M a ‘ ruzalar matni kirish


-mavzu: Tadbirkorlik huquqi asoslari. (2 soat)


Download 1.03 Mb.
bet26/99
Sana07.11.2021
Hajmi1.03 Mb.
#171528
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
Bog'liq
M a ‘ ruzalar matni kirish

5-mavzu: Tadbirkorlik huquqi asoslari. (2 soat)

Rеja:

1. Tadbirkorlik huquqi tushunchasi va manbalari.

2. Tadbirkorlik huquqi cub'еktlari va turlari.

3. Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik shartnomalari.


Xo’jalik (tadbirkorlik) huquqiga ta`rif berishdan avval uning huquq tizimida tutgan o’rniga to’xtalib o’taylik. Xo’jalik (tadbirkorlik) huquqiga bir tomondan huquqning mustaqil sohasi sifatida, ikkinchi tomondan qonunchilik tarmog’i, uchinchidan fan, to’rtinchidan o’quv predmeti (fani) sifatida qaraladi.

Ammo ayrim olimlar xo’jalik huquqini qonunchilik ta­rmog’i, fan va o’quv predmeti deb tan olsada, huquq tarmog’i ekanligiga shubha bilan qaraydilar. Jumladan, Yu.K. Tolstoy xo’jalik huquqiga huquqlarning (kompleksi) yig’indi sohasi deb qaraydi. Bu fikr ayrim olimlar to­monidan quvvatlanadi. Buning isboti sifatida Alekseev S.S. fikrini keltiraylik. Uning qarashicha, xo’jalik huquqi “fuqarolik xo’jalik huquqi va ma`muriy xo’jalik huquqi“dan iborat bo’lib, huquq tizimida “ikkinchi dara­jali tuzilma“ sifatida qaralmog’i kerak.

Ayrim olimlar esa xo’jalik huquqini huquqlarning (kompleks) yig’indisi sifatida tan olmasdan, balki xo’ja­lik munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy xujjatlarning bir butun yig’indisini tashkil etadi deb (Yakovlev V.F, Yakushev V.TS.) hisoblaydilar.

Boshqa guruh mualliflarining, masalan I.E.Kras’koning fikricha, xo’jalik huquqi davlat sektorida vujudga keladigan xo’jalik munosabatlarini tartibga soladi, O.A.Krasavchikov fikricha, xo’jalik huquqi funktsiyalari o’zaro bir-biri bilan bog’liq bo’lgan turli xil huquq so­hasi qoidalari jamlangan huquqiy massivdir. Ushbu fik­rlarga qarshi o’laroq, o’tgan asrning oxirgi yillariga kel­ganda xo’jalik huquqini yagona, mustaqil huquq sohasi sifatida ilgari surgan yangi kontseptsiya, qarashlar yuzaga keldi. Bu qarashlarga ko’ra, xo’jalik huquqi korxona, tashkilotlarning o’zaro va ularning bo’limlari bilan bo’ladigan xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda rahbarlik qilishda tashkil topadigan munosabatlarni tartibga soladi. Bunday qarashning asosiy vakili, tarafdori V.V. Laptev edi. Uning fikricha xo’jalik huquqi huquqning mustaqil sohasi si­fatida o’zida huquqiy qoidalar yig’indisini ifoda etadi. Shu sababli u xo’jalik huquqiga shunday ta`rif beradi: xo’jalik huquqi xo’jalik yuritishning maqsadga mu­vofiqligini ta`minlash maqsadida, huquqiy boshqarishning turli xil usullaridan foydalanilgan holda korxona, tash­kilotlar va ularning bo’limlari o’rtasidagi xo’jalik mu­nosabatlarini tartibga soluvchi xo’jalik faoliyatini amalga oshiruvchi va rahbarlik tartibini belgilovchi qoidalardan iboratdir.

Iqtisodiy (xo’jalik) faoliyatni quyidagi bosqichlarini:


  • ishlab chiqarish (ekspluatatsiya)gacha bo’lgan bosqich (ro’yxatdan o’tkazish, litsenziyalash, ruxsatnoma olish);

  • ishlab chiqarish (ekspluatatsion), (tovarlarni ishlab chiqarish, ularni topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko’rsatish);

  • ishlab chiqarishdan (ekspluatatsiyadan) keyingi bosqich (soliq xizmati oldidagi, statistika organlari ol­didagi majburiyatlarning vujudga kelishi);

  • iqtisodiy (xo’jalik) faoliyati manfaatlarining sub`ektlari sifatida:

  • jamiyat va davlat;

  • korxonalarning mehnat jamoalari;

  • mahsulot iste`molchilari;

  • korxona mulkdorlarini ajratish mumkin.

Xo’jalik faoliyati jarayonidagi manfaatlar hudud va milliy sifatlari bo’yicha tasniflanadi:

1. Milliy va xorijiy

2. Regional va mahalliy

3. Iqtisodiyot sohalari bo’yicha.

Jumladan, notijorat munosabatlarni, shuningdek davlat va jamiyat manfaatini ta`minlash maqsadida davlat tomo­nidan iqtisodiyotni tartibga solish bilan bog’liq munosa­batlarni tartibga solib turuvchi qoidalar yig’indisini o’zida mujassamlashtiradi.

Xo’jalik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat emas, balki ishlab chiqarishni boshlash uchun bino olish yoki qurish, joy olish, yoqilg’i, xom ashyo, asbob-usku­nalarga ega bo’lish bilan bog’liq munosabatlarni ham qamrab oladi. Ana shular xo’jalik huquqining predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bo’lib, bevosita daromad (foyda) olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham bog’liq bo’ladi. Bular jumlasiga mulkni boshqarish, korxonani tu­zish va tugatish bo’yicha tashkiliy-mulkiy tusdagi bog’liq barcha faoliyatlarni kiritishimiz mumkin.

Xo’jalik munosabatlarining asosiy qismini xo’jalik sub`ektlarining o’zaro vertikal va gorizontal munosabatlari tashkil etadi. Xo’jalik huquqi fanida xo’jalik munosabatlari asosan uch guruhga: xo’jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarga, xo’jalikka rahbarlik qilishdan kelib chiqadigan (xo’jalikni boshqarish) munosa­batlarga hamda ichki munosabatlarga ajratiladi.

Xo’jalik munosabatlarining birinchi guruhi bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xo’jalik faoliyatidir.

Xo’jalik munosabatlarining ikkinchi guruhi xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qilishdan kelib chiqadi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling