M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari


Bosh buxgalterning vazifalari, huquqlari va javobgarligi


Download 308.28 Kb.
bet18/101
Sana23.12.2022
Hajmi308.28 Kb.
#1046341
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
BHT-VA-A-Darslik

5.2. Bosh buxgalterning vazifalari, huquqlari va javobgarligi

O‗zbekiston Respublikasida Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquqlari va javobgarligi ―Bank tizimining bosh buxgalterlari to‗g‗risida‖ gi namunaviy nizom asosiga tartibga solinadi va belgilanadi. O‗zbekiston Respublikasi banklari (filiallari)ning bosh buxgalterlariga taalluqli bo‗lib, bosh buxgalterlarning vazifalari, huquqlari va mas‘uliyatini belgilaydi.


O‗zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida"gi qonuniga muvofiq, banklarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish uchun bank rahbari javobgar hisoblanadi hamda u buxgalteriya hisobi to‗g‗ri yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim.


Bosh buxgalterning xo‗jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‗yicha talablari bankning barcha xodimlari uchun majburiydir. Bank rahbari bankning barcha bo‗linmalari, xizmatlari va hisobni yuritishga


58
aloqador xodimlari tomonidan mazkur talablarga rioya etilishini ta‘minlashi shart.

Bosh buxgalter bankda buxgalteriya hisobini to‗g‗ri tashkil etilishini hamda Bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Hisob siyosatini amalga oshirilishini ta‘minlaydi. Zarur hollarda Hisob siyosatiga tegishli o‗zgartirishlar kiritish bo‗yicha takliflar kiritadi.


Bankning bosh buxgalteri bank rahbarining buyrug‗i bilan tayinlanadi va ozod qilinadi. Filiallari mavjud banklarda filial bosh buxgalteri lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish bank boshqaruvi raisi yoki uning o‗rinbosari tomonidan, Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‗i) bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Shuningdek, u bevosita bank rahbariga, buxgalteriya hisobini tashkil etish, hisobotlar tuzish, nazorat qilish tartibi va metodikasi bilan bog‗liq masalalar bo‗yicha esa, bevosita Bosh bank Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori (boshqarma boshlig‗i)ga bo‗ysunadi.


Bank bosh buxgalteri boshchilik qiladigan buxgalteriya hisobi bo‗limi mustaqil tarkibiy bo‗linma bo‗lib hisoblanadi va boshqa biron-bir bo‗linma tarkibiga kirmasligi lozim. Buxgalteriyaning barcha xodimlari, shu jumladan bosh buxgalter o‗rinbosari va bankdan tashqarida joylashgan kassir va nazoratchilar bosh buxgalterga bo‗ysunadilar.





Download 308.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling