M a ‘ ruza №3 joylarda chiziqlarni orientirlash. R e j a
Download 81.73 Kb.
|
3-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meridianlar yaqinlashish burchagi.
- Direksion burchak bilan rumb orasidagi munosabat
M A ‘ R U Z A № 3___ JOYLARDA CHIZIQLARNI ORIENTIRLASH. R E J A 1. Orientirlash haqida tushuncha. 2. Orientirlash burchaklari. 3. Magnit strelkasining og‘ish burchagi. 4. Meridianlar yaqinlashish burchagi 5. To‘g‘ri va teskari orientirlash burchagi. 6. Haqiqiy azimut bilan direksion burchak orasidagi munosabat. 7. Direksion burchak bilan rumb orasidagi munosabat. Joydagi biror chiziqning boshlang‘ich deb qabul qilingan chiziqqa nisbatan yo‘nalishini aniqlash - shu chiziqni orientirlash deyiladi. Har qanday chiziqning yo‘nalishi, shu chiziq bilan boshlang‘ich yo‘nalish deb qabul qilingan chiziq orasida hosil bo‘lgan burchak yordamida aniqlanadi. SHakl 10 Bu burchak orientirlash burchagi deb ataladi. Masalan: OX - boshlang‘ich yo‘nalish. OS chizig‘ining OX ga nisbatan yo‘nalishi a orientirlash burchagi yordamida aniqlanadi. Joydagi biror chiziq yo‘nalishini aniqlashda boshlang‘ich yo‘nalish deb geografik meridian qabul qilinsa, ular orasidagi orientirlash burchagiga - haqiqiy azimut, magnit meridian qabul qilinsa - magnit azimut o‘q yoki unga parallel bo‘lgan chiziq qabul qilinsadireksionburchak deyiladi. Haqiqiy azimut, magnit azimut va direksion burchak boshlang‘ich yo‘nalishning shimol tomonidan boshlab soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha 0° dan 360° gacha o‘lchanadi. SHakl 11 Am - OS chizig‘i magnit azimuti. A - OS chizig‘ining haqiqiy azimuti. a - OS chizig‘ining direksion burchagi. Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan d ga farq qiladi. - Bu burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi. Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan g burchakka farq qiladi. Bu burchak - meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi. Rumb - boshlang‘ich yo‘nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan, chiziq yo‘nalishi orasidagi burchakdir. Rumb 0° dan 90° gacha o‘zgaradi. Rumb burchakni qiymatini oldiga koordinata choragini nomi yoziladi. SHSHk, SHG‘, JSHk, JG‘. SHakl 12 SHakl 13 Er yuzidagi har bir chiziqning to‘g‘ri va teskari orientirlash burchagi bo‘ladi. MN chiziqning M nuqtadan boshlangan yo‘nalishi direksion burchagi - a - to‘g‘ri direksion burchak; N nuqtadan boshlangan yo‘nalishning direksion burchagi a‘ - teskari direksion burchak. To‘g‘ri direksion burchak bilan teskari direksion burchak bir-biridan 180° ga farq qiladi. a‘ =a± 180°. Xuddi shunday rumb burchaklari ham to‘g‘ri va teskari bo‘ladi; r - to‘g‘ri rumb burchak; r’ - teskari rumb burchak; r va r’ larni qiymatlari teng, faqat nomlari o‘zgaradi - SHSHk - JG‘bo‘ladi. JG‘ - SHSHk- bo‘ladi. Meridianlar yaqinlashish burchagi. Agar A va V nuqtalardan o‘q meridianiga parallel chiziqlar o‘tkazsak +g va -g burchaklar hosil bo‘ladi. Bu burchaklar meridianlar yaqinlashish burchaklari bo‘ladi. SHakl 14 Geografik meridian bilan o‘q meridianiga parallel bo‘lgan chiziq orasidagi burchakka meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi. Dl - o‘q meridian bilan berilgan nuqta meridiani geografik uzunliklarining ayirmasi. j - berilgan nuqtaning geografik kengligi. Absissa o‘qi - meridianlar sharq tomondan o‘tsa - meridianlar yaqinlashishi burchagi sharqiy bo‘ladi, ishorasi (+) bo‘ladi; Absisa o‘qi meridianning g‘arb tomonidan o‘tsa - g‘arbiy bo‘ladi va ishorasi (-) bo‘ladi. Haqiqiy azimut bilan direksion burchak orasidagi munosabat SHakl 15 Burchak g - meridianlar yaqinlashish burchagi; A =a - g, A = a + g Magnit strelkasining og‘ish burchagi SHakl 16 Geografik meridian bilan magnit meridian orasidagi burchak magnit strelkasining og‘ish burchagi deyiladi. A - Os chizig‘ining haqiqiy azimuti. Am - OS chizig‘ining magnit azimuti. d- magnit strelkasining og‘ish burchagi bo‘ladi. Magnit meridian geografik meridiandan sharqga og‘sa - sharqiy deyiladi va ishorasi (+) bo‘ladi. Magnit meridian geografik meridiandan g‘arbga og‘sa - g‘arbiy bo‘ladi ishorasi (-); sharqqa og‘sa A =Am + d g‘arbga og‘sa A =Am - d Direksion burchak bilan rumb orasidagi munosabat SHakl 17 Yo‘nalishning direksion burchagi ma’lum bo‘lganda rumbini, rumbi ma’lum bo‘lganda esa direksion burchagini topish mumkin. Masalan 17 shaklda direksion burchak bilan rumbning bir-biriga munosabati berilgan; yo‘nalishlarning direksion burchaklari ma’lum bo‘lganda bu shakldan foydalanib rumbni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin I chorakda SHSHq r = a II chorakda JSHq r = 180° - a III chorakda JG‘ r = a - 180° IV chorakda SHG‘ r = 360° - a Yo‘nalishlarning rumbi ma’lum bo‘lsa, direksion burchakni quyidagi formulalarda aniqlash mumkin: I chorakda SHSHq a = r II chorakda JSHq a = 180° - r III chorakda JG‘ a = 180° + r IV chorakda SHG‘ a = 360° - r Yo‘nalishning azimuti ma’lum bo‘lganda uning rumbini, rumbi ma’lum bo‘lganda esa azimutini shu formulalar yordamida aniqlash mumkin. Bunda formulalardagi direksion burchak (a) o‘rniga azimut (A) qo‘yiladi, xolos. Download 81.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling