Loyixanining umumiy qiymati


Download 331.5 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi331.5 Kb.
#1516336
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Автотранспорт воситасида йўловчи ташиш хизмати

3. MARKETING REJASI
Bugungi kunda respublikamizda xususiy tadbirkorlik keng rivojlangan bo’lib, turli xil yo’nalishlarda axoliga mayishiy xizmat ko’rsatuvchi korxonalar mavjud.
Korxona tomonidan bugungi kundagi bozor xolati bo’yicha aholiga transport xizmatlarini ko’rsatuvchi raqobatdosh korxonalarning ayrim xizmat turlari hamda ularning narxlarini o’rganib chiqildi.
3-ilovadagi jadvalda raqobatdosh korxonalarning narxlari xamda korxonaning imtiyozli narxlari ko’rsatib o’tiladi.
Ma’lumki, xar bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlashdan avval bozor xolatini o’rganib chiqadi.
Korxona raxbariyati tomonidan xam bugungi kunda axoliga transport xizmat ko’rstuvchi korxonalarning bir kunlik ish faoliyati o’rganib chiqilganda, jami bir kunda o’rtacha ––––––––so’mlik xizmat ko’rsatishi aniqlandi.
Loyixani amalga oshirish jarayonida mavjud raqobatchilarni o’rganish, ularning ustunlik va kamchilik tomonlarini, ularning bozordagi xolatlarini, xarakatlarini, mijozlar bilan muomlasini, reklama faoliyatini, umuman olganda umumiy xizmat ko’rsatish jarayonini o’rganib, taxlil qilib, ana shu natijalarga asosan ish yuritish juda muximdir. Chunki, xozirgi bozor munosabatlari shakllanib, rivojlanib borayotgan bir paytda, raqobatchilarga nisbatan e’tiborsiz xarakat qilish salbiy natijalarni keltirib chiqarishi, xususan mijozlar sonining kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Shu boisdan mazkur loyixani amalga oshirishda raqobatchilar faoliyatini o’rganib, taxlil qilib borishga aloxida e’tibor qaratiladi.
Iktisodiyotning kaysi yo’nalishida bo’lishidan kat’iy nazar maxsulot va xizmatlarini rivojlantirishda reklama aloxida o’rin egallaydi.
Korxona tomonidan bugungi kundagi bozor xolatini o’rganishi natijasida shu narsa aniq bo’ldiki, yangi tashkil etilayotgan korxonalar tez fursatda ichki bozorda o’z o’rinlarini egallash maqsadida turli reklamalarga aloxida e’tibor qaratganlar.
Korxona yuqorida aytib o’tilganidek loyihani asosan Yozyovon tumani hamda Marg’ilon shahrida amalga oshirirayotganligi sababli asosiy xizmatlarni xam shu er aholisiga ko’rsatiladi.
“____________” korxonasi bugungi kundagi bozor xolatini o’rgangan xolda o’z xizmat turlarini kengaytirishni rejalashtirgan.
Ma’lumki, yoz oylarida ko’pchilik shaxar tashqarisidagi salqin va so’lim go’shalarga dam olish uchun boradilar. Shu bilan birga Bunga ko’ra korxona xusussiy korxonalar ishchilarini dam olish uchun farqli o’larok o’z a’zolariga mijozlardan buyurtma oladi, lekin 30% li buyurtma xaqini o’rniga mijozlar korxona faoliyatini boshqa xaydovchilarga reklama tarzda tavsiya etadilar. Bu esa korxonaning mijozlar sonini ortishiga olib keladigan yana bir qulay vaziyatdir.
Korxona o’z xizmatlarini samarali va sifatli bajarilishini xamda a’zolar bilan o’z vaqtida xisob kitob ishlarini amalga oshirish, yuzaga keladigan raqobatdoshlikdagi ustunlikni ushlab turish va korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida korxona muntazam ravishda quyidagi xolatlarni nazoratiga olishni rejalashtirgan jumaldan:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling