Loyiha tuzish ishlari
Loyiha boshqaruvi bosqichlari
Download 21.19 Kb.
|
Loyiha tuzish ishlari
Loyiha boshqaruvi bosqichlari
Loyiha boshqaruvi bo’yicha turli standartlar va usullar mavjud: PMI PMBOK, PRINCE2, Scrum, Tejamkor Olti Sigma va hokazo. Yuqorida keltirilgan Loyiha Boshqaruvi Institutining “Loyihalarni boshqarish bo’yicha bilimlar” (Project Management Body of Knowledge/PMBOK) 6-nashr to’plamida ushbu 5 ta asosiy jarayon bosqichi guruhlari keltirilgan: Boshlash bosqichiga yangi loyihani yoki mavjud loyihaning yangi bosqichini boshlash uchun ruxsat olish, loyiha nizomini ishlab chiqish va manfaatdor tomonlarni aniqlash uchun amalga oshiriladigan jarayonlar kiradi. Rejalashtirish bosqichiga loyiha maqsadlariga yetish uchun zarur bo’ladigan amaliy qadamlarni aniqlash va rejalashtirish jarayonlari kiradi. Amalga oshirish bosqichiga loyihani boshqarish rejasida belgilangan ishlarni bajarish jarayonlari kiradi.Monitoring va nazorat qilish bosqichiga loyihaning bajarilishini kuzatish, zarur bo’lgan o’zgartirishlarni aniqlash va ularni amalga oshirish jarayonlari kiradi.Tugatish bosqichiga loyiha yoki bosqichni rasmiy ravishda tugatish uchun barcha jarayon guruhlardagi tadbirlarni yakunlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatlar kiradi. Scrum (talaffuzda “skram”) IT mahsulotlarni ishlab chiqarishda vujudga kelgan bo’lib, hozirda keng sohalarda qo’llanadigan agile loyiha boshqarish metodologiyasi hisoblanadi. U o’n yoki undan kam a’zodan iborat bo’lgan jamoalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ular o’z ishlarini bir oylik yoki ikki haftalik takrorlanuvchi “sprintlar”da oldindan rejalashtirilgan loyiha natijalariga kiruvchi element bo’lakchalarini yetkazib berishadi. Har bir sprint boshida jamoa “sprint rejasi”ni tuzadi, so’ng har kuni 15 daqiqa yoki undan kam vaqtli uchrashuvlarda (“пятиминутка”) progressni muhokama qiladi. Sprint oxirida jamoa yana ikkita yig’ilish o’tkazadi. Birinchisi “Sprint ko’rigi” deb nomlanib, bu yig’ilish qilingan ish va erishilgan natijalarni loyihaning manfaatdor tomonlari bilan muhokama qilish hamda ularning fikr-mulohazalarni olish uchun uyushtiriladi. Ikkinchisi “Sprint retrospektivi” deb nomlanib, jamoa o’z ishini tahlil qilib uni yahshilashga harakat qiladi. Download 21.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling