M. G„. Kenjayev, N. S. Ernazarov bank hisobi, tahlil va audit 1-qism. Bank hisobi va audit yo„nalishini kasbiy faoliyat asoslari
Download 308.28 Kb.
|
BHT-VA-A-Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAMI: 4442 100 45100
Bankning aktivlari holatini tahlil qiladigan bo‗lsak, eng likvid sanalgan kassadagi naqd pullar yil davomida 1,7 mlr so‗mdan 1,6 mlrd so‗mgacha kamaygan, ya‘ni yil davomida kassadagi naqd pul qoldigi 168 mln so‗mga kamaygan. Markaziy bankdagi mablag‗lar esa aksincha o‗sish sur‘ati bo‗lgan, natijada yil davomida 2,03 mlrd so‗mdan 2.15 mlrd so‗m (yoki 105.55%)ga oshgan, bu bankning likvidligiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bankning boshqa banklardagi pul mablag‗lari o‗zgarishsiz qolgan ammo uning aktivlardagi tutgan ulushi biroz kamaygan xolos, bundan banklardan pul mablag‗larini oldi-sottisi yil davomida yaxshi yo‗lga qo‗yilmaganligini ko‗rish mumkin. Daromad keltiruvchi aktivlarning faqat lizingdan tashqari barchasi kamayish tendentsiyasini qayd qilgan. Jumladan, davlat obligatsiyalari bilan savdo hajmi yil davomida o‗zgarishsiz qolgan, demak, yil davomida davlatning byudjet mablag‗lari profitsit bilan chiqgan hamda 75
bank keyinchalik ham foyda olish maqsadida bu aktivlarni sotmagan. Faktoring operatsiyalarini tahlilni ko‗radigan bo‗lsak, bank yil boshida 18 mln so‗m miqdorida debitorlik qarzlarini sotib olgan, yil davomida bu miqdor o‗smagan, fikrimizcha bank xodimlari sotib olingan debitorlik qarzini yil davomida uzishga qiynalgan, shuning uchun yil oxiriga kelib bu aktivdan zo‗rg‗a qutilgan va yil oxiriga xech qanday vositachilik mablag‗larisiz yopgan. Kredit operatsiyalari bo‗yicha ham shu xolat ya‘ni yil davomida kredit hajmi 28.9 mlrd so‗mdan 28.6 mlrd so‗mga kamaygan, kredit operatsiyalarning kamayishi bankning to‗lovga qodirligi hamda likvidlik masalalariga ehtiyotkorlik bilan yondoshganligidan bilish mumkin. Lizing operatsiyalari esa aksincha yil davomida o‗sish sur‘atlarini tashkil qilgan. Yil boshida 2 mlrd so‗m miqdorda lizing operatsiyalari amalga oshirilgan bo‗lsa, yil oxiriga kelib bu ko‗rsatkich 2.8 mlrd so‗mni tashkil qildi, ya‘ni o‗sish sur‘atlari deyarli 1.5 marta yoki 839 mln so‗m bo‗lgan. Demak, korxona yil davomida daromad keltiruvchi aktivlardan lizing operatsiyalarini risksizroq va ko‗proq daromad olish manbasi sifatida ko‗rgan. Daromad keltirmaydigan hamda likvidlikni ta‘minlaydigan aktivlar miqdori ham o‗sgan yil boshida asosiy vositalar 5 mlrd so‗m bo‗lib, yil oxiriga kelib bu 5.2 mlrd so‗mni tashkil qilgan, o‗sish sur‘atlari 105 % yoki 221 mln so‗m, bu holni bank yil davomida o‗zining texnologik holatini yaxshilashga qaratilgan siyosati natijasi sifatida qarash mumkin. Umuman olganda bank aktivlari yil boshida 44.4 mlrd so‗m bo‗lib, yil oxiriga borib bu 45.1 mlrd so‗mni tashkil qilgani holda 101.5 %ga o‗sgan. Bunga salmoqli ta‘sir qilgan lizing operatsiyalari (839 mln so‗m), boshqa aktivlar (370 mln so‗m), asosiy vositalar (221 mln so‗m) va Markaziy bankdan olish kerak bo‗lgan pul mablag‗lari o‗sishini (113 mln so‗m) keltirish mumkin. Kassadagi naqd pullar (-168 mln so‗m) hamda kredit operatsiyalari (-655 mln so‗m)ga kamayishi jami aktivlar miqdorining o‗sishiga salbiy ta‘sir o‗tkazgan. Eng asosiysi, bank mutloq likvid mablag‗lar hamda eng ko‗p daromad keltiruvchi aktivlarning keskin kamayishi bankni daromadligini pasaytirgan, ammo likvidligini saqlab qolishiga harakat qilgan, demak, yil davomida bank qandaydir yo‗qotish yoki zararlarni qoplash bilan shug‗ullangan, ikkinchi holda esa bank noto‗g‗ri strategiya tanlovi asosida harakat qilgan. Bank aktivlari miqdorining tarkibi va dinamikasini o‗rgangan holda, ularga ta‘sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlar belgilanmog‗i lozim. 76 Buning uchun aktivlar daromadliligi nuqtai nazaridan ham tahlil etilmog‗i lozim. Download 308.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling