Loyihalarni moliyalashtirish
-jadval Korxona pul oqimi harakteristikasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Investitsiyalarni moliyalashtirish
4-jadval
Korxona pul oqimi harakteristikasi 8 Korxona faoliyati turi Foyda (kirim ) Harajatlar (chiqim) Investitsiya faoliyati a) asosiy vositalarni sotish. b)nomoddiy aktivlarni sotish. v) uzoq va qisqa muddatli investtsiyalarni sotish. g) oborot kapitalining kamayishi hisobiga tushumlar a) kapital qo’yilmalar. b)nomoddiy aktivlarni sotib olish. v) oborot kapitalining o’sishi hisobiga harajatlar. g) uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish. Operatsion faoliyat a) mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablag’i. b)operatsion faoliyat ning boshqa pul tushumlari. a) material tovar, ish va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to’langan pul mablag’lari. b) xodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’lari. v)operatsion faoliyat ning boshqa pul to’lovlari. Moliyaviy faoliyat a) aktsiyalar chiqar-ishdan yoki xususiy kapital bilan bog’liq bo’lgan boshqa instru mentlardan kelgan pul tushumlari. b) olingan foizlar va dividentlar. g)moliyaviy faoliyat ning boshqa pul tushum lari, shu jumladan qarzlar bo’yicha pul tushumlari a) xususiy aktsiyalar sotib olingandagi pul to’lovlari. b) to’langan foizlar va dividentlar. v) uzoq va qisqa muddat li kreditlar va qarz lar bo’yicha to’lovlar. g) lizing bo’yicha to’lov lar. d) moliyaviy faoliyat ning boshqa to’lovlari. Ko’pchilik hollarda amaliyotda investitsiya samaradorligi koeffitsientini (ARR) o’rniga foydaning oddiy normasi (return on investments, ROI) koeffitsientidan foydalaniladi. Lekin bu ikki koeffitsienti hisoblash algoritmi bir xildir. Ushbu usulning asosiy afzalliklari koeffitsientlarni aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir. Bu guruh koeffitsientining kamchiliklari shundan iboratki, bunda investitsiyalanadigan loyiha bo’yicha vaqt omili hisobga olinmaydi. Ikkinchidan, investitsiya kapitalining qoplanishi ko’rsatkichiga asos qilinib, foyda olinadi, ammo amaliyotda amortizatsiya ajratmalari ham investitsiya kapitalining qoplanishi uchun manba bo’ladi. Shuning uchun investitsiya qoplash muddati koeffitsientini (RR) hisoblashda, albatta amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish zarur. 8 A.Uzoqov, E.Nosirov, R.Saidov, M.Sultonov “Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning monitoringi” Toshkent “Iqtisod-Moliya”, 2006 y. 91b. 23 Uchinchidan, bu koeffitsientlar investitsiya loyihasi bo’yicha bir tomonlama baholashni beradi, ya’ni u foyda va investitsiya summalari miqdoriga asoslangan bo’ladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini chuqur tahlil etish uchun ikkinchi guruh iqtisodiy baholash koeffitsientilaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: sof keltirilgan qiymat (Net Present Value, NPV) yoki sof joriy qiymat; investitsiya rentabelligi indeksi (Profitability Index, PI); foydaning ichki me’yori (Internal Rate of Return, IRR); investitsiya diskontlangan qoplash muddati (Discounted Payback Period, DPP). Xulosa qilib shuni aytish joizki, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashda moliyaviy va iqtisodiy baholashdan foydalaniladi. Bu usullar bir-biri to’ldirib turadi va investitsiya loyihasining qiymatini aniq va to’liq baholashda muhim rol o’ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling