Tarmoqli loyihalashtirishning usullari - Loyihaning davomiyligini minimumgacha qisqartirish uchun maqsad qilingan usullar. Amaliy va bir vaqtning o`zida mustaqil bo`lga MKP kritik yo`li va PERT(Programm Evaluation and Review Technique) rejalarini qayta ko`rib chiqishva taqqoslash usullariga asoslangan. Birinchi usul 1956-yilda “Dyupon” firmasi zavodlarini modernizatsiya qilishda reja-gradiklarini qurishda tashkil topgan. Ikkinchi usul “Lokhid” korporatsiyasi va “Buz,Allend end Gamilton” konsalting firmasi tomonidan “Polaris” raketa tizimini loyihalashtirishda asos solingan.
Kritik yo`l –Tarmoqdagi davomiyligi maksimal bo`lgan yo`l kritik yo`l deyiladi. Ushbu yo`ldagi ishlar ham kritik deb ataladi. Kritik yo`lning davomiyligi loyiha ustida ishning umumiy davomiyligini izohlab beradi. Umumiy loyihani bajarish vaqti kritik yo`llarda yotuvchi ishlarga ketadigan vaqtni qisqartirish hisobiga kamaytirish mumkin. Shu kabi kiritk yo`lda youtuvchi ishlarga ketadigan vaqtning ortishi bilan loyiha vaqti ham ortib boradi.
Kritik yo`l konsepsiyasi menedjerning e’tiborini kritik ishlarga qaratishga yordam beradi. Ammo, kritik yo`lning asosiy ustivorligi kritik yo`llarda yotmaydigan ishlar ustidan manipulyatsia qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |