Loyiha tuzish ishlari
Tejamkor Olti Sigma (Lean Six Sigma)
Download 21.19 Kb.
|
Loyiha tuzish ishlari
Tejamkor Olti Sigma (Lean Six Sigma) ishlab chiqarish yoki xizmatlardagi yo’qotishlarni muntazam ravishda bartaraf qilish va jarayonlardagi o’zgaruvchanlikni kamaytirish orqali samaradorlikni oshirish uchun ishlatiladigan loyiha boshqarish usuli hisoblanadi. Unda ko’pincha DMAIC bosqichlari amalda qo’llaniladi, har bir bosqich va ularning ketma-ketligi muhim hisoblanadi.
Aniqlash (Define) bosqichida yechilishi zarur bo’lgan muammo aniqlanadi va loyiha nizomi ishlab chiqiladi. Bu bosqichda “Iste’molchi Ovozi” (Voice of Customer) va loyiha natijalari uchun talablarni (Critical-to-Quality/Cost/Service elements) aniqlash mumkin. O’lchash (Measure) bosqichining maqsadi aniqlangan muammo xususiyatlarini o’rganib axborot yig’ish, o’lchov metrikalarini belgilash va uning miqdorini o’lchashdir. Ushbu boshlang’ich ma’lumotlar loyiha oxirida takomillashtirishlar amalga oshirilgandan so’ng erishilgan natijalar bilan solishtirib, loyiha muvaffaqiyatini tahlil qilishga imkon beradi. Masalan, mahsulot defektlari loyiha boshlanganda 45% deb aniqlangan bo’lsa, loyihani oxirida defektlar 35% ga kamayishga erishilsa, 10% ijobiy o’zgarish loyihani ham jamoa uchun moliyaviy, ham iste’molchi uchun muvaffaqiyatli yakunlanganidan dalolat beradi. Tahlil qilish (Analyze) bosqichida yig’ilgan o’lchov axborotlarni tahlil qilib muammo ildizlari aniqlanadi. Ushbu maqsadda turli muammo yechish usullaridan (masalan, 5Why, Fishbone, statistik usullar) foydalaniladi. Takomillashtirish (Improve) bosqichida aniqlangan muammo ildizlarini bartaraf qilish uchun turli yechimlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Nazorat qilish (Control) boshqichida amalga oshirilgan yangi takomillashtirishlar va o’zgarishlar davomiyligini ta’minlash uchun turli xatti-harakatlar bajariladi. (masalan, ish instruksiyalari, treninglar, auditlar va hokazo). Loyihadagi o’zgarishlar va jarayonlar haqida hisobotlar loyihaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Download 21.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling