Qurilish ekologiyasi va un


Download 64.27 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi64.27 Kb.
#1446707
Bog'liq
2a-Maruza


QURILISH EKOLOGIYASI VA UNING RIVOJLANISHI
8-BOB
QURILISH EKOLOGIYASI
Tayanch iboralar: Barqaror rivojlanish, binolar, biologik jarayonlar, konstruksiyalar, qonun va qoidalar, qurilish muta-xassislari, qurilish ekologiyasi, materiallar, resurslar, sanoat tar-mog'i, tabiiy atrof-muhit, texnologiyalar, ekologik monitoring, ckologik muvozanat, ekotizimlar.
8.1.Qurilish ekologiyasining rivojlanish tarixi

133
Ekologiya tizimlari, yaratilgan muhitni atrofdagi dunyoda o'rganish uchun ularning me'yoriy ufqlaridan ko'prog'iga erish-ganligini, qurnvchilarning jasorati deb tan olishadi. Qanday qilib bizga ekologiya jarayonlarining bilimlari imoratlarning hayot davrini dinamik yo'llardagi muhitning binolarini qurish va qayta ishlashi bilan yaxshiroq sozlashga yordam berishi mumkin? Ekologlar tabiatshunos olimlarning e'tiborini molekulalardan biologik hujayralarga, organizmlarga, aholiga, jamoalarga, manza-ralarga, biosferaga jalb qilish uchun o'tgan yarim asr davomida shunga o'xshash kurashni olib borishmoqda. Mutaxassislar doimo bir-birlarining nuqtai nazarlarini asli holga qaytarib, yana yangilanishini xohlashadi. Faoliyatning atrof-muhitga qanday moslashayotganini baholash masalasi oson va yanada qiyindir. Bu osonlashmoqda, chunki bo'lib o'tgan bir qator krizislar insonlarning uylariga zararli oqibatlarni olib kelganidan so'ng, insonlar yanada ko'proq atrof-muhitni tushunib etishishni xoxlashmoqda. Aslidan ko'ra,ajablanish va noaniqlik muqarrar tuyulgan nuqtadan yaqinroq ko'rilganda, bu yanada murakkab tasvirni ko'rsatadi va shuning uchun ham qiyindir. Kopchilik harakat qilish kerak, deb hisoblashi haqida fan bizga ishonch bera olmasligi mumkin. Ammo bu bizga, bizning savollarimiz va bizning harakatlarimizni yanada dono yo'l bilan dinamik va murakkab biosferamizni tadqiq qilishimiz kerakligini shaklantirishda yordam beradi. Bu zamonni qiyofasi

nima?Biz biologik murakkablikni o'sib borayotgan o'rnini ko'proq tan olganimiz sari sanoat uskunalarining ahamiyati yo'qolib bormoqda. Qanday qilib biz materiallar, oziq moddalar, suv va energiya davrlarining to'qimasidagi millionlar organizmlar, biologik turlar va jamoalarning o'zaro aloqasini tunishni boshlashimiz mumkin? Amerika va Angliya (Charles J. Kibert,Jan Sendzimir,G. Bradley Guy) ekologlari bu masalani tizimlar nuqtai nazaridan muhokama qilishadi. Ular bizga bu g'oyalarni inson bosh panasini yaratish, foydalanishga tiklash va hayotga qaytarish jarayonini boshqarishda ishlatishni taklif etishni o'rmiga,tizimlar (ekologik va boshqalar) qanday qilib qurilish va vayrona bo'lish davrida saqlanib qolishi haqidagi fikrlar xilma-xilligini taklifetishadi2'.
Quyidagi ekolog olimlar fanlar tizimidagi tabiiy va inson tizimlarini tushunishni qo'llanishiga noyob tajribani olib kirishdi.
N.T.Odum meteorologiya va geokimyodan boshlab,bugun ekologiya tizimlari atalmish fanga asoslarni solgan. N.T.Odum "...oxirgi ellik yil davomida tizim fikrlashiga qanday intizom-larni kiritmaganini bilish talabchan topshiriq bo'lardi.” deydi. Oddiylik va ravshanlik bilan orasta ishlaydigan yondashishga to'q-nashayotgan ko'p sohalar bir avlod ekologlar taraqqiyoti uchun fundamental bo'lib, chuqur va har tomonlama tushunishni aks ettiradi.
Jeyms Key qanday qilib, tizimlar o'z tuzilmalarini turli sifat energiyalarning oqimlari va qayta aloqalari funksiyasi sifatida rivojlantirishi haqidagi nazariyani ilgari surishi uchun ishlamoqda va bunday g'oyalarni tajribaga asoslanib boshqarishdagi hududiy yerlarni rivojlantirishda qo'llaydi.
Tim Allen tizimlar qanday rivojlanishi va o'zgarishi haqida test sifatida o'simliklar ustida tajribalar olib borgan va ko'p korxonali (ko'p darajali ko'rsatkich) tizimlar tuzilmasini tushuntirish uchun shajara (ierarxik) nazariyasini rivojlanishiga yetakchi homiy bo'l-gan.

134
21Charles J. Kibert,Jan Sendzimir, and G. Bradley Guy(Edited by 2003) Construction ecology:nature as the basis for green buildings. London and New York p.303.(p.29-35)

Garri Peterson olov qanday qilib o'rmon landshaftining naqsh-larini shakllantiradi va qanday qilib hayvonlar naqshlarga javoban harakatlanishining g'oyasini tekshirish uchun kompyuter model-lashtirishni ishlatadi. Uning modellashtirish ishi Floridadagi (AQSh) uzun bargli qarag'ay o'rmon tajribaga asoslanib boshqaruvning turli g'oyalari uchun sinov maydoni bo'lgan.
Qurilish ekologiyasining aniqlanishi2. Sun'iy atrof-muhitning qurilishi va foydalanishi tabiiy atrof-muhitga iqtisodiyotdagi o'rniga qaraganda nomutanosib ta'sir o'tkazadi. Garchi bu AQShning yalpi ichki mahsulotining 8% tashkil etsa ham,qurilish sohasida qazib chiqarilgan materiallarning 40% sarflaydi. Umumiy yerga ko'mi-ladigan chiqindilarning uchdan birini chiqaradi va o'zining ishi uchun milliy energiya iste'molini 30% tashkil etadi. Sanoat soha-sining muvozanatini saqlash manbalari ishlatish yo'llarining fun-damental o'zgarishlarga va qurilish faoliyatini qo'llab-quvvatlay-digan sanoat jarayonlarining chiqindilariga taalluqli past tan narxli mahsulotlarga bog'liqdir. Qurilish boshqa sanoat turlari kabi tabiiy tizimlarning metapolic xatti-harakatini kuzatishdan yutib,muvoza-natni saqlash elementlarining murakkab yig'indisining xususiyati bo'ladi. Tabiatni o'z sanoati uchun o'rganayotgan, paydo bo'la-yotgan sanoat ekologiyasining sohasi sun'iy atrof-muhitni yoki mu-vozanatli qurilishning ma'nosini anglash qobiliyatini beradi. Bu kitob qurilish sohasini va materiallarni qo*llab-quvvatlaydigan,mu-vozanatni ideallariga yaqinroq qilish uchun bizga tabiiy va sanoat ekologiyasidan tashkil topgan qurilish ekologiyasi tushunchasini, sanoat qurilishlarining turlarini taklif etadi. Bundan tashqari qurilish ekologiyasi bizni hamma narsalar bilan ta'minlaydigan tabiiy tizim-larni o'zi chiga oladigan yirik masshtabli biohududiy “yashil infra-tuzilma"ni o'z yo'lida ichiga oladigan simbiotik, sinenergetik, sun'iy atrof-muhit, tabiiy atrof-muhitning keng qamrovli aloqalarini o'z ichiga oladi.
22
Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, and G. Bradley Guy(Edited by 2003)
Construction ecology: nature as the basis for green buildings.London and New

135
York p. 303.(p.5-12)

Ekotizimlar inson faoliyatini muvozanatli yo'lga o'tkazishda
juda muhim namuna sifatida manba bo'ladi. Jumladan:
·tabiiy jarayonlar ko'proq davriy bo'ladi;
·quyosh nurlari energiyasining oqimidan va organik ombor-lardan ishlaydi;
·pastgi qismlarning funksiyalarining bajarilishini turli tusga kiritib, har bir chegaradagi eguvchanlikni qo'llab-quvvatlaydi;
·turli xil chegaralardagi funksiyalarni ortig'i bilan bajarib, har bir chegaradagi muvozanatni qo'llab-quvvatlaydi;
·murakkab jamoalarning kooperativ aloqalarini rivojlantirib, materiallarning samarali foydalanishini qo'llab-quvvatlaydi;
·tashqi atrof-muhitning o'zgarishlariga javoban moslanuvchan va taraqqiy etish uchun yetarli turli xil ma'lumotlarni hamda funksiyalarni qo'llab-quvvatlaydi.
Inson faoliyati sanoatning quyi tizimiga tabiiy tizimlarni loyihalashtirish tartiblarini qo'llanilishining turli xil yo'llarini ko'rib chiqadi. Tiklanmaydigan resurslardan foydalanishga asoslangan iqti-sodiyotning harakatlanishini qayta loyihalashtirishni olib boradi.
Sanoat tizimlarini rejalashtirish ekologik tizimlarning model-larini moslashishiga asos bo'lib, shakllanayotgan sanoat ekologiyasi yangi-yangi intizomdir. Ekologik sanoatning xususiyatlarini tasvir-laydigan sanoat simbiozini23,atrof-muhitning dizaynini,sanoat me-tabolizmini, ekologik toza ishlab chiqarishni, ekologik samara-dorlikni va boshqa yangi terminlarni o'z ichiga olish uchun oxirgi izlanishlarda sanoat ekologiyasi qayta ko'rilib kengaytirilmoqda. Texnologik vositalardan yana ham kengroq foydalanish uchun hozirgi mavjud sanoat chiqindilarining oqimini boshqa sanoat jarayonlariga manba sifatida ishlatish uchun sanoat simbiozi ekotizimni kuzatishdan hosil bo'lganlarni dars mashg'ulotlarida foydalanishga e'tibor qaratadi. Mahsulot materialining tarkibiy qismlarini qayta ishlatish va ishlashda paydo bo'layotgan intizom, atrof-muhitni rejalashtirish inson loyihalashtirish jarayonini o'zgar-tiradi. Manbalarni ishlatish foydaliligini ko'paytirishni ko'zlab,

136
23Simbioz-ikki xil organizmning muayyan bir muhitda bir-biriga foyda yoki zarar keltirib, birga yashashi.

manbalarni ishlatish va sanoat chiqindilarini ishlab chiqarish haqida lushunchalarni olish uchun sanoat metabolizmi sanoatning kirish, jarayon va chiqishlarini ko'radi. Materialllarni ishlatishning ti-zimli qisqarishi va nazorat qilish hamda mahsulot hayotining oxiriga qadar xom ashyo sifatida foydalanishdan sanoat jara-yonlarining zanjiri bo'ylab ifloslanishning oldini olish ekologik loza ishlab chiqarishdir. Ekologik samaradorlik ishlab chiqarish kompaniyalarini tovar va xizmatlarga material va energiyani ishlatishni kamaytirishga, zaharli chiqindilarni kamaytirishga, materiallarni qayta ishlab chiqarish xususiyatiga ega qilib chiqa-rishga, materiallarning muvozanatli ishlatishni ko'paytirishga, mahsulotning chidamligini ko'paytirishga hamda xizmat ko'rsatish qizg'inligini oshirishga chaqiradi.
Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (Organization for Economic Cooperation and Development (OECD)ga kiradigan davlatlar, bu degani asosiy sanoatlashtirilgan davlatlarda sun'iy atrof-muhitni qurish va ishlatish barcha iqtisodiyot sohalaridan material va energiya manbalarining ishlatilishi eng katta hajmini tashkil etib, tabiiy tizimli modellarni ishlatishdan eng katta foyda olishi mumkin demakdir.

137
Har ikkala bo'g'im (segment)da yangi binolarni tashkil etadigan qurilish materiallarini ishlab chiqarilishini va hozirgi mavjud biro-larni buzib, qurilish materiallarini yangi va qayta loyihalash-tirilayotgan binolarda qo'llanilishini, qanday qilib sanoat muvo-zanatlikga erishishini tushuntiradigan qurilish sanoati yaxshi xizmat qilishi mumkinligini sanoat ekologiyasi ichidagi qurilish ekologiyasi aniqlaydi. Boshqa sanoat tizimlari kabi qurilishda o'tkazish qobiliyatini aniqlash yo'li orqali, ya'ni “metabolizm'ni aniqlash bilan yordam ko'satiladi. Ta'kidlangan ma'lumotda, ikkita tabiiy tizim va rivojlanayotgan sanoat ekologiyasidan olingan ma'lu-motlarni ichiga olish uchun avvalo olingan materiallarning davr-larini, ammo keng miqyosda hududiy energetik va material oqim-larining qurilish sanoatidagi imkoniyati ko'rib chiqiladi. Shu-ningdek, uning tabiiy atrof-muhitga bo'lgan munosabatini o'rganadi. Ko'pincha munosabatlarda qurilish sanoati boshqa sanoat tar-moqlaridan farqlanmaydi. Biroq shunga qaramay yetarlicha farqlar

mavjud bo'lib, ularning uzoq hayotiy davri va materiallarning xilma-xilligi alohida e'tiborni talab qiladi. Shunday qilib, ekologiyani bu sohasiga qo'llash va uning metabolizmini tushunish harakatlari boshqa sanoat tarmoqlariga tutashmagan noyob muam-molarga olib keladi.
Bugungi taraqqiyot davrida ekologiya va qurilish industri-yasining to'qnashuvi yangi ilmiy yo'nalish “qurilish ekologi-yasi”ning shakllanishiga asos bo'ldi.
Qurilish ekologiyasining paydo bo'lishi ekologiya fanining yangi qirrasi bir tomondan qurilish faoliyati atrof-muhit iflos-lanishining eng yirik manbasi va sayyoraning qayta tiklanmaydigan resurslarini sezilarli iste'molchisi sifatida qolayotgani davom etayotgan bo'lsa,boshqa tomondan esa ekologik krizisdan chiqish va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari kabi qurilish tarmog'iga o'tish barqaror rivojlanish yo'lining keskin zaruriyatini yuzaga keltirdi.
Qurilish ekologiyasining muhim asosiy vazifasi insonga va tabiiy ekotizimlarga qurilish texnologiyalarining salbiy ta'sirini tad-qiq etish,ekologik xavfsiz qurilishning barqaror rivojlanish qonun va qoidalarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Qurilish ekologiyasining xususiyatiga“qurilish-tabiiy atrof-muhit" tizimiga o'zaro ta'siri jarayonlarini har tomonlama o'rga-nishga xizmat qiladi.
Qurilish ekologiyasining uslubiy asosi qurilish faoliyati va boshqarish qarorlarini ogohlantirish uchun axborot ta'minoti yoki salbiy ta'sirni kamaytirish bilan bog'liq bo'lgan antropogen xavf-xatarni tahlil va oldindan ma'lum qilish hisoblanadi.
Qurilish ekologiyasi umumiy va amaliy ekologiya, arxitektura qurilish fanlari, kimyo, fizika, muhandislik geologiyasi,tibbiyot, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa fanlardan bilimlarga tizimli asosda ta-yanadi.
Qurilish ekologiyasi o'zining maqomi bo'yicha amaliy eko-logiyaning bir xil tarmog'idan va muhandislik ekologiyasining bir xil tizim ostidan hisoblanadi.

138
Qurilish ekologiyasi ekologik fanlar tizimida yangi yo'nalish sifatida faqat oxirgi 22 yilda jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. 1994-yilda AQShning Tampe shahrida barqaror ekologik qurilish bo'yi-

cha birinchi xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. 1997-yilda Fransiyaning Parij shahrida ikkinchi va 2002-yilda Norvegiyaning Oslo shahrida uchinchi xalqaro anjuman bo'lib o'tdi. Ushbu xalqaro anju-manlarning qarorlarida barqaror qurilish qayta tiklanmaydigan resurslarni eng qulay ishlatish yo'li bilan hayotning sifatini ta'min-lash va qayta tiklanadigan resurslarni doimiy qo'llash maqsadi bilan sog'lom iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlashga, shuningdek biologik xilma-xillik va tabiiy atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamay-tirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerakligi ta'kidlangan.
Qurilish texnologiyalari bilan bog'liq holda atrof-muhit va salomatlik uchun xavf-xatarni har tomonlama o'rganish maqsadi 1997-yilda Shvetsiyada Qurilish ekologiyasi instituti tashkil etildi. Ushbu institut huzurida 1998-yilda qurilish bo'yicha Xalqaro kengashning Butun dunyo kongressi tashkil etildi.
1998-yil 7-12-iyun kunlari Shvetsiyada “Qurilish va atrof-muhit" shiori ostida qurilish bo'yicha Xalqaro kengashning Butun dunyo kongressi bo'lib o'tdi. Ushbu Butun dunyo kongressida quyidagi asosiy muhim muammolar muhokama etildi:
·ekologik xavfsiz qurilish materiallari va texnologiyalari;
·qurilish konstruksiyalarining ishonchliligi va umriboqiyligi ekologik mezon sifatida;
·qurilish barqaror rivojlanish omili.
2002-yilda qurilish industriyasining Yevropa federatsiyasi qurilish faoliyati jarayonida atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to'g'risida qaror qabul qildi. Ushbu chora-tadbirlarda ekologik xavfsiz qurilish materiallari va texnologiyalarni foydalanuvchi qurilish kompaniyalari uchun imtiyozli sharoitlarni yaratish ko'zda tutilgan.
8.2.Qurilish ekologiyasining asosiy yo'nalishlari

139
Ekologiya yaqin vaqtgacha tirik organizmlarning va orga-nizmlarning atrof-muhit o'rtasidagi o'zaro bog'liqligini va ularning yashashi kabilarni o'rgatuvchi biologiya fanining asosiy qismi sifatida ko'rib chiqilayotgan edi. Hozirgi vaqtda ekologiya tabiiy atrof-muhitni va inson faoliyati bilan uning o'zaro bog'liqligini o'rgatuvchi bo'lgan ilmiy fanlar kompleksini aniqlashtiradi.







Qurilish obyektining hayotiy davri




Qurilish texnogenezi




Biosferaga qurilishning salbiy ta'siri




Salbiy ta'sirlardan muhandislik ekologik himoya




Shahar qurilishi ekologiyasi asoslari




Shahar qurilishi maqsadi uchun muhandislik
ekologik izlanishlar




Turar joy va jamoat binolarining ekologik
xavfsizligi







Qurilish materiallari va buyumlarining ekologik
xavfsizligi




Qurilishda energiya va resurs tejamkorlik




Poydevor qurilishi va ekologiya




Qurilishda ekologik huquq




Qurilish sohasida iqtisodiyot ekologiyasi




Qurilishda ekologik monitoring




Ekologik xavfsiz qurilish-barqaror rivojlanish
omilidir


Qurilish ekologiyasi



20-rasm.Qurilish ekologiyasining asosiy yo'nalishlari.

140
Hozirgi zamonaviy davrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojlanishi barcha fanlarning ekologikligi bilan tavsiflanadi. Ekologik bilimlar alohida ahamiyatli bo'lgan biologik fanga to'xtalib qolmasligi bilan ilm-fanda insonning tabiiyatrof-muhit ta'siriga hamda ushbu antropogen jarayonni yumshatish usullariga o'zgartiradi. Geologiya,

kimyo,tibbiyot, fizika, qurilish fanlari va b.q. bilan ekologiyaning to'qnashuvida yangi turdagi bilimlarni, ya'ni geoekologiya, urbockologiya, muhandislik ekologiyasi, qishloq xo'jaligi ekolo-giyasi va sh.k. yaratadi.
Shuning uchun amaliy ekologiyaning tutgan o'rnida muhan-dislik ekologiyasi,geoekologiya, shaharsozlik ekologiyasi va b.q. lanlar mavjudligiga haqlidir.
Hozirgi vaqtda ekologiyaning qurilish bilimlari bilan to'qnashuvida yana bir yangi ilmiy yo'nalish-qurilish ekologiyasi paydo bo'lishiga asos bo'ldi.
Qurilish ekologiyasining asosiy yo'nalishlariga qurilish obyektining hayotiy davri, biosferaga qurilishning salbiy ta'siri, salbiy ta'sir-lardan muhandislik ekologik himoya, turar joy va jamoat bino-larining ekologik xavfsizligi, qurilishda energiya va resurs tejam-korlik, poydevor qurilishi va ekologiya, ekologik monitoring va b.q. kiradi (20-rasm).
8.3. Quruvchilar uchun ekologik ta'limning ahamiyati
Bugungi kunda XXI asrning strategik rivojlanishida hamma e'tirof qilgan ekologik fikrlashning paydo bo'lishini, kasbiy faoliyat jarayonida ekologik oqlangan munosabat hamda qobiliyat va bilim-lar tizimini qamrab olgan ekologik madaniyatning shakllanishi zarur ekanligini belgilaydi.
Qurilish industriyasi iqtisodiyotning barcha poydevori hisob-lanishi sababli,bizning barcha jamiyatimizning barqaror rivojlanish yo'li bo'yicha ko'pchilik hollarda samarali harakatlanishi tabiiy atrof-muhit bilan birga yashashiga bog'liqdir, bu asosan qurilish mutaxassislari uchun dolzarbdir.
Qurilish sohasidagi har bir mutaxassis quyidagilarni bilishi zarur:
1. Asosiy ekologik tushunchalar va tasavvurga ega bo'lishni;
2.Qurilish texnogenezining mohiyatini;
3.Biosferaga va tabiiy ekotizimlarga qurilish faoliyatining salbiy ta'sirlarining ekologik oqibatlarini;

141
4.Qurilish ekologiyasining arxitektura va shahar qurilishi jihatlarini;

5. Turar joylarning ekologik xavfsizligini ta'minlash usullarini;
6.Qurilish materiallari va buyumlariga ekologik talablarni;
7.Qurilish chiqinlarini qayta ishlash va foydalanishga tiklash usullarini;
8.Qurilishda tabiiy atrof-muhitni boshqarish tizimlari asoslarini (me'yoriy texnik hujjatlar, ekologik ekspertiza o'tkazishning asosiy qonun va qoidalari, ekologik menedjment, ekologik monitoring va boshqa ekologik huquqiy jihatlar);
9.Qurilishda ekologik qonun va qoidalar buzilishi xususiyatini hamda unga yuridik javobgarlikning turlarini.
Qurilish sohasidagi har bir mutaxassis quyidagilarni tushunishi lozim:
1.Qurilish obyektining tabiiy ekotizimlarga salbiy ta'siri mu-qarrar obyektivligini va ekologik muvozanatni buzilishini;
2. Ekologik qonun va qoidalarning chuqur ma'nosi “zarar yet-kazmaslik”, bunda quruvchining barcha faoliyatida, ya'ni obyektni loyihalashtirishdan boshlab foydalanishga tiklashgacha bo'lgan davrida singishi shartligini;
3.Qurilish obyektining barcha hayotiy davri bosqichlarida har tomonlama va samarali ekologik nazoratni (ekologik kuzatuvchi) zarurligini;
4.Barqaror ekologik xavfsiz qurilishga o'tishda qurilish faoliyatining asosiy qonun va qoidalarining ekologik ahamiyatini.
Qurilish sohasidagi har bir mutaxassis quyidagilarni bajara olishi shart:
1.Qurilish obyektida yig'ilgan ekologik vaziyatni baholashni va tabiat jarayonlarining tabiiy yurishida o'zining aralashuvining salbiy oqibatlarini oldindan ko'ra bilishni;
2.Qurilishda asoslanmagan ekologik qarorlarga yo'l qo'y-masdan,ekologik qonun va qoidalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida qurilish obyektiga tabiiy ekotizimlar bilan kichik zarar yetkazishning o'zaro ta'sirini ta'minlashni;
3.Qurilish ishlab chiqarilishida resurs sig'imlarni va energiyani kamaytirishni;

142
4.Ekologik xavfsiz qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnologiyalarini tanlashni;

5.Qurilish obyektini va korxonasining ekologik pasportini ta-lablarga moslik bilan tuzishni;
6.Qurilish obyektlarini foydalanishga topshirishda va qurilish jarayonida tezlik bilan aralashish uchun ekologik monitoring ma'-lumotlaridan foydalanishni;
7.Asosiy ekologik tushunchalarni,qonun va qoidalarni tar-g'ibotini o'tkazishni.
Nazorat uchun savollar
1.Qurilish ekologiyasining rivojlanish tarixi qachondan boshlangan va unga tushunga bering?
2. Amerika va Angliya olimlari fanlar tizimidagi tabiiy va inson tizimlarini tushunishni qo'llanishiga qanday tajribani olib kirishgan?
3.Qurilish ekologiyasi qanday aniqlanadi?
4. Ekotizimlar inson faoliyatini muvozanatli yo'lga o'tkazishda qanday muhim namuna sifatida manba bo'ladi?
5.Ekologik toza ishlab chiqarishga ta'rif bering?
6.Ekologik samaradorlik qanday ishlarni amalga oshirishga chaqiradi?
7.Qurilish ekologiyasini shakllanishiga nima asos bo'lib xizmat qildi?
8.Qurilish ekologiyasining muhim asosiy vazifasi nima hisob-lanadi?
9.Qurilish ekologiyasining uslubiy asosi nima hisoblanadi?
10.Qurilish ekologiyasi qanday fanlarga tizimli asosda tayanadi?
11.Shvetsiyada 1998-yilda “Qurilish va atrof-muhit" shiori os-tida qurilish bo'yicha Xalqaro kengashning Butun dunyo kon-gressida qanday muammoli masalalar muhokama etildi?
12.Qurilish ekologiyasining asosiy yo'nalishlariga to'g'risida ma'lumot bering?
13.Quruvchilar uchun ekologik ta'limning ahamiyati nimada?
14.Qurilish sohasidagi har bir mutaxassis nimalarni bilishi, tushunishi va bajara olishi zarur?

133

Download 64.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling