M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari


Download 308.28 Kb.
bet20/101
Sana23.12.2022
Hajmi308.28 Kb.
#1046341
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101
Bog'liq
BHT-VA-A-Darslik

Bosh buxgalterning huquqlari

Bosh buxgalter o‗ziga bo‗ysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilab beradi. Bunda har bir xodim o‗z majburiyatlarini bilishi hamda ularning bajarilishi uchun javobgar bo‗lishi zarur. Boshqa bo‗linmalar va xizmatlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda uni tashkil etish masalalari bilan shug‗ullanuvchi xodimlari o‗z vazifalari bo‗yicha bosh buxgalterga bo‗ysunadilar.


Bosh buxgalterning bajarilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish hamda ma‘lumotlarni hisoblash qurilmalari orqali jo‗natish uchun zarur bo‗lgan hujjatlar va ma‘lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish borasidagi talablari bankning barcha bo‗linmalari va xizmatlari uchun majburiydir.


Bosh buxgalter o‗z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bergan ko‗rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda bank rahbarining farmoyishiga binoan mukofotdan to‗liq yoki qisman mahrum etilishi, zarur hollarda esa qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin.


Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) lavozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‗tkazish masalasi bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi.


Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‗g‗risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‗rib chiqadi va ularga imzo chekadi.


Bosh buxgalter quyidagi huquqlarga ega:





  1. buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‗g‗ri tashkil etilishini ta‘minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‗rishni bank rahbaridan talab qilish;




  1. tarkibiy bo‗linmalarda pul mablag‗lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish;




  1. mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish to‗g‗risida takliflar berish.

63
Bank rahbari bosh buxgalterga ushbu Nizomda ko‗zda tutilgan o‗z majburiyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam berishga majbur.

Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda o‗z huquqlaridan foydalangani uchun unga tazyiq o‗tkazish borasida qilinadigan har qanday urinishlarga qatiyan barham berishi, bunga aybdor bo‗lgan shaxslar esa qat‘iy javobgarlikka tortilishi lozim.





Download 308.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling