M e t a L l a r k o r r o z I y a s I v a q a t t I q q o t I s h m a L a r


Download 239.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.11.2023
Hajmi239.42 Kb.
#1742671
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7 Laboratoriya ishi



M E T A L L A R K O R R O Z I Y A S I V A Q A T T I Q Q O T I S H M A L A R .
Reja 
1. Metallar korroziyasi to`g`risida umumiy tushunchalar. 
2. Korroziyaning asosiy turlari. 
3. Metallar korroziyasini oldini olish turlari. 
4. Qattiq qotishmalar. 
Hozirgi kunda metallar eng muhim konstruktsion material bo`lib, turli 
sharoitda (havoda, suvda, yer ostida) ishlaydi. Metallarning ishlash sharoitida ularni 
yemiruvchi ko`pgina moddalar bo`ladi. Bunday sharpoitda metallar qisman yoki 
butunlay yemirilishi, ya'ni korroziyaga uchrashi mumkin. Metallarning korroziya 
tufayli bo`ladigan isrofgarchiligi yiliga bir necha mln. tonnani tashkil etadi. 
Binobarin, metallar korroziyasi xalq xo`jaligiga kata ziyon yetkazadi. Shuning 
uchun, ularni korroziyadan asrash davlat ahamiftiga ega bo`lgan muhim masaladir. 
Metallar korroziyasining oldini olish uchun esa, avvalo, korroziya jarayonining 
mohiyatini, uning turli sharoitda qanday borishini bilish zarur. 
Ma'lumki, metallarning juda ko`pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar 
tarkibiga kirgan holda bo`ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi. 
Metallurgiya jarayonlarida metallar anna shu birikmalaridan ajratib olinadi va bunda 
metallarning barqaror holati buziladi, ammo metallar qulay sharoit kelganda 
barqaror holatini tiklaydi, ya'ni kislorod va boshqa elementlar bilan birikadi. 
Korroziyaning sodir bo`lish jarayoni ana shundan iborat. 
Metallarning tashqi muhit bilan fizik – kimyoviy o`zaro ta'siri oqibatida 
yemirilishi metallar korroziyasi deb ataladi. 
Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari 
pasaayib ketadi. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari 
orasidagi ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektrik xossalarini 
pasaytiradi. 
Metallarning korroziyalanish tezligigina emas, balki ularning sirtida 
korroziyalanganjoylarning qanday taqsimlanishi ham nihoyatda muqimdir. Agar 


metalning butun sirti bir qadar tekis korroziyalangan bo`lsa, bunday korroziya tekis 
korroziya deb ataladi. Agar metall sirtining ko`p qismi korroziyalanmay, ayrim 
joylarigina 
korroziyalansa, 
bunday 
korroziya mahalliy 
korroziya deyiladi. 
Korroziya qanchalik notekis bo`lsa, u shunchalik xavflidir. Po`lat va ba'zi metallar 
chuchuk va sho`r suvda, tuproqda, ba'zi oksidlovchi muhitda, ko`pincha, mahalliy 
korroziyalanadi. Metall donalari (kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday 
korroziya kristallitlararo korroziya deb ataladi. Korroziyaning bu turi nihoyatda 
xavflidir, chunki bunday korroziyalangan metalning mexanikaviy xossalari kuchli 
darajada pasaygan bo`lishiga qaramay, uning tashqi ko`rinishi deyarli o`zgarmaydi. 
Metallga agressiv muhit va mexanikaviy (statikaviy va dinamikaviy) kuchlanishlar 
bir vaqtda vaqtda ta'sir etsa bu metallda korrozion darzlar hosil bo`ladi. 
Metallarning korroziyalanish jarayoni xarakteriga ko`ra, barcha korroziya 
hodisalarini ikkita kata guruhga bo`lish mumkin: 
1. Kimyoviy korroziya 
2. Elektrokimyoviy korroziya. 

Download 239.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling