Luqmon bo`rixon


Asar nomi, janri va muallifning ijodiy metodi


Download 492.16 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi492.16 Kb.
#1557744
1   2   3
Bog'liq
Sunnatova Zebo 2027-gr

2. Asar nomi, janri va muallifning ijodiy metodi

  • Asar nomi : “Singan qanotlar”
  • Janri: qissa
  • Metodi: falsafiy ta`limot

3. Yozuvchi uslubi

Asar muallifi faylasuf va rassom bo`lganligi bois qissadagi gaplar faylasufona san`at namunasidir. Jubron Halilning gapga chechanligi, oddiy fikrlarni ham mahorat bilan ifoda eta olishi, asardagi har bir gap hatto so`z ham bevosita va bilvosita ongni harakatga keltirishi, xar bir jumla qalbni junbushga keltira olishi muallifni naqadar yuksak mahorat egasi ekanligidan darak beradi. So`zlarning “chertib-chertib” tanlanganligi, birlashgan jumla bahor kabi go`zalligi Jubronning rassomligini yaqqol ko`rsatib beradi, negaki bunday nozik did faqat rassomlarga xosdir.

4. Asarning tematik tasnifi

Romantik

5.ASAR MAVZUSI

  • Bu asarda oshiq yigitning alamli kechinmalari, dard-u sitamlari, malaksimo bir qizning alamli taqdiri, sevgi deb urishdan to’xtamagan yuragining farzand dog’ini ko`tara olmay halok bo`lishi, sodda, odamlar qavili bo`yicha oxiratga begunoh holda rixlat qiluvchi kam sonli kishilarning biri bo’lmish Foris Karamiyning ilojsizligi, dinni niqob qilgan arxieskopning ochko`zligi, Mansurbekning xudbinligi bayon qilinadi.

6. Asar sarlavhasi haqida fikrim

  • Qissa “Qayrilgan qanotlar” deb nomlanishi asardagi betakror Salmaning Tangriga bo`lgan duosidan olingan. U barcha qayrilgan qanotlarga quvvat ber deb duo qilardi. Bundagi “qayrilgan qanot” o`zi, sevgilisi va otasi edi ya`ni qanoti qayrilgan umidsiz qahramonlar . Asarga bunday sarlavha qo`yilgani kitobxonni qiziqtirmay qolmaydi, albatta.

7.Asar syujeti

Asar syujeti konsentrik bo`lib, bundaqissadagi voqealar orasidagi sabab-natija muhim ahamiyat kasb etadi. Asar syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etayotgan qahramonlarmasalasiga bevosita bog`liq. Chunki sujet asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va eng muhimi haqiqiy badiiy asarlarda qahramonlar o`z dardi dunyosi bilan namoyon bo`ladi.


Download 492.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling