Lug‘atlardan tez va o‘rinli foydalanish uchun o‘quvchi zarur
Download 31.5 Kb.
|
Lugat
Lug‘atlardan tez va o‘rinli foydalanish uchun o‘quvchi zarur malakalarga ega bo‘lishi lozim. Ana shu malakalardan eng muhimi alifbo tartibini puxta bilishdir. Alifboni yoddan bilmagan o‘quvchi lug‘atdan zarur so‘zni tez topa olmaydi. Shuning uchun o‘quvchilarning alifbo tartibini yaxshi bilishlariga erishish lozim. O‘quvchi qanday sharoitda qaysi lug‘atdan foydalanish kerakligini ham bilishi lozim. O‘quvchi yoshlarning mustaqil fikrlash faoliyatlari nutqiy (yozma, og‘zaki) jarayonda so‘zlar orqali namoyon bo‘ladi. O‘quvchi so‘z boyligining holati so‘zlarni o‘rnida qo‘llash masalasi kabi muhim omillar fikr va nutq birligini ta’minlaydi. Ona tili darslarida o‘quvchining mustaqil fikrlash malakalarini hosil qilish maqsadida, eng avvalo, ularning lug‘at boyligiga e’tiborni qaratish lozim. O‘quvchining so‘z boyligi uning o‘qigan badiiy asarlari, turli ilmiy- ommabop adabiyotlar, darsliklar, ommaviy axborot vositalari, to‘plangan ma’lumotlari orqali belgilanadi. So‘z boyligi yillar davomida ongli va ongsiz tarzda to‘planadi. Ona tili darslarida o‘quvchi xotirasida to‘plangan so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish, ularni talaffuz qilish, xatosiz yozish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi. Nutqni rivojlantirish bilan birga bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri savodxonlik–imloviy xatolarni kamaytirishga ham erishish mumkin. Agar «Imlo lug‘ati» va boshqa lug‘atlar bilan ishlash shu tarzda yo‘lga qo‘yilsa, biz ona tili ta’limidagi uzluksizlikning bir jihatini ta’minlashga erishamiz. «Ona tili ta’limidan asosiy maqsad «o‘quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy vositalaridan nutq jarayonida samarali va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini, fikrni turli yo‘sin va shakllarda ifodalay olish malakalarini hosil qilishdan iborat ekan, bunga erishishni boy va barkamol so‘z xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘z boyligi omili davlat standartida muhim o‘rin egallashi lozim»,– deya mutaxassis olimlar o‘quvchilarining so‘z boyligini oshirishda lug‘atlar bilan ishlash omilining muhimligini bayon qiladilar. 1 O‘quvchilarni lug‘atlar bilan ishlashga o‘rgatishni ko‘p hollarda 5-sinfdan boshlash lozimligi ta’kidlanadi. Bizningcha esa, lug‘at bilan ishlashga o‘rgatishni tizimiy bir shaklda boshlang‘ich ta’limdayoq boshlash maqsadga muvofiqdir. Download 31.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling