Organik birkmalarning sinflanishi
Organik birikmalar 3 ta katta guruhga bo’linadilar. Uglerod zanjiri tuzilishiga qarab ochiq zanjirli (alifatik, alitsiklik yoki yog’ qatori) birikmalar va yopiq zanjirli birikmalarga bo’linadilar. Yopiq zanjirli birikmalar o’z navbatida karbotsiklik (yopiq zanjir faqat uglerod atomlaridan hosil bo’lgan) va geterotsiklik (yopiq zanjir hosil bo’lishida boshqa elemntlarning atomlari ham ishtirok etadi) birikmlarga bo’linadi.
Karbotsiklik birikmalar o’z navbatida alitsiklik va aromatik birikmalarga bo’linadilar.
Quyida birikmalarning sinflariga misolar keltiramiz:
1
. Ochiq zanjirli birikmalar:
2. Karbotsiklik birikmalar:
a
) alitsiklik birkmalar:
b) aromatik birikmalar
3
. Geterotsiklik birikmalar:
Har qaysi qator organik birikmalari o’z tuzilishi va tarkibiga qarab sinflarga bo’linadilar. Alifatik va aromatik qator birikmalarining eng oddiy vakillari uglevodorodlar hisoblanadi. Uglevodorodlardagi vodorodlarni atomlar va atomlar guruhi (funksional guruhlar) ga almashinishi natijasida shu qator birikmalarining ma’lum sinflari hosil bo’ladi.
Ma’lum bir o’rinbosarli yoki funksional guruh uglevodorodlar va ularning hosilalari gomologik qator hosil qiladi.
Gomologik qator deb tuzilishi va xossalari o’xshash, keyingi hadi oldingi hadidan –CH2- guruhga farq qiladigan birikmalar qatoriga aytiladi.
Organik birikmalarning muhim sinflariga quyidagilar kiradi:
Uglevodorodlar
Uglevodorodlarning galogenli hosilalari
Spirtlar
Oddiy va murakkab efirlar
Karbonilli birikmalar
Karbon kislotalar
Aminobirikmalar
Nitrobirikmalar
Sulfokislotalar
Metallorganik birikmalar
Aralash funkiyali birikmalar
Quyida biz organik birikmalarning yuqorida keltirilgan muhim sinflari bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |