M e t a L l a r k o r r o z I y a s I v a q a t t I q q o t I s h m a L a r


Download 239.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana03.11.2023
Hajmi239.42 Kb.
#1742671
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 Laboratoriya ishi

Suyuqlantirilgan korroziyabardosh metallga botirish usuli. Bu usulda 
korroziyabardosh metall sifatida, asosan, rux, qalay va qo`rg`oshin ishlatiladi. 
Ruxdan temir (kam uglerodli po`lat) listlar (tunukalar), po`latdan 
tayyorlangan har xil detallar sirtini qoplashda foydalaniladi. Rux bilan 
qoplash ruxlash deb x,am ataladi. Buyumni ruxlash uchun u suyuqlantirilgan va 
temperaturasi 450—480°S ga yetkazilgan ruxli vannaga botiriladi-da, ma'lum vaqt 
tutib turilgandan keyin vannadan olinadi, bunda uning sirti rux bilan 
qoplanib (ruxlapib) qolgan bo`ladi. 
Qalaydai temir tunuka, idish-tovok. va shu kabi buyumlar sirtini qoplashda 
foydalaniladi. qalay qoplat oqartirish yoki qalay yugurtirish deb ham ataladi. 


Sirtiga qalay yugurtirilishi kerak bo`lgan temir tunuka sulfat kislotaning kuchsiz 
eritmasi bilan ishlanib, uning sirtidagi oksidlar ketkaziladi, shundan keyin, namni va 
oksidlarning qoldiqlarini ketkazish uchun, suyuqlantirilgan rux xloridga botirib 
olinadi. Ana shu tarzda ishlov berilgan tunuka 270—300°S temperaturali suyuq 
qalay vannasiga tushiriladi va ma'lum vaqt tutib turilgandan keyin vannadan olinib, 
chigit moyi, mol ёg`i yoki texnikaviy yor qatlami orqali o`tkaziladi. Ёg` qatlami 
qalay qoplamning qotishini susaytiradi, natijada qoplam bir tekis chiqadi. 
Qo`rg`oshin bilan qoplat texnologiyasi xuddi qalay bilan qoplash 
texnologiyasi kabidir. Farq faqat shundaki, qo`rg`oshin bilan qoplashda 85% R va 
15% Sn dan iborat suyuqlanma ishlatiladi va uning temperaturasi 340—350°S qilib 
turiladi. Qo`rg`oshin bilan qoplash usuli metall buyumlarni ba'zi kislota va 
eritmalarga chidamli qilish uchun qo`llaniladi. 
Suyuqlantirilgan korroziyabardosh metallga botirish usulining afzalligi 
shundaki, bu usul ancha oddiy bo`lib, qoplam puxta chiqadi, kamchiligi; qoplam 
qalinligi bir tekis bo`lmaydi va qoplash metalli ko`p sarflanadi. 
Galvanik usul. Bu usulning mohiyati metall buyumga korroziyabardosh 
metallni elektr toki vositasida qoplashdan iborat. Buning uchun elektrolitik vannaga 
korroziyabardosh metall tuzining suvdagi eritmasi (elektrolit) solinadi, elektrolitga 
esa sirti qoplanishi kerak bo`lgan buyum bilan korroziyabardosh metall plastinkasi 
tushiriladi. Buyum o`zgarmas tok manbaining manfiy qutbiga, plastinka — musbat 
qutbiga ulanadi. Binobarin, buyum katod, plastinka esa anod bo`ladi. Zanjirdan tok 
o`tkazilganda elektroximiyaviy protsess sodir bo`ladi, ya'ni anod (korroziyabardosh 
metall plastinkasi) zarrachalari elektrolit orqali o`tib, katod (buyum) sirtiga o`tiradi, 
natijada buyum korroziyabardosh metall bilan qoplanadi. Qoplam qalinligi tok 
kuchiga va tok o`tish vaqtiga bog`liq. 
Metallmaslar bilan qoplash. Metallmaslar bilan qoplash. usullari jumlasiga 
bo`yash, emallash (sirlash), oksidlash, fosfatlash va boshqalar kiradi. 
Oksidlash. Oksidlashning mohiyati metall buyumlar sirtida korroziyadan 
himoyalovchi oksid pardalar hosil qilishdan iborat. Po`lat buyumlar sirtida oksid 
pardalar termik, kimyoviy va elektrokimyoviy usullari bilan hosil qilinishi mumkin. 


Termik, usul buyumni havo yoki suv bug`i muhitida qizdirishdan iborat. Bunda 
buyum sirtida qalinligi 3 mkm parda hosil bo`ladi. Metallning tarkibi va oksidlash 
rejimiga qarab, parda har xil tusda bo`lishi mumkin. Buyum 80% o`yuvchi natriy va 
20% natriy nitrat aralashmasida 25O...35O°S gacha qizdirilsa, kora tusli, 55% natriy 
nitrit bilan 45% natriy nitrat aralashmasida qizdirilganda esa ko`k tusli parda hosil 
bo`ladi. Po`lat buyum sirtida qora tusli himoya-bezak pardasi hosil qilish uchun u 
45O...47O°S gacha qizdirilib, zig`ir moyiga botiriladi. 
Termik usul kesuvchi asboblarni va ba'zi mayda detallarni oksidlash uchun 
qo`llaniladi. 

Download 239.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling