Luqmonov Dilshod 411-19 gurux talabasi Tarmoq boshqaruvi fanidan 6-Laboratoriya ishi


Download 30.45 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi30.45 Kb.
#1323746
Bog'liq
6-labaratoriy

Luqmonov Dilshod 411-19 gurux talabasi
Tarmoq boshqaruvi fanidan

6-Laboratoriya ishi


Ethernet interfeysi va link konfiguratsiyasi


Ishdan maqsad: Ethernet interfeysini va link konfiguratsiyasini sozlash bo„yicha ko„nikmalarni hosil qilish.


Nazariy qism


Kanallarni birlashtirish (link aggregation) - shuningdek, Eth-Trunk deb ham ataladi, bu bir nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beruvchi texnologiya. Ushbu kombinatsiya kanalning o„tkazuvchanligini va ishonchliligini oshirishga imkon beradi. Kanallarni birlashtirish ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator o„rtasida, kommutator va xost o„rtasida sozlanishi mumkin. Tegishli kanallar bir-birini takrorlaydi va ishonchlilikni oshiradi.
Tarmoq kengaygan sari foydalanuvchilar Ethernet magistral tarmog„ining o„tkazish qobiliyati va ishonchliligiga tobora ko„proq talablar qo„yadilar. Dastlab, foydalanuvchilar tarmoq o„tkazish qobiliyatini oshirish uchun eski qurilmalarni almashtirish uchun yuqori tezlikdagi qurilmalardan foydalanganlar. Biroq, bu yechim qimmat va moslashuvchan emas.
Kanallarni birlashtirish jismoniy interfeyslar guruhini qurilmani yangilamasdan bitta mantiqiy interfeysga birlashtirib, o„tkazuvchanlikni oshirishga yordam beradi. Bunga qo„shimcha ravishda, kanallarni birlashtirish kanallarni zaxiralash mexanizmlarini ta‟minlaydi, bu ularning ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi.
Kanallarni birlashtirish quyidagi afzalliklarga ega:

  • o„tkazish qobiliyati oshadi;

  • kanallarni birlashtirish interfeysining o„tkazish qobiliyati a‟zo interfeyslarning o„tkazish qobiliyati yig„indisidir;

  • yuqori ishonchlilik;

  • faol kanal ishlamay qolganda, ushbu faol kanaldagi trafik boshqa faol kanalga o„tadi, bu kanallarni birlashtirish interfeysining ishonchliligini oshiradi;

  • yuklarni muvozanatlash (balanslash);

  • bog„lanishlarni birlashtirish guruhida (link aggregation group, LAG) trafik a‟zo interfeyslarining faol kanallari o„rtasida taqsimlanadi



Topshiriq


LSW1 va LSW2 kommutator, 7 ta ShK dan tashkil topgan tarmoqni LSW1 va LSW2 o’rtasida LACP rejimini sozlang.


Ushbu laboratoriya ishida quyidagi vazifalar bajariladi:

  • LSW3 va LSW4 kommutatorlar interfeyslarini 6.3-rasmda ko„rsatilganidek sozlang va tekshiring;

  • Eth-Trunk-ni yarating va kanallarni birlashtirishni amalga oshirish uchun Eth-Trunk-ni LACP rejimida ishlashga sozlang;

  • Eth-Trunk-ga a‟zo interfeyslarni qo„shing;

  • LACP tizimining ustuvorligini o„rnating;

  • Ishonchlilikni oshirish uchun faol interfeyslar sonining yuqori chegarasini belgilang;

  • LACP interfeysiga ustuvorlik bering va faol interfeyslarni aniqlang, shunda yuqori ustuvorliklarga ega interfeyslar faol interfeyslar sifatida tanlanadi.





























Xulosa
Men Bu labaratoriya ishidan Switchlar orasida qo’shimcha kanallar hosil qilishni o’rgandim, Bu bizga ko’proq ma’lumot almashinishga, paketli ma’lumotlarni almashish tezligini oshirishda yordam beradi. Qurilmalarni bunday imkoniyatga yetishi uchun qo’shimcha yangi zamonaviy qurilmalar talab qilishi mumkin bu esa ortiqcha xarajatga olib keladi. Switchlar orasidagi kanallarni birlashtirish tarmoq kanali ishonchliligini ta’minlaydi, birorta kanal ishdan chiqadigan holatda ikkinchi asosiy kanal orqali a’lumot almashiniladi
Download 30.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling