Bosh buxgalterlarning javobgarligi
Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo‗ladi:
buxgalteriya hisobi noto‗g‗ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga kelgan va buxgalteriya hisoboti buzilganda;
pul mablag‗lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, ularni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda
belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‗yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar bo‗yicha operatsiyalar, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‗g‗ri amalga oshirilganda;
kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‗qotishlarni buxgalteriya balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda;
buxgalteriya xodimining aybi bilan noto‗g‗ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda;
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
33. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar hisoblanadi:
moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi;
mansabdor shaxslardan ular etkazgan zarar summasini o‗z vaqtida undirib olmaslik;
kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa buxgalteriya hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi;
bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma‘lumotlar hamda elektron to‗lovlar tizimi orqali o‗tkazilgan to‗lov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik arxivlash tartibi uchun.
Bosh buxgalterlarning tartib-intizomi, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi. Bunda bosh buxgalter
64
bo‗ysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank tomonidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |