M alumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda jabrlanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi o‘zining samarasizligini ko‘rsatdi
Download 1.11 Mb.
|
M alumki
M alumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz berganda jabrlanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi o‘zining samarasizligini ko‘rsatdi. Buning asosiy sababi, bir tomondan tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan tibbiy ta'mmot (sogliqni saqlash muasasalarining kuch va vositalari) imkoniyatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikning barcha sogliqni saqlash tizimlarida yuzaga kelishi boisa, ikkinchi tomondan esa, tinchlik davrida boiadigan tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatida talafot olganlarga tibbiy yordam kolsatish yetarli tashkil etilmaganligidandir. Mana shu kamchiliklar natijasida sanitariya talafoti omrpaviy tusga kirib, katta miqyosidagi ham moddiy, ham ma’naviy zar^rlami keltirib chiqargan hamda atrof-muhitni izdan chiqishiga olib kelgan. Bunday kamchiliklami tugatish maqsadida mamlakatimizda Prezidentimizning 1998-yil 10-noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999- 2005 yillarda sogliqni saqlash tizimini isloh qilishga moljallangan dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti» xizmatini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Shularga asoslangan holda, Toshkent shahrida Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi (SHTYODIM) tashkil etildi. 0 ‘z navbatida respublikaning barcha viloyatlarida ham SHTYODIMning filialllari tashkil etilib, ular SHTYODIM tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu markazda asosan reanimatsiya-jarrohlik va reanimatsiya-intensiv davolash muolajalarini bajaradi. SHTYODIM va uning mintaqaviy filiallari tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar aviyatsiyasi xizmatlari kiradi. SHTYODIM huzuridagi tez yordam xizmatida 2 ta bo‘linma: 1 - tez yordam xizmati (doimiy brigadalar) va 2 - maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat ko‘rsatadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan o‘choqlarda avariya-qutqarish ishlarini olib borish hamda tibbiy-sanitariya ta’minoti samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ya’ni uning bosh maqsadi - shikastlanganlami iloji borichako‘p qutqarishdir. Halokatlar tibbiy xizmati, amaldagi tibbiy xizmatning kuch va vositalaridan samarali foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil topadi. Birinchi qismga - boshqaruv tizimi, bu tizim respublika darajasida faoliyat ko‘rsatib, u sogliqni saqlash vaziri boshchiligida turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo muvofiqlashtiruvchi hay’atdan iborat. Mahalliy darajadagi bunday hay’atlarga, sogliqni saqlash boshqarmalari va mahalliy bo‘limlaming rahbarlari boshchilik qiladi. Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish boshlab to uning oqibatlari to liq bartaraf etilguncha faoliyat ko‘rsatadilar. Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini - amaldagi tez tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy bo‘g‘inini kechiktirib bolmaydigan ixtisoslashgan tibbiy yordam xizmati (1-bosqich), hamda SHTYODIM, va uning mintaqaviy filiallari va tuman markaziy kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi. Bunda SHTYODIM - saralash - evakuatsiya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari esa - ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Halokatlar tibbiy xizmatining uchinchi tarkibiy qismini - ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan maxsus tuzilmalami o‘z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi bosqichni kuchaytirishga moljallangan ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga mo‘ljallangan shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan о‘rtacha halokatlar sodir bolganda faoliyat ko‘rsatadi. Katta halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan ko‘chma gospitallar ishga solinadi. Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy yo‘nalishlaridan biri aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xattiharakat qoidalarini o‘rgatishdan iborat. Halokatlar tibbiyoti xizmatini tashkil etishda quydagi ta’moillarga asoslanadi: 1. Halokatlar tibbiyoti xizmati falokat o:choqlarida shikastlanganlami maksimal darajada qutqarish; 2. Halokatlar tibbiyoti xizmatiga samarali rahbarlik qilish (zamonaviy aloqa va boshqa vositalami qollash); 3. Bosqichma-bosqich tibbiy yordamni ko‘rsatishda saralashni tashkil etish; 4. Shikastlangan aholini tibbiy evakuatsiyasini amalga oshirish; 5. Tez tibbiy yordam xizmati kuchlarini yaratadigan davolash-muhofasa muassasalarini kerakli ta’minot bilan ta’minlash (tibbiy ashyolar, texnika-uskunalar va boshqalar); Halokatlar tibbiyoti xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • Favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tez tibbiy yordam xizmatini ko'rsatish, bu xizmatning kuch va vositalarini shakllantirish; • Tez tibbiy yordam xizmati kuchlari va vositalarini tayyorgarligini oshirish; • Halokatlami oldini oladigan tibbiy tadbirlami rejalashtirish va amalga oshirish; • Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam, birinchi tez shifofeor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko'rsatish usullarini qo‘llash. Falokat va halokatlarda tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishda halokathing miqyosi va sanitariya talafotining hajmiga qarab belgilanadi. ДШаПа tabbiiy ofat yoki katta ishlab chiqarish avariyalardan sanitariya talafoti katta miqyosida boiganda, buning oqibatlarini tugatishda maxsus yondashuvlar talab etiladi. Jumladan, bunday holatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talafot o‘choginmg o‘zida yoki unga yaqin boigan joyda tibbiy yordam kolsatilishi lozim boiadi. Katta miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi: • Shikastlangan o'choqlami tibbiy razvedka qilish; • Jabrlanganlami qidirib topish va ulami qutqarish; • Jabrlanganlami saralash; • Jabrlanganlami evakuatsiya qilish; • Tibbiy yordam berish va davolash. Shikastlangan o‘choqlami razvedka qilishda - aholini soni, tibbiy xizmat kuchlari va vositalarining soni, talafot darajasi, yo‘llar va suv manbalarining mavjudligi, hamda ulaming ahvoli haqidagi ma’lumotlar olinadi. Jabrlanganlami qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan - bir sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi hamda iloji boricha ulaming hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu omillaming bajarilishida qutqaruv tizimlaridan tashqari, o‘t o‘chiruvchilar, jamoat tartibini saqlovchi, harbiy qismlaming xodimlari hamda ko‘ngilli fuqarolar bajaradilar. Jabrlanganlami saralash tibbiy xizmatining asosiy tazifasi hisoblanadi. Saralash - tibbiy yordamning hajmini, turini, hamda yordam ko‘rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib, jabrlanganlami transportlarda tashish imkoniyatlari va navbatini aniqlaydi. Jabrlanganlami evakuatsiya qilish - talafot ko‘ranlaming shikastlangan o‘choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, hamda davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi toldinladi va yaradorlami transport vositalari (temir yo‘l, avtomobil, suv va havo yo‘li) yordamida evakuatsiya qilinadi. Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar ko‘rsatiladi. Shunday qilib shikastlangan o‘choqda qolgan jabrlangan aholi tibbiy yordamning hamma turlari bilan: birinchi tibbiy yordam, birinchi shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordami birin-ketin ko‘rsatiladi. Birinchi tibbiy yordam. Shikastlangan o'choqlarda talafot olgan fuqarolarga shu joyning o‘zida hayotiy ko‘rsatkichlarga muvofiq ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tushuniladi. 0 ‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odamning hayotini saqlab qoladi va salbiy oqibatlar rivojini oldi olinadi. 19-rasmda ayrim turdagi favqulodda hodisa sodir bo’lganda ko’rsatiladigan birinchi tibbiy yordam usullari keltirilgan. Birinchi shifokor yordami - jarohatning jabrlanganlar hayotiga bevosita xavf soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat infeksiyasini yanada rivoj topishining oldini olish maqsadida shifokorlar bajaradigan davolash - muhofaza omillaridan iborat. Bunday yordamni umum shifokonik tayyorgarligi boigan va ixtisoslik jaroh shifokorlari ko‘rsatadi. Birinchi shifokor yordamini ko‘rsatish vaqti jarohat olgan vaqtdan boshlab 3-6 soat hisoblanadi. Tibbiy yordamning bu turini hamma ixtisoslikdagi shifokorlar bilishlari kerak. Malakali tibbiy yordam - davolash muassasalarida tegishli ixtisoslikdagi shifokorlar amalga oshiradigan jarohat oqibatlarini, birinchi galda hayot uchun xavfli oqibatlarini bartaraf qilishi, rivojlana boshlagan salbiy oqibatlarga qarshi kurashish, jarohatlanganlami toliq davolashga qaratilgan jarrohlik va terapevtik tadbirlar majmuasidir. Ixtisoslashgan tibbiy yordam - ixtisoslashgan davolash muassasalarida odamning ba’zi a’zolari va tizimlaridagi buzilishlarini maksimal darajada tiklash maqsadida maxsus apparatlar va uskunalardan foydalanib, mutaxassis shifokorlar bajaradigan davolash-muhofaza tadbirlari majmuasidan iborat. Shunday qilib, «Halokatlar tibbiyoti» xizmati tizimlari ikki bosqichli tizimda faoliyat ko‘rsatadilar. Birinchi bosqichda - bevosita o‘choqning ichida jabrlanganlami qidirib topish, ularga birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordamini ko‘rsatish, ulami tibbiy evakuatsiya qilish, hamda sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlami amalga oshiradilar. Ikkinchi bosqichda esa jarohatlanganlarga shifoxonalarda malakali, ixtisoslashgan tibbiy yordamni amalga oshiradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling