Tushda kechgan umrlar


Download 39.4 Kb.
bet1/3
Sana26.01.2023
Hajmi39.4 Kb.
#1124991
  1   2   3
Bog'liq
Badiiy asar tahlili Islombekova Mohizoda


2. Asar nomi, janri va muallifning ijodiy metodi

  • Asar nomi: “ Tushda kechgan umrlar”

  • Janri: roman

  • Ijodiy metodi: realism

3. Asarning tematik tasnifi
Asarning tematik tasnifi shuki, u realizmda yozilgan. Hamda qisman yurtimiz tarixini ham yoritib o’tadi

4.Asar mavzusi
Asar mavzusi Afg’on urushining oqibatlari, uning insonlar taqdiriga ko’rsatgan salbiy ta’siri va barbod bo’lgan kelajagidir. Uning oqibatida barbor bo’lgan oila tasviri orqali yoritib berilgan.
5.Asar g’oyasi
Ushbu asarda ikkinchi jahon urushi yillaridan tortib, totalitar tuzum davri qatag’onlari, afg’on urushi oqibati, , o’nlab hamyurtlarimiz qalbidagi bitmas jarohatlari, yaqin o’tmishda paydo bo’lgan “paxta ishi”, “o’zbek ishi” kabi g’ayrishuuriy gaplar va uning natijasida ro’y bergan fojialar, zamondoshlarimizning ajib qismatlari, barbod bo’lgan orzu-umidlar so’ngan sevgi yulduzlari juda qiziqarli hikoyalar vositasida tasvirlangan. Bu asar orqali adib asli zamondoshimiz bo’lgan ba’zi “qahramonlar” ning asl qiyofasini ro’y-rost tasvirladi. Xalqimiz ichidan chiqqan yovuz ruhlarni ham to’lig’icha ochib bergan. Ulardan biri Soat G’aniyev. Hatto millatining tayini yo’q bu kimsa bir tomondan xalqimiz boshiga ne ne ko’rguliklar slogan bo’lsa, ikkinchi tomondan u o’sha qonli tuzum- sovt jamiyatiga, kommunistik partiyaga ham vafo qilgan emas. Qonunni o’rtaga qo’yib qanchadan-qancha begunoh insonlarning gunohini turli inson nomiga dog’ tushiradigan, vahshiyona usullar bilan “bo’yniga qo’yadi “
Asarning yana bir g’oyasi bu Vatan tuyg’usidir. Ammo asarda bu tuyg’udan mosuvo bo’lganlar hayotini kuzatib xulosa chiqaramiz. Komissar, Grisha, Dimalarda bu tuyg’u tomir ham otmagan. Ularning hayotini aslida tushga qiyoslasak bo’ladi
Roman oxirrog’ida shunday lavha bor: afg’on urushida jarohatlanib qatrgan Rustam o’z yurtida adolatsizliklarga uchraydi. Bir umr mehnat qilgan otasi “paxta ishi” bo’yicha qamalgan, Rustam qayerga adolat izlab bormasin, hamma joydan haydalgan, eng ayanchlisi, urush jarohati uni notavon qilib qo’ygan.

Download 39.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling