Lutfiy sheʼriyati obrazlari reja: kirish asosiy qism
Download 90.69 Kb.
|
Lutfiy sheʼriyati obrazlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning ob’ekti
- Kurs ishining predmeti
Tadqiqotning vazifalari:
- Lutfiy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish; - shoirning adabiy merosi masalasi xususida fikr yuritish; - shoir devoni va uning janrlar tarkibini o’rganish; - shoir lirikasining mavzu va g’oyalar ko’lamini tahlil qilish; - shoir lirikasidagi yor va oshiq obrazlari tasnifi; - shoir lirikasini chuqur o’rganish va mazmun – mohiyati haqida fikr yuritish. Tadqiqotning ob’ektini Lutfiyning ona tilidagi asarlaridan iborat devoni o’z davridayoq Xuroson va Movarounnahrdan tashqari turkiy tilda so’zlashuvchi ko’pgina o’lkalarga ham kirib borgan edi.Keyin hudud yanada kengayib bordi. Shoir devonining Respublikamizdan tashqari ko’pgina mamlakatlar kutubxona xazinalarida saqlanayotgan qo’lyozmalari shundan dalolat beradi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik universiteti, shuningdek, Qo’lyozmalar insituti fondlarida Lutfiy devonining o’nlab nodir nusxalari saqlanadi. Ushbu manbalar devonning London va Parij nusxalari bilan qiyosiy o’rganilib, shoirning qator “Saylanma” nashrlari yaratildi. 1987-yilda G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida chop etilgan Lutfiyning “Sensan sevarim” nomli to’plami so’nggi o’n yillikda nashr etilgan devonini tahkil etadi. Kurs ishining predmetini Lutfiy ijodining ilmiy biografiyasini yoritish, lirik merosini g’oyaviy-badiiy xususiyatlarini o’rganish va adabiy merosini mazmun-mohiyatiga ko’ra tahlil qilishni tashkil etadi. Tadqiqot usullari. Kurs ishida ilmiy sharh, qiyosiy-tarixiy, tavsiflash, sistemali yondashuv, nazariy va ma’rifiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Lutfiy lirikasi mavzu jihatidan nihoyatda rang-barangdir. Sevgi-muhabbatni ulug’lash – shoir g’azaliyotining asosiy mavzuidir. Shoir mana shu umrboqiy mavzu atrofida hayot go’zalligidan zavqlanish, tabiatning fusunkor manzaralaridan bahramand bo’lish, odamiylik, yuksak insoniy fazilatlar: mehr-muhabbat, vafo va sadoqat kabilar haqida keng mushohada yuritadi, olam va odam xususidagi teran mulohazalarini badiiylashtiradi. Lutfiy mumtoz adabiyot an’analari, xalq og’zaki ijodining bebaho durdonalaridan bahramand bo’lib g’azaldagi markaziy obraz-ma’shuqani ohori to’kilmagan baytlarda tavsif etadi .Lutfiy she’rlari Alisher Navoiygacha yaratilgan o’zbek mumtoz adabiyotining g’oyaviy va badiiy jihatdan, o’ziga xos uslubi nuqtai nazaridan eng yuksak namunalari sanaladi. Shoir, ayniqsa, g’azalnavislikda shuhrat qozonadi. Turkiy adabiyotda vujudga kelgan tuyuq janri taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi. Download 90.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling