Lug‘atlardan tez va o‘rinli foydalanish uchun o‘quvchi zarur


Download 31.5 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1108443
Bog'liq
Lugat


Lug‘atlardan tez va o‘rinli foydalanish uchun o‘quvchi zarur 
malakalarga ega bo‘lishi lozim. Ana shu malakalardan eng muhimi 
alifbo tartibini puxta bilishdir. Alifboni yoddan bilmagan o‘quvchi 
lug‘atdan zarur so‘zni tez topa olmaydi. Shuning uchun 
o‘quvchilarning alifbo tartibini yaxshi bilishlariga erishish lozim. 
O‘quvchi qanday sharoitda qaysi lug‘atdan foydalanish kerakligini 
ham bilishi lozim.
O‘quvchi yoshlarning mustaqil fikrlash faoliyatlari nutqiy 
(yozma, og‘zaki) jarayonda so‘zlar orqali namoyon bo‘ladi. O‘quvchi 
so‘z boyligining holati so‘zlarni o‘rnida qo‘llash masalasi kabi muhim 
omillar fikr va nutq birligini ta’minlaydi. Ona tili darslarida 
o‘quvchining mustaqil fikrlash malakalarini hosil qilish maqsadida, 
eng avvalo, ularning lug‘at boyligiga e’tiborni qaratish lozim. 
O‘quvchining so‘z boyligi uning o‘qigan badiiy asarlari, turli ilmiy-
ommabop adabiyotlar, darsliklar, ommaviy axborot vositalari
to‘plangan ma’lumotlari orqali belgilanadi. So‘z boyligi yillar 
davomida ongli va ongsiz tarzda to‘planadi. Ona tili darslarida 
o‘quvchi xotirasida to‘plangan so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish, ularni 
talaffuz qilish, xatosiz yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. 
Nutqni rivojlantirish bilan birga bugungi kunning eng dolzarb 
muammolaridan biri savodxonlik–imloviy xatolarni kamaytirishga 
ham erishish mumkin.
Agar «Imlo lug‘ati» va boshqa lug‘atlar bilan ishlash shu tarzda 
yo‘lga qo‘yilsa, biz ona tili ta’limidagi uzluksizlikning bir jihatini 
ta’minlashga erishamiz. «Ona tili ta’limidan asosiy maqsad 
«o‘quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy 
vositalaridan nutq jarayonida samarali va o‘rinli
foydalanish 
ko‘nikmalarini, fikrni turli yo‘sin va shakllarda ifodalay olish 
malakalarini hosil qilishdan iborat ekan, bunga erishishni boy va 
barkamol so‘z xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun 
so‘z boyligi omili davlat standartida muhim o‘rin egallashi lozim»,–
deya mutaxassis olimlar o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishda 
lug‘atlar bilan ishlash omilining muhimligini bayon qiladilar.
1
O‘quvchilarni lug‘atlar bilan ishlashga o‘rgatishni ko‘p hollarda 
5-sinfdan boshlash lozimligi ta’kidlanadi. Bizningcha esa, lug‘at bilan 
ishlashga o‘rgatishni tizimiy bir shaklda boshlang‘ich ta’limdayoq 
boshlash maqsadga muvofiqdir.
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling