30
apparati
faoliyati izdan chiqib, me’daning, me’da osti bezining,
jigarning sekretor funksiyasi susayadi. Bu holat ovqat mahsulotlariga
yetarli ishlov berishni talab qiladi. Qariyalar ko‘proq salatlar iste’mol
qilishlari kerak. Petrushka buyrak yo‘llarini
yaxshilab, siydik qopini
tozalaydi, ayrim ovqat mahsulotlariga qizdiruvchi ta’sir etib, qariyalar
badan harakatining pasayib ketishidan asraydi. Sarimsoqni ko‘proq
iste’mol
qilish kerak, uni salatlarga qo‘shib, ovqatga solib yoki nonga
surib yeyish foydalidir. Sarimsoq qorin dam bo‘lishini yo‘qotadi,
qabziyatning oldini oladi.
Ibn Sino anjir va olxo‘rining qariyalarga foydasi haqida alohida
to‘x tagan. Ular ichni bo‘shashtirib, qabziyatni yo‘qotadi.
Agar anjir,
uzum, xurmo birga yeyilsa, odamni to‘q tutadi.
Sut qariyalarning ovqat ratsionida alohida o‘rin tutadi. Ibn Sino
sutni inson qoniga tenglashtirib, uni qariyalar uchun juda muhim taom
deb hisoblaydi (lekin har kim o‘z imkoniyatiga qarab iste’mol qilishi
kerak).
Qаriyalar 1 kundа 4 mаrtа оvqаtlаngаni mа’qul. Birinchi nо nushtа
оvqаtning umumiy sutkаlik enеrgеtik qiymаtining 25% ini,
ikkinchi
nоnushtа 15% ini, tushlik 35% ini, kеchki оvqаt 25% ini tаshkil etishi
lozim. Kеchki оvqаt uxlаshdаn 2 sоаt оldin bеrilgаni mа’qul.