М авзу: yalpi talab va yalpi taklif


I-BOB. Yalpi talab va yalpi taklif


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana04.08.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1665081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro taʼsiri (YANGI)

I-BOB. Yalpi talab va yalpi taklif 
1.1 Yalpi talab va unga ta’sir etuvchi omillar 
Mazkur mavzuning moxiyatida talab va taklif tushunchalari, ularning 
miqdoriga ta’sir etuvchi omillar, shuningdеk, talab va taklif qonunlari hamda ular 
o’rtasidagi muvozanatlik masalalari bayon etilgan edi. Lеkin unda talaba va 
o’quvchilarning tushunishini osonlashtirish maqsadida ushbu masalalar tovar va 
xizmatlarning alohida olingan turlari bo’yicha ko’rib chiqilgan edi. Milliy 
iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan 
jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el 
istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini 
o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga 
egadir.
Shuning uchun bu bobda makroiqtisodiy tahlil davom ettirilib, eng avvalo 
yaxlit olingan ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko’rsatkichlari 
bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini 
tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, 
ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning 
muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi. 
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda 
eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. 
Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, 
korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib 
olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning 
umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul 
daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin.
Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga 
bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil 
bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida 
unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.



Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z 
ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, 
korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turli-
tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, 
transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.). 
Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, 
miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq 
tushunish mumkin (1-chizma).

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling