Loyihalash haqida tushuncha
Download 127.64 Kb.
|
farmatsevtik ishlab chiqarishda loyihalash tushunchasi
LOYIHALASH HAQIDA TUSHUNCHA Loyiha ( ing. Project, oldinga tashlangan , ajralib turuvchi ) degan ma‘noni bildiradi. Loyiha bu biror bir ishni qilish uchun oldindan tuzilgan ish rejasi. Loyihalash deb odamning yoki tashkilotning loyiha yaratishdagi ish jarayoniga aytiladi. Loyihalash ma‘lum bir obyektni yaratishga uni ishlash jarayonini ta‘minlashga va likvidatsiya qilishga mo‘ljallangan xujjatlar to‘plashidir. Muxsandislik loyihalashtirish bu texnologik obyektning loyihasini yaratish jarayoniga aytiladi. Loyihada loyihaviy chizmalar va loyihaviy xujjatlar kerak bo‘lsa smetasi va obyektning qurilish bosqichlari tartibi ko‘rsatiladi. Loyihalashda loyihalash jarayoni bosqichlarga bo‘linadi: a) Ishchi loyiha b) Ishchi xujjat Ishchi Loyiha – yangi qurilish va ta‘mirlash bo‘yicha. Bunda loyiha obyekti va transport qurilish yechimi , smeta xujjati, ishchi proyektni pasporti keltiriladi . - umumiy tushuntirish xati; - Bosh plan va transport - texnologik yechimlar; - Mexnatni ilmiy tashkil qilish ( ishchi va xizmatchilar); - qurilish yechimlari; - qurilishning tashkil etilishi; - atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish; - турар жой-фуқаролик қурилиши; - smeta hujjatlari ; - ish loyihasining pasporti Ish loyihasi shuningdek qurilishning davomiyligi (me‘yorlar bo‘yicha) ikki yilgach bo‘lganda – ushbu qurilish bo‘yicha , qurilishning davomiyligi ko‘proq bo‘lganda – qurilish – montaj ishlarining bir yillik hajmi bo‘yicha ishlab chiqilgan ish hujjatlarini o‘z ichiga oladi. Ishchi xujjat - ishchi chizma , smeta xujjati quriliash bo‘yicha , vedmost qurilish va materiallar bo‘yicha. Loyiha obyektini tuzishda har xil yo‘nalishdan o‘z ishini mukammal biladigan mutaxassis va muxandislar loyihalashtirish jarayoniga jalb etadilar. Ish hujjatlarining tarkibiga quyidagilar kiradi: - ish chizmalari; - obektning qurilishi yuzasidan smeta hujjatlari; - qurilish va montaj ishlarining hajmlari qaydnomalari; - qurilish va montaj ishlarining turlari bo‘yicha tuzilgan materiallarga bo‘lgan extiyojning qaydnomalari va jamlanma qaydnomalari; - jihoz – uskunalarning spesifikatsiyalarining to‘plamlari; - jihoz- uskunalar va buyumlarning tegishli turlari bo‘yicha so‘roq varaqalari va chizmalarning to‘plamlari; - agar loyihada unga boshlang‘ich talablar ishlab chiqilmagan bo‘lsa , individual tayyorlangan ( namunaviy bo‘lmagan va nostandart) jihoz- uskunalar uchun konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqishga boshlang‘ich talablar. Ish chizmalari tasdiqlangan texnik (ish) loyihasiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Ish chizmalarida texnik loyihada bayon etilgan yechimlar aniqlashtiriladi. Ular yer osti, yer usti kommunikatsiyalari va transport yo‘llari ko‘rsatilgan bosh planning chizmalarini va arxitektura- qurilish va texnologik chizmalari, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha chizmalarni, uskuna- jihozlarni buyurtirish uchun spesifikatsiyani, qurilish uchun konstruksiyalar, detallar, buyumlar va materiallarning qaydnomalarini va hikazolarni o‘z ichiga oladi. Smeta hujjatlari - loyihalashtiriladigan obektning smeta qiymatini aniqlash uchun zarur bo‘ladi. Bir va ikki bosqichli loyihalashtirishda jamlanma smeta hisoblari, xarajatlar jamlanmasi, obekt bo‘yicha smetalar tayyorlanadi. Smeta qiymati smeta hujjatlarining kerakli haqqoniyligining va hajmining qisqarishini ta‘minlaydigan yiriklashtirilgan normativlar qo‘llangan holda aniqlanadi. Download 127.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling