Loyihasini ishlab chiqish corel draw dasturida ranglar bilan ishlash


Download 88.67 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.10.2023
Hajmi88.67 Kb.
#1697580
Bog'liq
1-mavzu (2)



1-MAVZU: MAVZULI KARTALARNI RANGLI JIHOZLASH
LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH 
COREL DRAW DASTURIDA RANGLAR BILAN ISHLASH 
Corel Draw dasturi grafik redaktor bo`lganligi uchun bu dasturda ranglarning 
ahamiyati juda katta. Dasturda 16.7 milliondan ko`proq ranglar politrasi mavjud. 
Ranglarni qanday maqsadga yo`naltirishga qarab turlari tanlanadi.
RGB Bu atama ingliz tilidagi (“Red - Qizil”), (“Green - Yashil”) va (“Blue – 
Ko`k”) so`zlarining bosh harflari qisqartmasidan olingan. Xromatik ranglar 
tizimidir. Ushbu tizim yorug`likning intensivligiga bog`liq. Ya`ni mana shu uch 
asosiy ranglar proporsiyasi orqali boshqa ranglar hosil qilinadi. RGB elektron 
ekranlarda tasvirlanadigan ranglardir.  
CMYK bu atama ham ingliz tilidan olingan Zangori, to`q qizil, sariq asosiy va 
qora qo`shimcha ranglarga asoslangan Subaktiv ranglar tizimidir. Bu tizim 
nurlarning qaytishiga asoslangan. Ya`ni nurlarning qog`oz yuzasida aksidir. 
CMYK nashr qilishda ishlatilinadi.
RGB va CMYK ning nima farqi bor ? 
Ushbu ikki ranglar tizimi bir-biridan ranglarni qanday hosil qilishi bilan farq 
qiladi. Sodda qilib aytganda RGB lampalar orqali hosil qilinsa, CMYK esa 
bo`yoqlar yordamida hosil qilinadi. RGB ning imkoniyatlari CMYK nikiga 
qaraganda ko`proq. Ranglar soni ham shu kabidir. Afsuski ko`p ranglarni qog`ozda 
aks ettirishning iloji yo`q. 
RGB ekranlarda tasvirlanadigan ranglar, CMYK esa qog`ozga tushirilgan 
ranglardir. Shuning uchun Corel Draw dasturida ish boshlayotganingizda qaysi 
maqsadda tasvir yaratayotganingizga qarab ranglar politrasini tanlashingiz kerak. 
Dasturda ranglar bilan ishlash qulay. Ranglarni tanlash ish stolining o`ng tomonida 
joylashgan bo`ladi. Biror shakl yoki chiziqlar rang berish uchun dastlab shakl 
belgilanadi va ranglardan biri tanlanadi. Yopiq shaklga rang berish uchun 
sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Chiziqqa rang berish uchun esa 
sichqonchaning o`ng tugmasi bosiladi. 


Dastlab «Handcolored» (qo‘lda bo‘yalgan) kartalar nashr qilinishi boshlanganda 
kartalarda rangli tasvirlar ko‘rina bosh- ladi. Shunday bo‘lsada, XIX asrda rangli 
kartalarni katta hajm- da ishlab chiqish imkoni yo‘q edi. Hattoki XX asrda ham 
rang- li kartalar qimmatbaho hisoblanib, faqatgina yirik loyihalarda va atlaslarni 
yaratishda qoilanilgan. Jurnal, gazetalar yoki boshqa materiallarda kartalar oq-qora 
ranglarda tasvirlangan. Hozirgi kunda kompyuterlar, rangli monitorlar va rangli 
printerlarning yaratilishi hisobiga rangli kartalar keng tarqala boshladi. Burning 
natijasida har qanday kartografiya sohasiga yaqin kishilar ham kartalarda 
ranglardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi. Ranglar kuchli vizual 
effektlarni tasvirlaydi. Bu esa kartaning har xil elementlarini o‘qishda, kartadan 
foydalanuvchilarning e’ti- borini qaratishga yordam beradi. Ranglarni loyihalash 
ishlarini bajarish, moslashuvchanlikni (o‘zgarishni) ta’minlaydi; u yerning shaklini 
larqlashda, quruqlik bilan suvni farqlashda hamda kate- goriyalarga ajratishda ham 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, yollar va temiryo‘llar qurilishi, qishloq va shahar 
yo‘llari, o‘sim- lik turlari. Ranglardan kategoriyalarni iyerarxiyalarga ajratishda 
foydalaniladi. Bunday holatlarda kategoriyalar va iyerarxiyalarni oq-qora rangdagi 
kartalarda ham tasvirlash mumkin, lekin rang turlari ning ko‘pligi bu karta 
dizaynining imkoniyatlariga sezilarli ta’sir qiladi. Odatda ranglardan foydalanish 
xohishga qarab amalga oshiri- ladi, lekin bu kartograflar uchun karta dizaynining 
eng yirik muammolaridan biri hisoblanadi. Rang tipografiya (nashr qilish) sifatida 
eng ko‘p tanqid qilinadigan jihat hisoblanadi. Odatda kartadan foydalanuvchilar 
ranglar yordamida o‘zlariga yoqadi- gan va yoqmaydigan elementlarni 
aniqlashtiradilar. Oq-qora rangdagi kartalarni loyihalashtirishdan ko‘ra rangli 
kartalarni loyihalashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda (rangli 
kartalarni loyihalashtirishda) kartadagi voqea va hodisalarni va elementlarni 
ranglar bilan tasvirlashda ularning (ranglarning) uyg'unlashuvini, bir-biridan 
farqlanishini, boshqa ranglar bilan mosligini e’tiborga olish lozim. Ranglarni ro‘y- 
xatdan o‘tkazish (taqqoslash) nashr qilinadigan kartalar uchun muammo tug‘dirishi 
mumkin va badiiy asarlarni tayyorlashda murakkabliklarga olib kelishi mumkin. 
Biz «ranglar» haqida so'zlaganimizda ko‘zimiz va miyamiz- dagi reaksiyalar 


ta’sirida elektromagnit spektrining bir bo4lagiga murojaat qilamiz .Elektromagnit 
toiqinlarining spektri bu hamma energiyaning yorug‘lik tezligida harakatlanishidir. 
U o‘zida radio to‘lqinlami, rengen nurlarini, infraqizil to'lqinlarni, ultrabinafsha 
to‘lqin- larni, m ikrotolqinlarni hamda biz ko‘radigan spektr oralig'ida- gi ranglarni 
mujassamlaydi. Elektromagnit spektrining kichkina bo‘lagini inson ko‘zi ko‘rish 
imkoniyatiga ega. Bu bo‘lak ko‘ri- nadigan spektr deb nomlanadi va o‘zida 0,4 dan 
0,7 mikrometr (mkm) to‘lqin uzunligiga teng energiyani tarqatadi (mikrometr- 
ning milliondan bir bo‘lagini tashkil etadi). 0,45 mkm diapazon- dan 
boshlanadigan rangli to‘lqinlarda ko‘k rang hamda 0,65 mkm uzunlikda qizil rang 
paydo bo‘ladi. Agarda rang manbayi ushbu to‘lqin uzunliklarining barchasini 
tarqatsa, unda oq rang paydo bo‘ladi. Quyoshdan keladigan nurda barcha to‘lqin 
uzunliklari mavjud bo'lib, agarda ushbu nurlar osmondan tushayotgan yomg‘ir 
tom- chilarida sinsa, unda bizga ko'rinadigan eng qisqa to‘lqin uzunliklarining 
qaysi tartibda joylashishini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni binafsha rang, to‘q ko‘k 
rang, ko‘k, yashil, sariq, to‘q sariq va qizil . Bir xil jilodagi yashil, qizil va ko‘k nur 
birlashishi natijasida oq nur hosil bo‘ladi. Modomiki ushbu uch xildagi (yashil, 
qizil va ko‘k ranglar) to‘lqin uzunliklarini har xil birlashtirishi natijasida inson 
ko‘ziga ko‘rinadigan barcha ranglarni yoki oq rangni ishlab chiqishimiz mumkin 
va buni praymeriz deb atashadi.
Boshqa rang turlarini shakllantirish uchun har xil uzunlik- dagi to‘lqinlar bir-
biriga qo‘shiladi va bu birlashmali praymeriz deb ataladi .Rangli monitorlar va 
televizor ekranida- gi ranglar birlamchi va qo‘shimcha ranglardan tashkil topadi. 
Ular kompyuter ekrani orqali kartalar bilan ishlashda ishlatiladi. Hozirda bu sohada 
batafsil tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ranglarning inson ruhiyatiga 
fiziologik ta’siri: Qizil— qo‘zg‘atuvchi, elituvchi, serharakatlikka undovchi, sin- 
guvchi rang hisoblanadi. Butun organizmni hakatlantiradi, qon bosimini oshiradi
nafas olishni tezlashtiradi. Zarg'aldoq — qizil singari, unga o‘xshash ammo sustroq 
ta’sir etuvchi. 
Sariq — fiziologik jihatdan optimal, charchatmaydigan, nerv va ko‘rish 
faoliyatini stimullashtiruvchi. Yashil — fiziologik jihatdan optimal, ko‘rish 


organiga eng ta- nish, orombaxsh, qon bosimini kamaytiradi, kapillyarlarni ken- 
gaytiradi, tinchlantiruvchi, mushak harakatlarini qo‘zg‘atuvchi va hokazo.
Havorang — tinchlantiruvchi, mushaklar tarangligini va qon bosimini pasaytiradi, 
tomir urushini maromlashtirib nafas olish- ni sekinlashtiradi. Ko‘k — 
tinchlantiruvchi, ta’siri asta-sekin siqilishga, ezilishga eltib boradi. Insonning 
fiziologik tuzilishi tizimi funksiyalarini to‘silishiga olib keladi. Binafsha — qizil 
va ko‘k ranglar effektini o£zida mujassam- lashtiradi. Asab tizimini siquvchi, 
ezuvchi kabi ta’sir qiladi. Umuman olganda turlicha och ranglar tonlari masalan, 
qizil, sariq, ko‘k, yashil, zarg‘aldoq va hokazo ranglarning oq rang qo'shilib yoki 
o‘zaro aralashmasidan hosil bo'lgan tonlar kishi ru- hiyatiga murakkablashgan, 
nozik tuyg‘u chaqiradi va turlicha hissi- yot qo‘zg‘atadi. Masalan, tongdagi osmon 
o‘ziga xos va kechki namozshom osmoni kishiga o£zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. 
Bunda osmonda sodir bo‘layotgan nyuansli ranglar majmuasini farqlay olgan holda 
kishining kayfiyati o‘zgaradi. Shuningdek, har bir toza yoki aralashgan rang odam 
ongida assotsiativ tuyg‘ularni chaqiradi. Jismoniy assotsiatsiyalar: ranglar vaznli, 
haroratli, fakturali va akustikali assotsiativ ko‘rinishga egaligini ta’kidlashadi. 
Masalan, ranglar og‘ir, yengil, havodor, bo‘g‘iq, bosiq ko‘rinishda (vaznli); issiq, 
sovuq, muzdek, kuydiruvchi (haroratli); yumshoq, qattiq, silliq, g‘adir-budir 
(fakturali); sekin, jarangdor, bo‘g‘iq, musiqa- viy (akustik) ko‘rinishlarda yoki 
bo‘rtib chiquvchi, uzoqlashuvchi, chuqurlikni eslatuvchi, yuzida bo‘lib ko‘rinuvchi 
kabi fazoviylik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Emotsional assotsiatsiyalar chaqiruvchi: 
ijobiy, quvnoq, yo- qimli, ko‘tarinki, dadil, lirik; salbiy, g‘amgin, lanj, zerikarli, 
fojiali, sentimental; xolis-sokin, vazmin, bosiq, ahamiyatsiz. 
Shunday qilib biz keltirgan har bir rang albatta biror fe’limizga to‘g‘ri keladi. 



Download 88.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling