Loyihalarni rejalashtirish,tashkillashtirish va boshqarish usullarining asosiy tushunchalari


Download 70.42 Kb.
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi70.42 Kb.
#238332
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15- Loyihalarni rejalashtirish,tashkillashtirish va boshqarishusullarining asosiy tushunchalari.

Mantiqiy bog`liqlik- Ishlar o`rtasidagi bog`liqlik tabiatini ifodalaydi. Loyihalardagi ko`pchilik ishlar “Boshlanish-Tugallash” prinsipiga asoslangan bo`ladi, bunda keyingi ish faqatgina dastlabkisi tugallangandan so`ng boshlanadi. Ketma-ketlik a’loqalari tarmoq strukturalarini tashkil etadi. Ishlar o`rtasidagi bog`liqliklar kompleksini odatda loyihaning manqitiy strukturasi deb atashi, chunki ishlar ketma-ketligini aniqlab beradi

Tarmoq diagrammasi (tarmoq,graf, PERT diagrammasi) – Loyiha ishlari va ular orasidagi bog`liqliklarning grafik ko`rinishi. Loyihalarni rejalashtirish va boshqarishda tarmoq iborasi ostida ishlarnint to`liq kompleksi va u bilan bog`liq bo`lgan loyihalar bog`lanmasi tushiniladi.

Tarmoq diagrammalari tarmoq modelini chiziqlar bilan bog`langan, ishlar o`rtasidagi bog`lanishlarni ifodalaydigan mos ishlarning ko`pchilik cho`qqilar ko`rinishida tasvirlaydi. Ushbu graf, tarmoq deb nomlanuvchi yoki ketma-ketliklar diagrammasi hozirgi kunda eng ko`p tarqalgan vosita hisoblanadi.

Boshqa turdagi tarmoq diagrammalari ham mavjud, hodisa-cho`qqi tarmog`i deb nomlanadi va u amaliyotda kamaroq qo`llaniladi. Ushbu yo`nalishda ish ikki hodisa o`rtasidagi chiziq ko`rinishida, qaysiki o`z navbatida ishning boshlanish va oxirini ifodalaydi. PERT-diagrammalariga ushbu turdagi diagrammalari misol bo`la oladi.

Tarmoq diagrammasi blok-sxema bo`la olmaydi chunki ushbu qurol ish faoliyatini loyihalashtirishda ishlatiladi. Blok sxemalardan prinsipial farqi shundaki tarmoq diagrammalari ikki oddiy ish o`rtasidagi mantiqiy bog`liqlikni loyihalashtiradi. U kirish, jarayonlar va chiqishlarni tasvirlamaydi va takrorlanuvchi sikl yoki aylanishlarga yo`l qo`ymaydi.




Download 70.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling