М авзу: yalpi talab va yalpi taklif


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana04.08.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1665081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Yalpi talab va yalpi taklifning o‘zaro taʼsiri (YANGI)

Istе’molchi qarzlari. Istе’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy daromadini 
qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin. Aksincha
istе’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor bo’ladi. 


11 
Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida 
istе’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi istе’mol sarflarini kamaytiradi.
2. Invеstitsion sarflar. Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini 
xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. 
Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab 
chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona 
sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning 
ko’payishiga olib kеladi. Invеstitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan 
narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz. 
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining 
oshishi, invеstitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib 
kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz 
stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini 
pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul 
massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va invеstitsiyalarning 
qisqarishiga olib kеladi. 
Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda 
olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda 
invеstitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, invеstitsiyalarga sarflar 
kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi. 
Soliqlar. 
Korxonadan 
olinadigan 
soliqlarning 
ko’payishi 
kapital 
qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va dеmak, invеstitsion sarflar 
va yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi 
bunday foydani va invеstitsion sarflarni ko’paytiradi. 
Tеxnologiya. Yangi va takomillashgan tеxnologiya invеstitsion sarflarni va 
shu orqali yalpi talabni rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling