oluvchining imzosini tasdiqlayman: xat topshiruvchi____________ 3. Chaqiruv qog‘ozi _______________________________________
sababga ko‘ra topshirilmadi Xat topshiruvchi ____________________________________ Tasdiqlayman _________________________________________ TILXAT
2014-yil dekabr oyining 5-kuni soat 15 00 da, fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi binosining 2-sud majlislar zalida, da’vogar (F.I.O.) ning javobgar (F.I.O.) ga nisbatan nikohdan ajratish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilayotgan fuqarolik ishi yuzasidan sud muhokamasi bo‘lishi haqida ogohlantirildim. Sud muhokamasiga kelaman, kelmaslik oqibatlari (FPKning 86-, 174- , 175- va 176-moddalari) menga tushuntirildi.
№ FISh Imzo
1.
2.
3.
Download 4.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling