M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari


O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqalar rejalari va ularning tavsifi


Download 308.28 Kb.
bet15/101
Sana23.12.2022
Hajmi308.28 Kb.
#1046341
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
BHT-VA-A-Darslik

4.2. O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqalar rejalari va ularning tavsifi.

Bank balansi aktiv va passiv qismlardan iborat bo‗lib, uning iqtisodiy mohiyati tenglik degan ma‘noni anglatadi. Bank balansi dastlabki buxgalteriya ma‘lumotlari asosida ish kunining oxirida tuziladi. Balansda yordamchi (analitik hisob) kitobning ma‘lumotlari asosida jamlangan bosh (sintetik hisob) kitob qoldiq summalarining yig‗indisi aks ettiriladi.


50
Bankning yordamchi kitobida ish kuni davomida bajarilgan barcha aktiv va passiv, daromad va xarajatlar bo‗yicha operatsiyalar qayd etiladi. Yordamchi kitobning dastlabki ma‘lumotlari asosida bank balansi tuziladi. Balans yordamida bank resurslarining shakllanishi va joylashishi, kredit, hisob–kitob, kassa va boshqa operatsiyalar holati ustidan nazorat amalga oshiriladi. Bank buxgalteriya hisobvaraqalari rejasi O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O‗zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi qonuni hamda ―Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida‖gi qonun talablari asosida Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilib 2004 yil 17 iyuldagi 15/3–son Qarori bilan tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2004 yil 13 avgustda 773-17–son bilan ro‗yxatdan o‗tkazilgan. Mazkur hisobvaraqlar rejasi O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarida yagona buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning metodologik asosini belgilab beradi.(1-Ilovada keltirilgan).

O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‗zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida", "Bank va banklar faoliyati to‗g‗risida"gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‗zbekiston Rsspublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‗yxatdan o‗tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.


Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me‘yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat‘iy rioya qilishlari lozim. Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.


Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‗llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro‗yxatidan iboratdir. Xatolarni to‗g‗rilash va hisob siyosatidagi o‗zgarishlar bo‗yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta‘riflarida ko‗zda tutilmagan bo‗lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‗yicha tuzatish o‗tkazmalari berishga ruxsat beriladi.


Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‗p valyutali tizimiga asoslangan bo‗lib, chet el valyutasidagi


51
operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin bo‗lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‗yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‗yicha YOrdamchi kitoblardagi summalar yig‗indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‗indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo‗yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‗yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo‗yicha jami summalari milliy valyutaga o‗tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‗yicha bankning jamlanma balansi tuziladi.


Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan:





  • hisobvaraqlarning Bosh va Yordachi kitoblarda joylanishini engillashtirish;




berish;

  • hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish;

  • operatsiyalar yozuvini tezlashtirish.

Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema bo‗yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan:






Download 308.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling