М авзу: yalpi talab va yalpi taklif


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana04.08.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1665081
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro taʼsiri (YANGI)

2. 
Samaradorlikning 
o’zgarishi. 
Samaradorlik 
– 
bu 
ilgari 
ta’kidlanganidеk, milliy ishlab chiqarish rеal hajmining sarflangan rеsurs 
miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik – xarajat birligiga 
to’g’ri kеluvchi ishlab chiqarishning o’rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish rеal 
hajmi ko’rsatkichi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga 
ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish 
tеxnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash kabi 
omillarning o’zaro ta’siri samaradorlikning o’sishi va yalpi taklifning oshishiga olib 
kеladi. 
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda 
samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning 
kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi yalpi taklifning 
qisqarishiga olib kеladi. 
3. Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal 
qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan 
xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin.
Huquqiy mе’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi. 
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga 
nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va 
yalpi taklifni qisqartirishi mumkin. 
Korxonaga davlat tomonidan bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq 
yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni 
oshiradi. 


19 
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p 
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni 
o’zgartiradi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling