M etning nom i tilga olinmasa, ulardan saqlanish mumkin, deb o ‘ylashgan
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik asoslari. Yo'ldoshev I, Sharipova O
qo ‘shimcha
kabilar; 2) chet tillarda, ayniqsa, rus tili va u orqali boshqa tillardan tayyor term inlam i qabul qilish bilan: ply us, minus, fonema, biologiya, atlas, atom, gramm. Terminologiya keng m a’noda leksikaning bir qatlami bo'lib ijtimoiy hayotning turli sohalarida qo'llaniladigan term inlarning m ajmuidir. Terminologiya to r m a’noda fan yoki texnika, adabiyot, san’at yoki ishlab chiqarishga xos term inlar yig'indisini tashkil etadi. Fan-texnika, adabiyot, san’at va ishlab chiqarishning taraqqiy etib borishi bilan term inologiya ham rivojlanib boradi, yangi term inlar paydo bo'ladi. Ba’zi bir eskirib, keraksiz bo'lib qolgan term inlar esa iste’m oldan chiqib qoladi. Tilshunoslikda term inlam i tartibga solish masalasi har doim ham dolzarb bo'lib kelgan. Har bir soha terminologiyasini tartibga solish bugun ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. O'zbek tilshunosligida sohaviy terrni- nologiyalami tartibga solish masalasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Lekin qilingan ishlarning salmog'i bilan chegaralanib qola olmaymiz. Chunki terminlami tartibga solish masalasini barcha soha terminologiyalarida liam bir xilda olib borilyapti deb bo'lmaydi. Shu nuqtayi nazardan bu yo'nalishda echim ini kutayotgan m uam m olar talaygina. O 'zbek terminologiyasi to'laligicha bugunga qadar jiddiy shaklda lingvistik tadqiqot obyekti bo'lm agan va barcha soha terminologiyalarini tartibga solish masalasi deyarli hal etilmagan. 1 0 7 Mii'lumki, liar bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha lerminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, larlibga solinganligi kabi belgilar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki ilmiy adabiyolda qo'llanadigan term in yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo'lm as ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi. Shu bois, har bir fan yoki sohaning taraqqiyot ko‘rsat- kichi shu soha terminologiyasining «qat’iy ilmiy terminologiya»ga ega ekan- ligi bilan ham belgilanadi. Buyerda «qat’iy ilmiy terminologiya» tushunchasi biron bir sohaviy terminologiyaning mazkur fan sohasi taraqqiyoti bilan uy- g'unlashuvi, sohaviy terminologiyaning ayni sohaga oid tushunchalarni ifodalashdagi hamohangligi, yaratilgan va muomalada bo‘lib turgan termi nologiyaning muayyan fan tili bilan mos kelishi kabi holatlami nazarda tutadi. Terminlarning aniqligi va qat’iylashishi shu millatning fani, maorifi, madaniyati darajasini ko‘rsatadi. Terminlarning rivojlanishi, tartibga solinishi fanning har xil sohalarida turlicha b o ‘lib, m a’lum fanning taraqqiyotiga bog‘liq. Bu taraqqiyot to ‘xtovsiz bo ‘lgani uchun yangi term inlarning kelib chiqishi, tartibga tushishi ham uzluksiz bo‘ladi. Umuman, ona tilida term in larning puxta ishlanishi, tartibga solinishi darslik va qo‘11 an malar tuzish uchun ham, ona tilida dars olib borish uchun ham zarur bo‘lgan manbadir. Terminlarning ishlanmaganligi va tartibga solinmaganligi nutq uslubiga ham ta ’sir ko‘rsatadi. Demak, terminologiyani tartibga sohnishi nafaqat ilmiy sohada, balki ijtimoiy hayotda ham ahamiyati katta b o ‘lgan masaladir. Terminologiyani tartibga solishning samaradorligi term inlar bevosita qo‘llanadigan quyidagi holatlarda yaqqol ko'rinadi: kasbiy ta ’limni to ‘g ‘ri tashkil etishda, ishlab chiqarish amaliyotida b o ‘ladigan og‘zaki m uom a lada, ilmiy va ishlab chiqarish jarayonlaridagi o ‘zaro yozishmalarda, mat- baachilikda (ilmiy, o‘quv, ishlab chiqarish kabilarga oid adabiyotlarni nashr etishda), chet el adabiyotlarini tarjim a qilishda va hokazo. M a’lumki, har bir fan sohasi doimiy taraqqiyotda b o ‘ladi. Bu esa, o ‘z navbatida, undagi tushunchalarning, ular orqali term inlarning ham o'zgarib turishiga olib keladi. N o o ‘rin, asossiz tanlangan atam a m a’lum davr o ‘tishi bilan ifodalangan tushuncha mazmuniga m os kelmasa, iste’ m oldan chiqadi, yangi atam a yaratiladi yoki uning sinonimi o ‘rnini egallaydi. Shuning uchun ham atam a lug‘atlari m a’lum vaqt o ‘tishi bilan qayta nashr qilinadi - to ‘ldiriladi yoki asossiz atam alar boshqa qulay va aniq atam alar bilan almashadi. Demak, term inologiyani tartibga solish bu doimiy va kundalik ishimiz bo‘lishi, shuningdek, u fan va texnika taraq qiyoti bilan ham ohang takomillashib borishi lozim. 1 0 8 Tilshunoslikda terminlaming o‘zgarishi hamda yangi terminlaming paydo bo‘lishi fan va texnika taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqdir. Texnika taraqqiyoti ta ’sirida terminologiya o'zaro aloqador ikki qonuniyat asosida, birinchidan, ilmiy-texnika progressi qonuniyatlari bilan, ikkinchidan, til rivojlanishining um um iy qonuniyatlari bilan bog‘liq ravishda o'zgarib boradi. Texnik malakaning endilikda m a’lum tor doiradan chiqib, ommaviy xarakterga ega bo‘layotganligi va turli sohalaming mutaxassislari kundalik faoliyatida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanayotganligi term inlarga bo'lgan yuksak talab bilan uning hozirgi holati orasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etishni talab etadi. Chunki jamiyat hayotida fan va texnika qanchalik katta ahamiyatga ega b o ‘lsa, uni egallash, boshqarish va taraqqiy ettirish uchun term inlar ham shunchalik m uhim ahamiyatga molikdir. Shu jihatdan, term inlam i tartibga solish juda katta ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga egadir. Fan-texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanib borishi natijasida yangi- dan-yangi mashinalar, apparatlar, asbob-anjom lar va texnologikjarayon- larning paydo bo'lishi bilan ulami ifodalovchi yangi term inlar ham vujudga kelmoqda. Shu sababli, yangi texnika vositalari qaysi sohaga ko'proq kirib kelgan bo'lsa, shu soha terminologiyasi to'xtovsiz ravishda kengayib bor- moqda. M asalan, ana shunday sohalardan biri poligrafiya-nashriyotchilik sohasidir. Mazkur soha taraqqiyotiga e’tibor bersak, bu sohaga texnik vosita- laming kirib kelishi, asosan, yigirmanchi asr boshlariga to'g'ri keladi. Lekin uning eng taraqqiy etgan davri bugungi kundagi holatidir. H ozirgi zamonaviy poligrafiya-nashriyotchilik tarm og'i hujjatlarni tayyorlash va ularning nusxalarini ko'paytirish, kitob holiga keltirish jarayonlarini o'zida mujassamlashtirgan texnik vositalar qo'llanadigan yetakchi sohalardan biriga aylandi. Natijada, ushbu soha lerminologiyasiga juda ko'plab yangi tushunchalar va ular bilan birga yangi ilmiy-texnikaviy term inlar ham kirib kelmoqda. Albatta, bunday o'zgarishlar o'zbek tilining ish ko'rish doirasini kengaytirib, uning leksik sostavini yangi-yangi ilmiy va texnik term inlar bilan boyitdi. K o'pchilik hollarda yangi term inlar yaratish ishiga oddiy taijim a yoki kalkalash jarayoni sifatida qaraymiz. Terminologiyadagi mavjud kamchilik ham da tartibsizliklaming asosiy sabablaridan biri ham shundadir. Zotan, yangi term in yaratish har taraflam a mukammal bo'lgan ijodiy jarayondir. H ar qanday ilmiy-texnikaviy term in oddiy so'zning yoki so'z birikmasi- ning terminologiyadagi aksi bo'lib, u aniq chegaralangan ham da belgilan- gan m azm unga, bu m azm un esa, kontekstdan q at’iy nazar, faqat shu terminga oid bo'lishi lozim. 109
K.M.Musayev terminologiyani tilning leksikasi sifatida go‘yo bir sha- harga qiyoslaydi. Uning fikricha, terminologiya yagona reja asosida qurilsa- da, lekin birdaniga barpo etilmaydi. U tarixiy shart-sharoit asosida shakl- lanadi, uni yaratishda har xil avlodga mansub bo‘lgan turli m e’morlar, loyihachilar, kashfiyotchilar ishtirok etadi. U lar har bir qurilayotgan inshootni yaxshi o ‘rganga,n holda barpo etadilar. Terminologiyani tartibga solishdagi o ‘ziga xos murakkablik ham shu bilan belgilanadi (Мусаев K.M. Ф ормирование, развитие и современные проблемы терминологии. — М.: Наука, 1986.). Rus tilshunosi D.S.Lotte terminologiyaga bag‘ishlangan asarlarida barcha sohaviy terminologiyalar uchun umumiy bo'lgan quyidagi jiddiy kamchi- liklarni ko‘rsatib o ‘tadi: 1. Barcha terminologik sistemalar uchun taalluqli b o ‘lgan jiddiy kam- chiliklardan biri term inlarning ko‘p m a’noliligidir. Bunda bir term in ikki va undan ortiq m a’nolarda qo‘llanadi. 2. Hozirgi terminologiyadagi ikkinchi yirik nuqsonlardan biri terminlar sinonimiyasi hodisasidir. Term in-sinonim (dublet)lar deganda muayyan bir tushunchani ifodalash uchun ikki va undan ortiq term inning m uom a- ladabo‘lishi tushuniladi. 3. Terminologiyadagi yana bir kam chilikbu m a’lum bir tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi terminning anglatishi lozim bo'lgan tushuncha mohiyatiga uyg‘un bo‘lmasligidir. Ba’zi holatlarda so‘zning aynan m a’nosi bilan tushuncha mohiyati o ‘rtasida nomutanosiblik vujudga keladi. 4. Terminologiyadagi navbatdagi nuqson term inning ko‘p komponent- lardan iborat b o ‘lishi va natijada, uni qollashdagi noqulaylikdir. Bunda muayyan bir tushunchani ifodalashga xizmat qiluvchi term in ikki va undan ortiq kom ponentlardan iborat b o ‘ladi. Bunday yasalishga oid b o ‘lgan term inlarda, birinchidan, nutq iqtisodi, ya’ni ixchamligi buziladi, bu esa. o ‘z navbatida, fikrlashga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, term in kcragidan ortiq darajadauzun bo ‘lgandaellipsis (nutq unsurining tushib qolishi) hodisasining vujudga kelish ehtim oli kuchayadi. 5. Yuqoridagi nuqsonga yaqin boTgan yana bir kamchilik bu - term in t alaflu/.ining noqulayligi. Bunday terminlar ikki sababga ko‘ra vujudga keladi: 1) asosiy term inni yaratishda uning derivatlilik imkoniyatlari yetarlicha inobatga olinmaydi; 2) xorijiy term inni o ‘zlashtirishda unga jiddiy e ’tibor bilan qarab, tanqidiy yondoshilmaydi. 6. Terminologiyadagi eng katta kamchilik bu terminologiyani keragidan ortiq miqdorda xorijiy term inlar bilan toTdirib tashlashdir. T o ‘g‘ri, hech 110
qanday til faqat o ‘z term in elem entlari hisobiga term inologiyasini qura olmaydi. Til qurilishi jarayoni shuni ko‘rsatadiki, dunyoda sof tilning o ‘zi um um an mavjud emas. H ar doim boshqa tillardan term in o'zlashtirish jarayoni sodir b o ‘lib turadi, bu jarayondan chekinish m um kin emas. Ammo ehtiyoj sezilmagan holatlarda ham xorijiy terminlami sun’iy ravishda tilga olib kirish har doim o'zini oqlayvermaydi. Bunday holatlarda ko'proq o‘z til im koniyatlaridan foydalanish va bunda term in ifodalashi lozim bo'lgan tu shuncha m ohiyati bilan term in o'rtasidagi m utanosiblikni saqlashga e ’tiborni qaratish lozim. 7. K o'p hollarda b a’zi tushunchalarni ifodalovchi term inlar iste’molda mavjud bo'lmaydi. Natijada bunday tushunchalar o 'ta muhim va ahamiyatli bo'lishiga qaram asdan, keng tarqalish im koniyatidan m ahrum bo'ladi. 8. Y ana bir kam chilik shuki, term in yaratilishida u anglatishi lozim bo'lgan tushuncha m ohiyati bilan o'zaro batartiblik (sistemalilik)ning yetishmasligidir (Лотте Д.С. Основы построения научно-технической терминологии. — М осква, 1961). D.S.Lotte tom onidan ko'rsatib o'tilgan barcha soha terminologiyalariga oid bu kamchiliklar, oradan 40 yildan ortiq vaqt o'tishiga qaram asdan, bugungi kunda ham o'z aham iyati va dolzarbligini yo'qotm asdan turibdi. M a’lumki, terminologik lug'atlar ham soha terminologiyasini tartibga solishda o'ziga xos aham iyat kasb etadi. Akademik G '.A bdurahm onov term inologik lug'atlarning m a’lum fan sohasiga xizmat qilibgina qolmay, term inlam i tartibga solish, takom illashtirish ham da standartlashtirishda ham muhim rol o'ynashini ta ’kidlaydi. Terminologik lug'atlar uchun term in tanlash nihoyatda mas’uliyatli ish. Chunki har bir term in m a’lum tushun chani to 'g 'ri ifodalashi, o'zi ifodalagan sohaga va ayni chog'da ona tilining ichki qonuniyatlariga mos bo'lishi shart. Tanlangan term in bir m a’noli, ixcham so'z yoki birikm adan iborat bo'lishi, qolaversa, u sinonimlarga ega bo'lmasligi kerak. Terminologik lug'atlar ko'pincha bir tilda yoki ikki tilda tuzilib, uning vazifasi har bir sohadagi term inlam i izohlab, tushuntirib berishdan iborat. Bunday lug'atlar “Maxsus lug'at”, ya’ni “Ayrim sohalar lug'ati” deb ham yuritiladi. Term inologik lug'atlar har qaysi soha bo'yicha, chunonchi, qishloq xo'jaligi, falsafa, tabobat, tilshunoslik, geografiya, fizika, m atem atika, geologiya kabi barcha sohalar bo'yicha tuziladi. O 'zbek tilida T.N .Q ori Niyoziyning “ Ruscha - o'zbekcha m atem atik term inlar lug'ati”, R.X.M axlin va M.D.Yagudayevlarning “Ruscha - o 'z bekcha qisqacha botanika term inlari lug'ati”, Y.A.Yunusovning “Ruscha - 111
o'zbekcha qisqa fiziologik term inlar lug'ati”, M.A.Sobirovning “Ruscha - o'zbekcha matematik term inlar lug'ati” va boshqalar ana shunday term i nologik lug'atlardandir.
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling