Lisoniy lug’atlar ham dastlab ikki turga – umumiy va xususiy (maxsus) lug’atlarga bo’linadi. U m u m i y l u g’ a t l a r d a umumtil birliklari, ularning ma’nolari va qo’llanish xususiyatlari izohlanadi. Bunday lug’atlar bir tilli, ikki tilli, ko’p tilli, izohli, izohsiz bo’lishi mumkin. "o’zbek tilining izohli lug’ati" (ikki tomli, 1981 y.), "o’zbekcha-ruscha lug’at" (1959), "Ruscha-o’zbekcha lug’at" (besh tomli, 1950-1955) va boshqalar shular jumlasidandir. X u s u s i y (m a x s u s) l u g’ a t l a r d a tilning lug’at boyligidagi birliklar ma’lum sohalar bo’yicha yoki shu tildagi ma’lum mikrosistemalar, guruhlar bo’yicha tanlab izohlanadi. "Ruscha-o’zbekcha fizik terminlar lug’ati" (M.D.Yagudev, R.X.Mallin, 1952), "Ruscha-o’zbekcha matematik terminlar lug’ati" (M.Sobirov, 1952), "o’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati" (A.hojiev, 1974), "Lingvistik terminlarning izohli lug’ati" (A.hojiev, 1985), "o’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 1978), "Imlo lug’ati" (Olim Usmon, 1949), "o’zbek tilining imlo lug’ati" (S.Ibrohimov, E.Begmatov, A.A.Ahmedov, 1976), "o’zbek ismlari" (E.Begmatov, 1991), "o’zbek tili omonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, 1984), "o’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati" (SH.Rahmatullaev, N.Mamatov, R.SHukurov, 1980), "Ruscha-o’zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug’ati" (Q.Zokirov, M.M.Nabiev, o’.Pratov, h.Jamolxonov, 1963) va boshqalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |